"M" fonemasi - lab-lab, sonor, burun tovushi. So‘zning barcha qismlarida - so‘z boshida (moy, mana), o‘rtasida (amaki, osmon), oxirida (tom, xum) qo‘llanadi. Qadimgi turkiy tilda so‘z boshida "b"ning fakultativ ottenkasi sifatidagina uchragan (ming//bing so‘zida), so‘z o‘rtasi va oxirida mustaqil fonema sifatida qollangan: qamug„ (hamma), qum kabi.
Til oldi undoshlari tavsifi
"T"fonemasi - til oldi-alveolar, portlovchi (sof portlovchi), jarangsiz, shovqinli undosh. Bu undosh so‘zning barcha pozitsiyalarida uchraydi: so‘z boshida (tosh, tog„), so‘z o‘rtasida (ota,botir) va so‘z oxirida (ot, qavat) kabi. Bu undosh tojik tilidan o‘zlashgan daraxt, do„st, go„sht, musht, mast, past kabi so‘zlar oxirida (sirg‘aluvchi x,s,sh undoshlaridan so‘ng qo‘llanganda) talaffuz etilmasligi ham mumkin. Bunday hodisa turkiy so‘zlarda, shuningdek, ruscha-baynalmilal o‘zlashmalarda kamroq uchraydi: to„rt>to„r (son turkumidagi turkiy so‘z), yurist>yuris, aferist >aferis, avgust>avgus, artist>artis kabi. Ammo ost, ust, tort (tortmoq), yurt kabi turkiy so‘zlarda va port, post, tort ("konditer mahsuloti") kabi ruscha o‘zlashmalarda so‘z oxiridagi "t" tushirib qoldirilmaydi.
—T” fonemasi qadimiydir.
"D" fonemasi - til oldi-alveolar, sof portlovchi, jarangli, shovqinli undosh. So‘z boshida (daryo), o‘rtasida (odam), oxirida (ozod) qo‘llanadi. So‘z boshi (daraxt), intervokal holat (odat), jarangli yoki sonor bilan yondosh holat (gijda, sajda, banda, onda-sonda) bu undosh uchun kuchli pozitsiyadir. Bu pozitsiyada "d" undoshining asosiy ottenkasi qo‘llanadi, boshqa holatlar "d" uchun kuchsiz pozitsiya hisoblanadi, bunda jarangli "d"ning jarangsizlashgan ottenkasi qatnashadi. Masalan: ketdi > ketti (d>t), tushdi>tushti (d>t), asad >asat (d>t) savod>savot (d>t) kabi. Bular jarangli "d"ning kombinator va pozitsion ottenkalari (allofonlari) sanaladi.
"D" fonemasi qadimgi turkiy tilda so‘z boshida qo‘llanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |