O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qorishiq " Ts " undoshi tavsifi "TS(^" fonemasi
- Tekshirish savollari
- Tayanch tushunchalar
Bo„giz undoshi tavsifi
"H" fonemasi - bo‘g‘iz undoshi, sirg‘aluvchi, jarangsiz, shovqinli tovush. Bu fonema so‘z boshida (ham, hozir), o‘rtasida (qahramon, mahsulot) va oxirida (shoh, guruh) kela oladi. Asosan, arab va fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda yoki shu so‘zlardan yasalgan o‘zbekcha yasalmalarda qo‘llanadi: hammol,hammollik, haqiqat,huquq, huquqli, humo ("humo qushi"), hunar, hurriyat, jumhuriyat kabi. Hozirgi o‘zbek tilida "h"ning "y"ga o‘tish holatlari uchraydi: shohi>shoyi (h>y), Rahim>Rayim (h>y), Sohib>Soyib (h>y), Mohira>Moyira (h>y) kabi. "H"ning bu xususiyati ba’zan uning so‘z tarkibidan tushib qolishiga ham olib keladi: shahar>sha:ar, Solih> Soli, Tohir>Toir kabi. Hatto Muhammad Rahim>Muhammad Raim>Mamaraim >Maraim kabi fonetik jarayonlarda ham "h" ning yuqoridagi xususiyatlari ta‘siri bor. —H” qadimgi turkiy tilda bo‘lmagan. Qorishiq " Ts " undoshi tavsifi "TS(^" fonemasi - til oldi-alveolar, qorishiq-portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu fonema faqat ruscha leksik o‘zlashmalarda qo‘llanadi. Dastlab "ts" o‘rnida "ch" va "s" tovushlari ishlatilgan: царизм>clionzm, n;upK>sirk kabi. Keyingi 60-70 yil davomida o‘zbek-rus ikki tilliligining shakllanishi va mustahkamlanishi tufayli ko‘pchilik o‘zbek ziyolilarida "ts" ning ruscha artikulatsiya bazasi (talaffuz ko‘nikmasi) ham shakllangan: konstitutsiya, aviatsiya, evolutsiya, inflatsiya, detsibel kabi so‘zlarning o‘zbeklar nutqidagi qo‘llanishi shundan dalolat beradi, ammo o‘zbek tilida "ts" bilan qo‘llanadigan birorta so‘zga qarama-qarshi qo‘yish mumkin bo‘lgan boshqa so‘zning (kvaziomonimning) yo‘qligi bu tovushning o‘zbek tilidagi fonemalik darajasini munozarali qilib qo‘ymoqda. Tekshirish savollari Tasnif va tavsif qanday farqlanadi? Labial undoshlardan qaysilarining qanday fonetik pozitsiyada asosiy bo‘lmagan ottenkalari qatnashadi? Portlovchi tovushlarning qaysilari intervokal holatda sirg‘aluvchiga o‘tadi? Jarangli undoshlarning qaysilari qanday pozitsiyada jarangsizlashadi? Lab-lab "v°" va lab-tish "v" qanday farqlanadi? Qanday pozitsiyada lab-tish "f"ning lab-lab ottenkasi shakllanadi? Bu hodisa tilshunoslikda nima deb ataladi? Qanday so‘zlar oxiridagi "t" talaffuz etilmaydi? Qanday holatlarda "l" undoshi tushib qolishi mumkin? Qanday pozitsiyada til oldi "n" lab-lab "m"ga otadi? Sababi? J ( ж ) va j ( ж ) undoshlari qanday farqlanadi? Qanday pozitsiyalarda bu fonemalarning allofonlari yuzaga keladi? Qanday holatda "ch"ning "sh"ga o‘tishi uchraydi? Bu hodisa nima deb ataladi? 12.Sayoz til orqa "k", "g" undoshlari qanday pozitsiyada o‘zgaradi? Chuqur til orqa undoshlari-chi? 13 "H" undoshi talaffuzida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi? "TS(n)" undoshining qaysi jihatlari o‘zbek tilshunosligida munozaraga sabab bo‘lmoqda? Divergent nima? Jarangli undoshlarning kuchli va kuchsiz pozitsiyalarini qanday tushunasiz?Buni bilishning qanday amaliy ahamiyati bor? Variativlik nima? Allofonik va diafonik variativliklar qanday farqlanadi? Tayanch tushunchalar Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling