O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet79/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

"G" fonemasi - sayoz til orqa, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh. Bu fonema so‘z boshida (gul, goZal), o‘rtasida (tegirmon, agar) va oxirida (barg, juvonmarg) kela oladi . Qadimgi turkiy tilda so‘z boshida qo‘llanmagan. So‘z oxirida kelishi ko‘proq o‘zlashma so‘zlarda uchraydi, bunday pozitsiyada u jarangsiz "k" tarzida talaffuz etiladi: barg>bark, pedagog>pedagok kabi; "g"dan so‘ng unli fonemalarning faqat old qator ottenkasi qatnashadi: go‘zal (gezsl, gul (gul), gilam (g'bhm) kabi.

  • "Q"(“ng”) fonemasi - sayoz til orqa, burun sonanti. Bu fonema so‘z boshida qo‘llanmaydi, so‘z o‘rtasida (ko ‘ngil, singil) va oxirida (ong, ming) ishlatiladi. Bu fonema bilan yonma-yon qollangan unlilar doimo ingichka talaffuz etiladi: jang - jay, ko„ngil - keyil kabi. Bu fonema qattiq o‘zakli so‘zlar yoki so‘z shakllarida

    chuqur til orqa ottenka bilan talaffuz etilishi ham mumkin: g„ing (g ы_р, xo „ng -
    xo„ng (xoy-xoy) kabi .
    "q" fonemasi qadimiydir.
    Chuqur til orqa undoshlari tavsifi

    1. "Q" fonemasi - chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu fonema so‘z boshida (qozon, qor), o‘rtasida (to„qay, soqol) va oxirida (buloq, oziq) kela oladi. Ko‘p bo‘gDinli so‘zlarga unli bilan boshlangan affiks qo‘shilganda, asos oxiridagi "q" undoshi "g‘" ga o‘tadi: taroq - tarog„im, tarog„ing tarog„i kabi. Bir bo‘g‘inli so‘zlarda (yoq, yo„q so‘zlaridan boshqalarida), shuningdek, ayrim ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zlarda asos oxiridagi "q" undoshi "g‘" ga o‘tmasligi mumkin: haq-haqim, haqing, haqi; ittifoq-ittifoqimiz, ittifoqingiz, ittifoqi kabi. Jonli

    so‘zlashuvda "q"ning dissimilatsiyaga (maqtanmoq> maxtanmoq) yoki
    assimilatsiyaga (to„qson>to„xson) uchrash holatlari kuzatiladi.
    Ko‘p bo‘ginli so‘zlarning oxiridagi "q" jonli so‘zlashuvda sirg‘aluvchi "g‘" tarzida talaffuz etiladi: baliq>balig„, taroq >tarog„ kabi. Qadimgi turkiy tilda
    "q-k" tovushlari bitta fonemaning ikki ko‘rinishi bo‘lgan, keyinchalik bu fonema divergensiyaga uchrab, ikkita mustaqil fonemaga aylangan. Demak, "q" ni "k"ning divergenti deyish mumkin.


    1. Download 5.3 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   272




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling