O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Undosh fonemalarning sintagmatik tavsifida
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
Undosh fonemalarning sintagmatik tavsifida fonemalarning nutq oqimidagi o‘rni, bo‘g‘in, so‘z yoki morfema tarkibidagi taqsimoti bilan bog‘liq ravishda ularning kuchsiz pozitsiyalardagi variantlanishi kabi holatlar izohlanadi.
Labial undoshlar tavsifi 1."B" fonemasi - lab-lab, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh. So‘z boshida (bodom).un\\ yoki jarangli undosh bilan yonma-yon qo‘llanganda (tabrik) jarangli bo‘ladi, demak, bunday o‘rin "b" undoshi uchun kuchli pozitsiya hisoblanadi. Bu fonema so‘z o‘rtasida jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qo‘llanganda assimilatsi- yaga uchrab, jarangsiz "p" tarzida talaffuz etiladi: ibtidoiy > iptidoiy, obkash > opkash, jabha > japha kabi . Bunday o‘rin "b" fonemasi uchun kuchsiz pozitsiya hisoblanadi, jarangsiz "p" esa jarangli "b"ning kombinator ottenkasi (variatsiyasi) sanaladi, chunki jarangsizlanish kombinator omil ta'sirida - yonma-yon kelgan tovushlar assimilatsiyasi tufayli sodir bo‘lmoqda. Jarangli "b" undoshi so‘z oxirida ham jarangsizlashadi: maktab>makt9p, g„azab>g„azap, asab>dsap,qassob>qasscp kabi. Demak, so‘z oxiri ham "b" fonemasi uchun kuchsiz pozitsiyadir. Bunday o‘rinda jarangsiz "p" jarangli "b" ning pozitsion ottenkasi (variatsiyasi) sanaladi, chunki jarangsizlanish yondosh joylashgan tovushlar ta'sirida emas, "b" ning so‘z oxirida kelishi (pozitsion omil) tufayli sodir bo‘lmoqda. Jarangli "b"ning so‘z oxirida jarangsizlanishi "b" va "p" fonemalarining mo'tadillashuviga - neytralizatsiyasiga ham olib keladi. Qiyos qiling: tub va tupBunda birinchi so‘z oxiridagi “b” jarangsizlashib, “p”ga o‘tadi ( “masalaning tup mohiyati” kabi), natijada har ikkala so‘z oxiridagi undosh bir xil talaffuz qilinadi - b/p=P holiga keladi. Bundagi “P” tilshunoslikda arxifonema deb ham yuritiladi. "B" fonemasi ikki unli orasida (intervokal pozitsiyada) ko‘pincha sirg‘aluvchi "v" ga o‘tadi: chivin "B" fonemasining kuchli pozitsiyadagi ko‘rinishi asosiy ottenka hisoblanadi, chunki bu ottenka "b" fonemasi uchun tipikdir. Uning kuchsiz pozitsiyadagi ko‘rinishlari o‘zgargan ottenkalar (allofonlar) sanaladi, demak, "b" fonemasi so‘z tarkibida asosiy ottenka va allofonlar shaklida namoyon bo‘ladi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling