O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet76/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

"S" fonemasi - til oldi-apikal, sirg‘aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh. So‘z boshida (savat), o‘rtasida (qasam), oxirida (olmos) qo‘llanadi. Deyarli barcha pozitsiyalarda o‘zining asosiy ottenkasini saqlaydi: asbob, asta, osdi, o „sdi, qafas, asos kabi.

“S” fonemasi qadimiydir.

  1. "Z" fonemasi - til oldi-apikal, sirg‘aluvchi, jarangli, shovqinli undosh. So‘z boshida (zamon, zafar), o‘rtasida (bozor, ozod) va oxirida (oz,aziz, mayiz) qo‘llanadi. Jarangsiz undosh ta’sirida "s"ga o‘tadi: iztirob>istirob, mazkur>maskur kabi. Bundagi "s" jarangli "z" fonemasining jarangsizlashgan kombinator ottenkasi sanaladi ("t" va "k"ning ta’sirida bo‘lganligi uchun). Ba’zan so‘z oxirid a ham biroz jarangsizlashadi: sakkiz>sakkis (z>s), tannoz>tannos (z>s) kabi. Bundagi "s" jarangli "z" fonemasining pozitsion ottenkasi hisoblanadi (so‘z oxirida bo‘lganligi uchun). Demak, so‘z boshi (zamon), ikki unli orasi (go„zal) va jarangli yoki sonor bilan yonma-yon bo‘lgan holat (jonzot, tuzdon) "z" uchun kuchli pozitsiya, boshqa holatlar esa kuchsiz pozitsiya sanaladi. Qadimgi turkiy tilda so‘z boshida qo‘llanmagan.

  2. "L" fonemasi - til oldi-alveolar, sirg‘aluvchi, sonor tovush. So‘z boshida (lagan), o‘rtasida (olam) va oxirida (qamal) qo‘llanadi. Orqa qator unlidan so‘ng qattiqroq (ol, bol kabi), old qator unlidan song esa yumshoqroq (il, el, bel kabi) talaffuz etiladi. Fe’lning shart mayli va sifatdosh shakllarida ("-sa", "-gan" qo‘shimchalaridan oldin qo‘llanganda) jonli so‘zlashuv nutqida o‘zak oxiridagi "l" tushib qolishi ham mumkin: kelsa>kesa, kelgan>kegan kabi.

Qadimgi turkiy tilda "l" fonemasi so‘z boshida qo‘llanmagan.


  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling