O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzirligi
MANBASHUNOSLIK VA TARIXSHUNOSLIK
Download 205.85 Kb.
|
Якубов С курс иши манбашунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: Kirish I-bob. Qadimgi Turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o‘rganilish tarixi 1.1.
- I-bob. Qadimgi Turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o‘rganilish tarixi 1.1.Qadimgi Turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o‘rganilish tarixi
- 1.2. O‘ rxun-Enisey yodgorliklari
- II-bob. O‘ rta Osi yo da topilgan turkiy bitiklar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
MANBASHUNOSLIK VA TARIXSHUNOSLIK FANIDAN « Turkiy epigrafik yodgorliklar» mavzusidagi KURS ISHI Ilmiy rahbar: O.Mahmudov Fаrg‘оnа shahri – 2019 – 2020 o`quv yili Mavzu: Turkiy epigrafik yodgorliklar Reja: Kirish I-bob. Qadimgi Turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o‘rganilish tarixi 1.1. Qadimgi Turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o‘rganilish tarixi 1.2. O‘rxun-Enisey yodgorliklari II-bob. O‘rta Osiyoda topilgan turkiy bitiklar 2.1. O‘rta Osiyoda topilgan turkiy bitiklar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Vaqt nafaqat mahobatli binolari, balki nafis xattotlik yozuvlari bitilgan bejirim naqsh va bezaklari bilan ham kishini maftun etadigan o‘rta asr arxitekturasining hayratomuz dunyosini biz uchun asrab-avaylab kelmoqda. Bu qadimiy bitiklarda buyuk ajdodlarimizning qanday donishmandlik sirlari yashiringan? O‘zbekiston olimlarining ilmiy tadqiqotlari samarasida iste’dodli ustalar tomonidan bajarilgan va tinchlik, ma’rifat hamda bunyodkorlikka da’vat etuvchi ushbu qadimiy yozuvlar mazmun-mohiyati ochib berilmoqda. Ko‘plab mutaxassislar asrlar davomida bu yozuvlarni tushunishga uringan, ularni to‘g‘ri o‘qish haqida ilmiy bahs-munozaralar hamon davom etmoqda. Biroq qadimgi O‘zbekiston zaminida joylashgan tarixiy yodgorliklar epigrafikasi va bu boradagi tegishli nashrlar hali ham to‘liq o‘rganilgani yo‘q. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mazkur yodgorliklarni o‘rganish va o‘qish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bir guruh olimlar turli davrlarda vayron qilingan epigrafiya yozuvlarini bir necha yillar davomida mashaqqat bilan tadqiq etib, ularning ma’nosini o‘rgandi. Ushbu yozuvlar “Uzbekistan Today” axborot agentligi tomonidan tayyorlanib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitoblar turkumida jamlandi. Loyiha mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yil 6-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyun hamda 2012-yil 1-apreldagi qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston epigrafik yodgorliklari noyobligi va ko‘pligi bo‘yicha nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyoda alohida o‘rin tutadi. Ularning aksariyati puxta o‘rganishni talab etadigan san’at, madaniyat, umuman, jahon sivilizatsiyasining durdonalari hisoblanadi. Bu ishlarga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi, Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi, mahalliy o‘lkashunos mutaxassislar jalb etildi. Viloyat hokimliklarining har tomonlama yordami bilan olti yilda turkumning birinchi kitoblarini nashr etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Olimlarning ma’lumotiga ko‘ra, Amir Temur davrida bunyod etilgan yodgorliklarda bitilgan yozuvlarning atigi 10 foizi o‘rganilgan va qisman chop etilgan. Shu nuqtai nazardan, “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” o‘ziga xos loyiha hisoblanadi. Negaki, davlatimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz hududida joylashgan barcha arxitektura yodgorliklari epigrafikasi kompleks ravishda o‘rganilib, umumlashtirilmoqda. 2016-yil 17-oktabr kuni poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligi va “Uzbekistan Today” axborot agentligining 10-yilligiga bag‘ishlangan “Uzoq o‘tmishdan maktublar: O‘zbekiston obidalaridagi bitiklarda ta’lim, ma’rifat, tinchlik va bunyodkorlik” mavzusidagi davra suhbati doirasida “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir “Uzbekistan Today” axborot agentligi, YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi tomonidan qator hamkorlar ko‘magida tashkil etildi. Unda mamlakatimiz olimlari, davlat va jamoat tashkilotlari, YeXHT, YuNISEF, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti, YuNESKO, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi. Davra suhbatida loyihaning dastlabki natijalari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridagi arxitektura yodgorliklarida bitilgan epigrafik yozuvlarga bag‘ishlangan 12 kitob-albom, shuningdek, Samarqand viloyatining tarixiy me’morlik majmualari – Registon va Shohi Zindaga bag‘ishlangan ikki fotoalbom taqdim etildi. O‘zbekiston olimlari 1,5 mingdan ziyod epigrafika yodgorliklaridagi (ularning aksariyati birinchi marta) yozuvlarni o‘rganib, tarjima qilgani ta’kidlandi. Ularning 200 dan ortig‘i she’rlar, o‘gitlar, hikmatli gaplar, yuzdan ziyodi usta va xattotlar nomlari, 300 diniy va 150 bag‘ishlov matnlari, 150 xronogramma, 100 tarixiy sana, hukmdorlarning 100 farmoyishi va boshqalardan iborat. Ijodiy guruh Samarqanddagi Shohi Zinda, Amir Temur maqbarasi va jome’ masjidi, Bibixonim masjidi, Registon ansambli singari dunyoga mashhur me’moriy yodgoriklarda bitilgan yozuvlarni o‘rgandi va ma’nosini tafsir qildi. Bundan tashqari, ular Xiva yodgorliklarining epigrafik bitiklari va 13 me’moriy majmua yozuvlari, jumladan, Pahlavon Mahmud qabr toshidagi matnlarni ham o‘qib-o‘rgandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura epigrafikasiga bag‘ishlangan albomda ilk bor Norinjon bobo majmuasining tarjima qilingan epigrafik materiali to‘liq nashr etildi. Qadimgi Mizdakxon shaharchasi hududida joylashgan va islom olamida mashhur Mazlumxon-suluv maqbarasining bugungi kungacha saqlanib qolgan epigrafik materiallari tarjimasi to‘liq hajmda taqdim etildi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagi kurs ishida biz qadimgi turkey epigrafik yodgorliklarni o`rganilish tarixiga nazar tashlaymiz. I-bob. Qadimgi Turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o‘rganilish tarixi 1.1.Qadimgi Turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o‘rganilish tarixi Qadimda turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o‘rganilish tarixi. Bundan yuz yillar ilgari turkiy xalqlarning yozuvi taqdiri shumer mixxatlari tarixiga o‘xshardi. Bir necha ming yillar davomida shakllangan turkiy yozuvlar uzoq vaqtgacha jamoatchilikka ma’lum bo‘lmay keldi. XVIII asrda turkiy xalqlar yozuvlari haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Lekin yozuvlar qaysi xalqga mansub ekanligi muammoligicha qolaverdi. CHunki bu yozuvlarni hech kim o‘qiy olmadi. 1691 yilda Moskvadagi Gollandiya elchixonasi a’zolaridan biri Nikolay Vidzen Verxoturdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda noma’lum alifboda yozilgan bitigtoshlarni topdi. N.Vidzen o‘z davrining yirik olimi edi. U Sibirdagi do‘stlariga xat yozib yangi topilmalar haqida xat yozishlarini iltimos qiladi. N.Vidzenning bu soha bilan qiziqishiga Sibir viloyati boshligi Golovin sabab bo‘lgan edi. U Sibir bo‘ylab sayohat qilib yurganida Ob daryosining o‘pirilgan joyilan odam suyaklari saqlangan yog‘och quti, kumush boldoq, idishlar topadi. Bu topilmalarni u N.Vidzenga sovg‘a qiladi. Lekin bu topilmalar va yozuvlar qaysi xalqqa tegishli ekanligi noma’lum edi. Oradan 5 yil o‘tgach 1696 yilda tobollik boyar o‘g‘li Semyon Remezov ham Sibir yerlarining xaritasini chizayotib, bir punktiga O‘rxun toshi deb belgi qo‘ydi. Noma’lum yozuv bitilgan bu tosh xaritada chegara vazifasini o‘tay boshladi. Bunday yozuvlar haqida 1710 yilda asirlikka tushgan shved zobiti Filipp Ioganin Stralanberg to‘liqroq ma’lumot beradi. Asirlikda u 13 yil yashab noma’lum yozuvning jadvalini ham chizib oladi. Uningcha bu yozuvlar run yozuvlari deb atala boshlandi. Run deb atalishiga sabab, got yozuviga tashqi jihatdan o‘xshashligidir. Runa - sir ma’nosini bildiradi. Qadimgi olmonlarning run yozuvi milodiy II-III asrlarda kelib chiqqan .Turkiy yozuvlar esa G‘arbdagi run yozuvlari paydo bo‘lgunga qadar ham mavjud edi. 1716 yili Pyotr I Dansigda professor Breynning tabiyot-tarix muzeyini borib ko‘radi. SHundan so‘ng olimdan bu sohada iqtidorli kishi berishni iltimos qiladi. Breyn do‘sti, tibbiyot fanlari doktori Daniil Gotlib Messershmidtni tavsiya qiladi. U tarix, jo‘g‘rofiya, botaniqa sohasida ham bilimdon edi. Oradan ko‘p o‘tmay D.Messershmidt Peterburgga chaqirildi. Unga Sibirning fizik tasvirini yaratish topshirildi. U yetti yil tinimsiz ishladi.1 Qadimiy turkiy yodnomalarning ilk to‘plovchisi va tadqiqotchisi bo‘lgan F.I.Stralanbergning faoliyati ham D.G.Messershmidt nomi bilan bog‘liq. Ular 1720 yili Tobolsk shahrida tanishadi. Messershmidt hukumatdan uni ham o‘z ekspedisiyasiga kiritishni iltimos qiladi. Ular ikki yil davomida birga ishladilar. 1730 yili ular Lyubenda «Evropa va Osiyoning sharqiy va shimoliy qismining tarixiy hamda jo‘g‘grofiy tasviri» kitobini nashr etdilar. Bu kitob ikki olimning kundaliklaridan iborat bo‘lib, unda dunyo ahamiyatiga molik fikrlar bayon qilingan edi. SHundan so‘ng enasoy yozuvlari haqidagi ilk munozaralar boshlandi. Bu yozuvlarni shakliga qarab, goh slavyan, goh keltarga va greklarga nisbat berdilar. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha turkiy xalqlar Sibirning yerli aholisi emas shuning uchun bu yozuvlarning Turkiy xalqlarga tegishli ekanligi haqida gap bo‘lishi mumkin emas. XIX asrning II yarmida «Slavyan nazariyasi» unutila boshlandi. Bu davrlarda qadimshunoslar enasoy, Abakan daryosi qirg‘oqlaridan, Oltinko‘l yaqinidan, Buluk daryosi bo‘ylaridan ko‘plab toshga yozilgan yozuvlarni topdilar. Lekin bu yozuvlarning taqdiri ham avvalgi yozuvlarning taqdiriga o‘xshab noma’lumligicha qolaverdi. YOzuvlarning turkiy xalqlarga tegishli ekanligini birinchi bo‘lib N.YAdrinsev isbotlab berdi. U topilgan yozuvlarning taxminan 2000 yillar ilgari yaratilganini, turkiy xalqlarning skif va gotlarga qo‘shni bo‘lganligini, bu yozuvlar turkiy xalqlarga taaluqli ekanligini aniqladi. Lekin bu bitigtoshlarda nimalar ifodalanganligi noma’lumligicha qolaverdi. N.M.YAdrinsev boshliq ekspedisiyaning O‘rxun va Tula daryolariga qilgan safarlari run bitiglarini butun dunyoga mashhur qildi. U topgan «tangacha»li bitigtoshlar ko‘pchilik tarixchilarning diqqatini o‘ziga jalb qildi. Kultegin bitigida xitoycha yozuv matnlari ham bor edi. Bu matnlardan ma’lum bo‘lishicha, bitigtoshlarning biri hoqon Bilga va ikkinchisi ukasi, lashkarboshi Kultegin sharafiga bitilgan ekan. N.YAdrinsev topilmasidan so‘ng bu yozuvlar O‘rxun- Yenisey yozuvlari deb nomlandi. Ba’zi olimlar bu yozuvlarni run yozuvlariga o‘xshashligini nazarda tutib, turkiy-run yozuvlari deb atayverdilar. 1891 yili N.YAdrinsev Ongin daryosi bo‘yidan yana bir bitigtosh topadi. U fanda Ongin bitigtoshi deb atala boshladi. Ko‘pinchalik Ettisuvdan bitigtoshlar topildi. Ular shakl jihatidan O‘rxun yozuvlaridan bir oz farq qilgan. YOzuvlarni o‘qish daniyalik olim V.Tomson va rossiyalik olim V.Rad’lovlar zimmasiga tushdi. 1893 yil bahorida Tomson O‘rxun daryosi bo‘yidan topilgan yozuvlarni o‘qiganligi haqida Daniya qirolligi Fanlar akademiyasi yig‘ilishida axborot berdi. U boshqa xalqlar yozuvini deshifrovka qilib o‘qishda qo‘llagan tajribasi O‘rxun yozuvlarining kalitini ochishda ham qo‘l keldi. U yozuvlardan turli belgilarning qanday tovush ifodalashini bilib olgach, unga tayangan holda, O‘rxun yozuvlaridagi butun alifboni aniqladi va birinchi marta «Tangri», «Turk» so‘zlarini o‘qidi. Bu bitiktoshlarning turkiy xalqlarga mansubligi aniq isbotini topdi. Tomsondan keyin Radlov ham 1894 yil 19 yanvar kuni Rossiya Fanlar akademiyasi yig‘ilishida Kultegin bitigini o‘qiganligi haqida ma’lumot beradi. YOzuvlarni Tomson o‘qishga qadar Radlov 1893 yil kuzigacha bu bitiktoshlardagi 15 harfni aniqlab bo‘lgan edi. SHunday qilib, bu yozuvlar – run, ya’ni sir emasligi aniqlandi. Bu bitiktoshlar turkiy yozuvda bitilganligi isbotlangandan so‘ng, yana bir muammo paydo bo‘ldi: O‘rxun – Enisey yozuvlari qaysi yozuv asosida kelib chiqqan: Lekin olimlar haligacha bu xususda bir bitimga kela olganlari yo‘q. V.Tomson bu yozuvdagi ayrim harflarning somiy – pahlaviy yozuvidagi harflarga o‘xshashligini topdi. Keyinroq turkiy alifbodagi 23 harfning oromiy alifbosiga o‘xshashligi aniqlandi. U turkiy tilning tovush qurilishiga mos holda qayta ishlangan va oromiy alifbosidagi bir necha belgilar bilan to‘ldirilgan degan xulosaga keldi. Oromiy yozuvi mil.avv. I ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Bu yozuv dastlab Suriya va Mesopotamiyada paydo bo‘lgan. Dastlabki oromiy yozuvi finikiya yozuvidan deyarli farq qilmagan. Keyinchalik mil.avv I ming yillik o‘rtalarida oromiylar finikiya yozuviga ayrim o‘zgartirishlar kiritganlar. Harflar soni qisqartirilib, shaklini ham soddalashtirganlar. Mil.avv. VIII asrdan boshlab ko‘pgina xalqlar: yahudiylar, vavilonliklar, assuriyaliklar, forslar va arablar oromiy yozuvini o‘z tillariga moslashtirganlar. 2 Qozog‘istonlik olim A.S.Omonjo‘lovning fikricha, turkiy alifbo mil.avv. I ming yillikda shakllanib bo‘lgan edi. Bu fikrda jon bor. 1970 yil Olmaotadan topilgan (Issikko‘ldan) ashyoviy dalillar buni isbotladi. Bu yerdan topilgan chetlariga turkiy – runiy yozuvlariga o‘xshash belgilar bitilgan kumush kosacha hammaning diqqatini tortadi. Qazilma rahbari ashyoviy dalillar joylashgan qabr mil.avv. V – IV asrlarga tegishlidir. 1960 yillarda Turkiston shahriga yaqin bir joyda loyga bitilgan bitigtosh topiladi. Uchta belgini hisobga olmaganda bitik O‘rxun yozuviga mansub. Bu loy bitig o‘ziga xos tumor bo‘lgan. Xo‘sh bu yangi belgilar kayerdan keldi. Bu belgilar ijodkori noma’lum, lekin, bu belgilar o‘sha davr bilan shug‘ullanuvchi olimlarning aytishicha yunon alifbsidan olingan. E.D.Palivanov turk – yunon yozuvlarini turkiy muhitning o‘zida paydo bo‘lganligi haqidagi fikridadir. Endi qadimgi turkiy yozuvi haqida: Qadimgi Turkiy yozuvi 38 harfdan iborat bo‘lib, 4 harf unli, qolgan 34 harf unsizdir. YAna ba’zan a – e, o – u, u – yu harflari uchun bir harf qo‘llanilgan. Bu qadimgi yozuv o‘ngdan chapga qarab yozilgan va so‘zlar orasiga ikki nukta (: ) qo‘yilgan. Demak, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, qadimgi turk yozuvi mil.avv. V asrda paydo bo‘lgan va asosan oromiy yozuvi asosida shakllangandir.
Qadimgi Turkiy bitigtoshlarning O‘rxun yozuvida bitilgan yirik namunalari quyidagilardir. Kultegin bitigi, Bilga hoqon bitigtoshi, Kulchur bitigtoshi, To‘nyuquq bitigtoshi, Mayun chur bitigtoshi. Kultegin bitigtoshi Bilga hoqon bitigtoshi bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Radlov bu bitigni nemis tiliga tarjima qilgan. Bu bitigtosh marmarga qo‘yilgan, qalinligi 41 sm, balandligi 3 metr 15 sm, tub qismining qalinligi 1 m. 24.sm. Marmar tosh o‘rtasida bosh burchakli qalqon bor. Unga balandligi 64 sm, kengligi 40 sm. bo‘lgan lavha o‘yilgan. Lavhada arxar surati naqshlangan. U hoqonlik tamg‘asi hisoblangan. Orqa tomonga bitigtoshning o‘rnatilish tarixi, hattot yozuvida bitilgan. Uning old tomoniga 40 satr, o‘ng va chap tomoniga 13 satrdan yozuv bitilgan. Ba’zi joylarida yozuv o‘chib ketgan. Bu marmartoshga yozish ishini Yo‘llig‘ Tigin ismli kish bajargan.3 Bu bitigtosh Kul tiginning akasi Bilga hoqon ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilgan. Bitigda asosan xalqqa murojaat qilingan. Bitig 732 yili Kul tigin xaritasi uchun Bilga hoqon tarafidan bitilgandir. Kultigin 731 yili to‘qqiz-o‘g‘izlar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan bo‘lgan edi. Qadim zamonlarda Xunn, Ko‘kturk, Uyg‘ur va boshqa davlatlarning markazlari O‘rxun tegrasida joylashganligi sababli Mo‘g‘uliston turklarning ona yurti hisoblanar edi. To‘nyuquq bitigida va boshqa bitiglarida ham Mo‘g‘ulistondagi joy nomlari tez-tez tilga olinadiki, bu hikoya qilingan harbu-zarblarning aksariyati o‘sha hududda kechganligiga aslo shubha uyg‘otmaydi. O‘sha davr oynomasi vazifasini yana bir yodgorlik – turk hoqoni eltarishning kichik o‘g‘li Kultegin qabriga qo‘yilgan bitigtosh o‘taydi. U 731 yil 47 yoshida vafot etgan. Kultegin bitigidagi barcha voqealar uning akasi Bilga hoqon (asli ism Mo‘g‘uliyon) tilidan hikoya qilinadi. Bitigni Kulteginning jiyani Yo‘llug‘tegin yozgan. Mazkur nomada Bilga hoqonning og‘a-inilariga, qarindosh-urug‘lariga, xalqqa murojaat qilinib, ularning e’tiborsizligi va soddalligi natijasida turklarga ko‘p falokatlar kelganligi uqtiriladi hamda bo‘lib o‘tgan voqealardan xulosa chiqarishga, millat manfaatlari uchun kurashga da’vat etiladi. “.... Ey turk xalqi, to‘kis ishonuvchansan. Samimiy, nosamimiyni ajratmaysan, kim qattiq gapirsa, samimiyni ham tanimaysan. O‘shandayliging uchun hoqonning so‘zini olmay har qayerga ketding, u yerlarda butunlay g‘oyib bo‘lding. O‘sha yerda qolganing har yerda o‘lib tirilib, zo‘rg‘a yurgan eding.... Hoqon yo‘q bo‘lib qashshoq xalqni oyoqqa turg‘izdim. Qashshoq xalqni boy qildim. Turk xalqini to‘plab davlat tutishingizni toshga o‘yib yozdirdim. Adashib ayrilganingni ham bu yerda yozdim. Unga qarab biling, turkning endigi xalqi, beklari. Uy, dunyogagina qaraydigan, ko‘ziga faqat mol-mulk ko‘rinadigan beklar, sizlar gumrohsizlar. Men mangu toshga hammasini yozdim”. Millatchilik va davlatchilik tarixida muhim ahamiyatga molik ushbu manbada yurt boshlig‘ining ko‘ngil faryodi o‘zining amaliy ifodasini topgan. Mazkur bitigni millat manfaatlari yo‘lida kurashgan, g‘alaba va mag‘lubiyat alamlarini totgan, kelajak taqdiri uchun qayg‘ura olishga qodir shaxsgina yozishi mumkin. “Tepada osmon bosmagan bo‘lsa, ko‘rligining, taqdiring uchun, tarbiyat qilgan dono hoqoningga, emirilgan, qo‘ldan ketgan davlatingga. O‘zing adashding, oraga yomonni kirgizding. Qurolli qayerdan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydin kelib surib ketdi? Borgan yerda yaxshilik shu bo‘ldi? Qoning suvday oqdi, suyaging tog‘day uyulib yotdi, bek bo‘ladigan o‘g‘il bolang qul bo‘ldi, suluv qiz bolang cho‘ri bo‘ldi”. Mazkur bitigda qo‘shni tabg‘achlarning hiylakorligi, bosqinchiligi natijasida xalq boshiga tushgan kulfatlar afsus-nadomatlarla hikoya qilinadi. Nomada xalq ruhiyatidagi qarashlar shunchalik aniq va haqqoniylik bilan aytiladiki, bu fikrlarni biz yaqin o‘tmishimizdagi tariximizga ham tadbiq qilishimiz mumkin. Toshlarga bitilgan achchiq saboqlar, ezgu fikrlar g‘alayoni, otashin chaqiriq ruhi asrlar to‘fonlariga dosh berdi, o‘zining dolzarbligini saqlab qoldi. Ko‘kturklarga tegishli O‘rxun yozuvlari boshdan-oyoq milliy shuur, demokratik ruh, milliylik tuyg‘usi va markazlashgan hokimiyat g‘oyasi bilan to‘la bo‘lib, tafakkur tarixida misli ko‘rilmagan asardir. Bilga Hoqon (716-734) turk millatining milliy shuur, siyosiy tushunchalari orasida ilg‘or demokratik qarashlarni ilgari suradi. U ko‘kturklar davlatining birinchi bor bunyod etilishi va yuksalishidan tuygan iftixorini hamda ellik yil davom etgan CHin asoratining achchiq xotiralarini eslatgandan keyin millatning qudratiga bo‘lgan ishonchini raqam etadi. Hoqon ushbu xitobi orqali yer va ko‘k yiqilmaguncha hech bir millat turk kuchiga, davlatiga xavf sololmasligini ta’kidlab, ellik yillik asorat o‘z nuqsonlari bo‘lganligidan ogohlantiradi. Bilga hoqon o‘z xitobida ko‘proq bek va amaldorlardan shikoyat qiladi. U qullik davrining fojealarini so‘zlar ekan, xalqqa chinliklarning shirin so‘ziga, yumshoq ipaklariga uchmaslikni, yo‘qsa, yana qullikka bo‘lajaklarini uqtiradi: “CHinliklarning so‘zlari totli, ipak matolari yumshoqdir.SHirin so‘z bilan, yumshoq ipak mato bilan aldab, o‘zlaridan uzoq bo‘lgan millatni o‘zlariga yaqinlashtirarlar. So‘ngra unin ichiga kirib jamiki yomonliklarini amalga oshirarlar. CHinliklar o‘zlaridan bo‘lmagan mashhur kishilarni, bahodirlarni (alplar) yashatmaslar. YAnglishib ularga ishonganlar, o‘z urug‘lariga, eng yaqinlariga va millatiga foydali bo‘lishdan mahrum Bularlar. CHinliklarning shirin so‘zlariga, yumshoq ipklariga aldangan ko‘p, juda ko‘p Turk yo‘q bo‘ldi.” Bilga hoqon 734 yil 25 noyabr kuni xitoyliklarga sotilgan bir saroy zobiti tarafidan o‘ldirilgan. Bu tosh bitig 735 yilda o‘g‘li Bilga Qutluq hoqon tarfidan Kultegin yodgorligidan bir kilometr uzoqlikda o‘rnatilgan. YOdgorlik ustidagi so‘z tizimlari Bilga hoqonga oiddir. YOdgorlik Yo‘llig‘ Tigin tomonidan yozilgandir. O‘rxun bitiglarida turk millatining buyukligi milliy axloq va an’analarning ustunligi bilan o‘lchanishi qayd etiladi. O‘z tili va e’tiqodidan, urf-odatlaridan ularni hech qanday kuch ayirolmasligi ta’kidlanadi. “Turk beklari turkcha otini tashladi, Tabg‘ach beklarining tabg‘achcha nomlarini qabul qilib, Tabg‘ach hoqoniga qaram bo‘ldi... SHuncha mehnatini, sarf qilayotgan kuchini andisha qilmay, tabg‘ach hoqoni turk xalqni o‘ldirayin, urug‘ini urug‘ini qurutayin, der ekan va uni yo‘qotib borayotgan ekan. Ammo yuqorida turk osmoni, turkning muqaddas eri, suvi shunday debdi: “Turk xalqi yo‘q bo‘lmasin”, deb otam eltarish hoqonni, onam elbilga xotunni tangri o‘z martabasida tutib, yuqori ko‘targan ekan”.4 Uning o‘g‘li Ichan hoqon 735 yili otasining xotirasi uchun Kultigin bitigidan 1 km uzoqlikda bitiladi. Bu yozuvni ham Bilga hoqonning amakisi Yo‘llig‘tigin yozgandir. Bitigtosh ag‘darilib 3 bo‘lakka bo‘lingan, shuning uchun ham yozuvlarning ma’nosi unchalik tushunarli emas. Bitigtosh Bilga hoqonning taxtga o‘tirishidan boshlanadi. Bitigtoshda Bilga hoqonning hoqonlik yillari, davlatni adolatli boshqarganligi aytiladi. Bitigtoshning so‘nggi misralarida Bilga hoqonning o‘z xalqiga qilgan nasihatlari aks etgan: xalq hoqonidan, er-suvidan (ya’ni vatanidan) ayrilmasa, ezgulik ko‘radi, baxtli, betashvish yashaydi. Bilga hoqon bitigtoshini ham Xitoy ustalari o‘rnatgan. Bitigtosh oxirida esa uning muallifi Yo‘llig‘ tiginning ismi keltiriladi: «Turk Bilga hoqonning so‘zlarini bu tosh ustiga men yozdim «Hoqonning jiyani men Yo‘llig‘ tigin. Bir oy 4 kun o‘tirib yozdim…» Bunga hoqonning vafoti sanasi bitiktoshda quyidagicha ko‘rsatilgan: «Otam hoqon it yili uchinchi oyning yigirma oltisida vafot etdi. To‘ng‘iz yili beshinchi oyning yigirma yettisida dafn marosimini qildirdim.» Bu it yili 734 yilning uchinchi oyi, yigirma oltisi noyabrning yigirma beshinchisiga to‘g‘ri keladi. To‘nyuquk bitigtoshi 2-turk hoqonligiga asos solgan eltarish hoqonining maslahatchisi va sarkardasi To‘nyuquqqa bag‘ishlanib, 712 – 716 yillari yozilgan. To‘nyuquq bu bitigni o‘zi hayotligida yozdirgan. Bitigtosh Ulan – Batordan 66 km. janubiy sharqidagi Bain Sokto degan joydan topilgan. Bitigtoshni Yelizaveta Klemens 1897 yili shimoliy Mo‘g‘iliston safariga borganda topgan. Tunyuquq bitigtoshi Kultigin va Bilga hoqon bitigtoshidan mazmunan farq qiladi. Bitigtoshda turkiylarning dushman qabilalariga qarshi kurashi, To‘nyuquqning xalq oldidagi xizmatlari hikoya qilinadi. Mo‘g‘ulistonning Bain Sokto manzilidan topilgan To‘nyuquq bitigi VIII asrga mansub. Buyuk turk hoqoni eltarish hoqonning sarkardasi To‘nyuquqqa bag‘ishlangan bo‘lib, 712-716 yillarda bitilgan. Unda lashkarboshining faoliyati, yurt mudofaasi va boshqaruviga doir tadbirlari hikoya qilinadi. Mard sarkardaning xizmatlari yuqori baholanadi, tadbirkorligi va jasorati ko‘p g‘alabalarning garovi sifatida ta’kidlanadi. “Turk xalqi o‘zining xoni bilan bo‘lmay Tabg‘ach hoqonlig‘iga qo‘shildi. Tangri shunday degan ekan: Xon berdim. Xoningni qo‘yib, taslim bo‘lding. Tabg‘achga taslim bo‘lgani uchun tangri o‘l degan shekilli”. Bitigda To‘nyuquqning tarjimai holi ham ayon bo‘ladi: “Men hoqon To‘nyuquq CHinda dunyoga kldim. CHunki u paytda turk millati CHinga tobe edi. ... Turk millati parishon bo‘ldi va birlashgan turk yurtida jamoa holidagi xalq qolmagandi. ... Dastlab SHod (Qutlug‘) yonida yetti yuz kishi to‘plandi. Men ham ular bilan birga edim. Tangri menga sezgi berganligi sababli uning hoqon bo‘lishi uchun harakat qildim va o‘zini ham qistadim. U: “To‘nyuquq men bilan birga bo‘lganda men eltarish (millatni to‘plagan) hoqon bo‘layin” deydi. Xitoy va CHinliklarning bu toza kuchni yo‘q qilish payiga tushganini bilishmi hamon kundo‘z o‘tirmay, kecha uxlamay hoqonga arz qildim, dushmanlar birlashmasdan ustiga yuraylik, dedim. Tangrining yordami bilan yog‘iyni daf etdik. Hoqon va turk millati O‘tukanga joylashishi bilan Janub va SHimol, SHarq va G‘arbdagi barcha urug‘lar kelib, bizga qo‘shildi”.5 To‘nyuquq bitigi yuksak saviyada yozilganligi, hokimiyatni saqlab qolishga va ijtimoiy fikr jarayoniga kuchli ta’sir ko‘rsatganligi bilan ahamiyatlidir. U siyosiy-ijtimoiy sharhlar, davlat arbobining faoliyati, saltanatni boshqarish tajribalari to‘g‘risidagi mulohazalari sifatida e’tiborlidir. Ulug‘ noib o‘z faoliyatini bayon etar ekan, yana shunday deydi: “Qopag‘on xon yigirma yetti yoshida taxtga chiqdi, kundo‘z o‘tirmadi, kecha uxlamadi. Men ham qizil qonimni to‘kib, qora terimni oqizib, uning xizmatida bo‘ldim. Eltarish hoqon himmat qilmasa yoki ishlamasa edi va men ham ishlamasaydim, biolashgan turk yurti egasiz qolardi. Ular bilan birga bo‘lganim bois turk millati birlikka erishdi. Bugun Bilga hoqon ana shu xizmatlarning sharofati bilan turk va O‘g‘o‘z millatini idora etmoqda”. Mazkur ifodalar turk xon va bekliklari qay darajada milliy qahramon bo‘lganligini ko‘rsatadi. CHin manbalari yuz ming kishilik Qopag‘on hoqonning suvoriylari CHinni istilo qilib, surgundagi turk xalqini qutqazgani, imperator hoqonga uch yuz ming kilogramm g‘alla, ellik ming to‘p ipak, uch ming ziroat quroli, olti viloyatni berib, sulh to‘zganini xabar qiladi. Bitiglar o‘z shaxsiy manfaatlari yuzasidan chinliklar bilan til biriktirib, davlatni parchalab tashlagan, xalqni milliy madaniyat va nizomdan uzoqlashtirgan ayrim beklarni qattiq qoralaydi, ularga la’nat yog‘diradi. Turklar ibtidodan urug‘ beklari idorasidagi qabila birligiga, feodal asoslarga suyangan siyosiy tashkilotga hamda davlat tushunchasiga ega edilar. SHuning uchun ba’zan boshqa urug‘ va davlatlar holida o‘zaro urushmoqdan ham yiroq emasdilar. Lekin bu bo‘linishlardan qat’iy nazar, ularda milliy shuur mafkurasi hukmron ediki, buhol To‘nyuquq bitiglarida ham o‘z ifodasiga ega. To‘nyuquq Turk hoqonligi Xitoyga bo‘ysundirilgan vaqtda (630 – 680 yillar) Xitoyga ko‘chib ketgan Turk oilasida tug‘ilgan. Faqat qaysi turkiy urug‘ga mansubligi aniqlanmagan. Keyinchalik turklar xitoyliklardan mustaqillikka erishgan paytda eltarish Kutlug‘ hoqon tomoniga o‘tib, Bilge hoqon davrida ham Turk hoqonligida birinchi vazir va xarbiy qo‘mondon vazifalarida qolgandir. Bu To‘nyuquq Tosh yodgorligi Tula daryosining yuqori oqimidan, Kul tigin va Bilge hoqon yodgorliklari atrofidan topilgandir. Faqat yodgorlikning kaysi yili o‘rnatilganligi aniqlanmagan. Xitoy imperatoriga vaqtincha qaram bo‘lib qolgan Ishpara xonning unga yo‘llagan quyidagi so‘zlari e’tiborni ortadi: “O‘g‘limni saroynigizga yuborayapman. U har yili sizga kelib chiqishi samoviy bo‘lgan otlar taqdim etajak. Ertayu kech amringizga tayyorman. Ammo kiyimingizni oldini ochishga, o‘rilgan sochlarimizni yozishga, tilimizni o‘zgartirishga va sizning qonunlaringizni qabul qilishga kelsak, bizning urf-odatlarimiz juda qadimiy bo‘lganligi tufayli ularni bo‘zishga jasoratim etmaydi. Butun millatimizning qalbi birdir”. Ko‘rinib turibdiki, hatto tobelikka va soliqlar to‘lashga rozi bo‘lgan hukmdor ham millatining ma’naviy qadriyatlarini, milliy shaxsiyatini va nizomini o‘zgartirishga aslo yo‘l qo‘ymayotir.6 Turklarning e’tiqodi, Ko‘k tangriga munosabatidan shu narsa anglashildiki, turklar islom diniga qadar ham yagona tangriga iymon keltirishgan, eng og‘ir pallalarda undan madad kutishgan. Bu xususda O‘rxun toshbitiglarida ancha teran mulohazalarga duch kelamiz. "Tangri shunday degan ekan", "‘Dunyoni tangri yasaydi" kabi iboralarga tez-tez uchraymizki, bular qadimgi turkiylar yagona tangriga e’tiqod qo‘yganliklarini isbotlaydi. SHu bois bo‘lsa kerak, o‘sha zamonda keng yoyilgan shomoniy, nasroniy, budda dinlaridan ko‘ra islom dinining tarqalishiga ma’lum ma’noda qulayliklar mavjud edi. SHu bilan bir qatorda turk qo‘shinidagi jangovarlik islomdagi jihodga yaqinligi va uyg‘unligi bilan islom dini keng tarqalishiga zamin hozirlagan edi. VIII asrning solnomasiga aylangan yana bir yodgorlik Bilga xoqon bitigidir. U eltarish xoqonning katta o‘g‘li Kulteginning otasi Bilga xoqon sharafiga 735 yilda o‘rnatilgan. Bilga xoqonni 734 yilda o‘z yaqinlaridan biri zaharlab o‘ldiradi. Bu bitig ham Yo‘llug‘tegin tomonidan yozilgan, lekin zamonlar o‘tishi bilan ag‘darilib, yozuvlari ancha zararlangan. Bitigda Bilga xoqon davlatni adolatli boshqarganligi, ko‘pgina turk qavmlarini birlashtirgani, mamlakatning iqtisodiy-siyosiy mavqeini yuksaltirgani Yo‘llug‘tegin tomonidan mahorat bilan bayon etiladi. Yo‘llug‘tegin Bilga xoqon tilida davlatning daxlsizligi haqida fikr yuritar ekan, uning necha yoshda qay bir ishlarni amalga oshirganini yilma-yil qayd etib boradi hamda bobolarning yo‘l qo‘ygan kamchilik-xatolarini keyingi avlod takrorlamasligini maslahat beradi. Tarixga kirgan solnomalardan yana bir turkumi Enisey bitiglari bo‘lib, Enisey daryosi bo‘ylaridan topilganligi uchun shunday nom olgan. Ularda ham O‘rxun toshbitiglarida bo‘lgani kabi yuqori tabaqaga mansub shaxslarningtaqdiri, hayot yo‘li, dunyoqarashi o‘z aksini topgan. Marhum zotlarning o‘z yaqinlariga, qarindosh-ypyg‘lariga, farzandlariga qilgan murojaatida vatanni yog‘iylardan himoya qilish kerakligi alohida uqtiriladi. O‘z yurtidan, yaqinlaridan ayrilgan shaxsning iztirobli o‘ylari, vasiyatlari o‘quvchini to‘lqinlantiradi. Bu jihatdan eletmish Bilga xoqon yodnomasi diqqatga sazovordir. Zotan, u ichki hissiyot nuqtai nazaridan O‘rxun xotiranomalariga juda yaqin turadi. Eletmish Bilga xoqon poytaxti O‘tukan atrofida joylashganini gapirib o‘tar ekan, o‘z faoliyati xususida quyidagilarni toshga o‘yib yozdiradi: "YUqorida ko‘k osmon yorlaqagani uchun, ostda mo‘ng‘ir er tarbiyalagani uchun elimni va davlatimni vujudga keltirdim. Kunchiqardagi xalq, kun botardagi xalq, to‘rt tarafdagi xalq, menga kuch berar, dushmanim esa o‘zi egallagan joyni qo‘ldan chiqarardi. Sakkiz daryo oralig‘ida mening qo‘yim va yilqim bor. Sakkiz daryo-Selenga, O‘rxun, Tula meni xursand qiladi, Qarg‘a va Burgu daryolari bo‘yida men o‘zim o‘rnashyapman". Bu muhim manbalarda ajdodlarimizning tili, tarixi, turmush-tarzi, urf-odatlari, badiiy ijodlari bilan bir qatorda davlat yuritish tartib-qoidalari ham keng qamrovda aks ettirilgan. Ushbu tartib-qoidalar shaxsiy manfaatlar yuzasidan emas, balki umummillat manfaatlari yuzasidan kelib chiqib bayon etiladi, O‘rxun-Enisey bitiglarida aks ettirilgan davlatni boshqarish xususidagi fikrlar, qarashlar bugungi qonunchiligimiz asoslariga juda monand. Bu esa o‘z navbatida demokratik davlat qurish g‘oyasi va bu yo‘ldagi sa’y-harakatlar azal-azaldan xalqimiz dunyoqarashining asosiy tamoyillaridan biri edi, deb xulosa chiqarishimizga imkon beradi. Enisey bitiglari turkumidan o‘rin olgan va qabr-toshlarga, xarsang toshlarga, turli xil idishlarga yozib qoldirilgan "Uyuq Tarlaq yodnomasi", "Uyuq Turan yodnomasi", "Elegeshdan topilgan yodnoma", "Begra yodnomasi", "CHakul yodnomasi", "Achur qishlog‘idagi yodnoma", "Oltin-ko‘l yodnomalari", "Uybat yodnomasi" kabilar O‘rxun yodnomalaridan bir qadar farq qiladi. Bu bitiglar erkin she’r shaklida yozilgan bo‘lib, undakgi tarixiy voqealar, shaxslarning o‘z faoliyatlari to‘g‘risidagi xulosalari fikr va tuyg‘uning go‘zal bir omuxtaligi tarzida aks etadi, o‘quvchiga estetik zavq beradi, tabiat va jamiyat sinovlari borasida mulohaza yuritishga chorlaydi. 7 Elegeshdan topilgan yodnoma Uydagi xotinlarim, malikalarim, Sizlarni yo‘qotib,. O‘zimning o‘g‘illarim, Sizlardan judo bo‘ldim. Men yuzta qahramon jangchinint kuchiga ega bo‘lganim uchun, Dushmanimning yuzta jangchisi bilan daryo bo‘yida urushganim uchun, Sizlardan ayrildim. Ko‘k osmondagi quyosh va oyni yorita olmadim, Vatanimni yo‘qotib, sizlardan ayrildim. Hoqonimni, davlatimni, sizlarni yo‘qotib, Sizlarga egalik qila olmadim... Hoqonimni, davlatimni yo‘qotib, Sizlardan ayrildim. Davlatning chiroyli qizil bayrog‘ini Men belimdagi oltin kamarimga bog‘ladim. Mashhur Turk Bug‘u bayrog‘i ostida, Uning ixtiyori bilan, otasi bekning shon-shavkati uchun, Men jangchi bo‘ldim. Qora xalqim, mahkam bo‘ling, Davlatim. qonun-qoidalarini qo‘ldan bermang. Yo‘qotmang siz davlatimni, hoqonimni. Davlatim hayotida, janglar paytida, Yigitlarimdan qahramonlar topildi. Jangda hammasi bo‘lib biz sakkiz kishi edik. Janubga qo‘shin tortib, o‘lib-yitib, Yo‘lbars yilida qahramonlik ko‘rsatdim. To‘rt oyoqli yilqim, sakkiz oyoqli molim bor edi, Hech g‘am-tashvishim yo‘q edi. G‘am, tashvish menga tez keldi, Kuchdan qoldim. G‘am chekkanimda sizlar bilan uchrashgim keladi. Qarindosh-urug‘larimdan, ko‘zu krshlarimdan (ya’ni eng yaqinlarimdan), Uchar otlarimdan ayrilib, Qora xalqimni yo‘qotdim, yo‘qolib ketdim men. Enisey marsiyalarining tub-tubidan insoniy dard-alam, chigal taqdirlarning fojeaviy qismati balqib turadi. Mazkur marsiyalar inson hayotining mazmun-moxiyati to‘g‘risida, borliqning sitamlari, yo‘qlikning anduhlari borasida, insoniy - burch va mas’uliyat xususida bahs yuritadi. Ayriliq falsafasining ajoyib namunalari bo‘lgan bu ehtirosli misralar tarix saboqlari, tarix o‘gitlaridir. Tarixiy tomirlarimiz namunasi bo‘lmish tosh bitiglar qadim va ilk o‘rta asr yodgorliklari ijtimoiy fikr taraqqiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.8
2.1. O‘rta Osiyoda topilgan turkiy bitiklar Turkiy bitigtoshlar O‘rta Osiyoda ko‘p topilmagan. Askan Talasdan topilgan xolos. Talas bitigtoshlarini topish va jamoatchilikka ma’lum qilishda M.E. Masson 1930 yilda Tereksoyda o‘tkazgan arxeologik qazishmalari natijasida O‘rxun – enasoy harfi shaklidagi ikki qator yozuv bitilgan tosh topdi. YAna Talasdan 1933 yilda yettita katta – kichik hajmdagi bitigtosh topildi. 60-yillarda ham O‘sh viloyatida Batken tumani xududida qabr toshiga bitilgan va qadimgi turk davriga oid bitigtosh ma’lum qilingan. YOdgorliklarning tarqalishi kengligi ham hozircha muammo bo‘lib turibdi. Bu yerlarda topilgan yozuvlar hattotlik mahorati jihatidan turli-tuman, chunki yozuv keng xalq orasida qo‘llangan. YOzuvning yaxshi egallagan odamlarning katta bir guruhi orasida u kengroq qo‘llanilgan. Masalan, yirik O‘rxun yodnomalari xusnixat bilan yozilgan, uning ijodkorlari yozuv mahoratini egallagan, maktabda maxsus o‘qitilgan. Maya tog‘idagi yozuvni bitishda kasb mahorati etishmasligi sezilib turadi. Ular xunuk xat bilan yozilgan. Qadimgi turkiy yozuvlar tarqalgan o‘lkalar orasida O‘zbekiston hududlarining ham alohida o‘rni bor ekanligi qator topilmalar orasida isbotlanmoqda. Masalan, Fargona vodiysidagi Isfaradan topilgan turkiy bitig, A.N. Bernshtam e’lon qilgan Farg‘ona turkiy bitigi, Quvada topilgan xum sirtidagi turkiy bitig, S.T. Klyashtorniy o‘qigan Farg‘onadan topilgan bronza o‘zugiga yozilgan bitig va boshqalar bu fikrni tasdiqlaydi. Tadqiqotlar O‘zbekiston hududida yashagan yangi turkiy bitiglar topilishiga olib kelmoqda. 1986 yili O‘z. FA Arxeologiya instituti tomonidan Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan Lo‘mbitepa yodgorligida qazish ishlari boshlandi. Bu yodgorlik maydoni 60x90 metr, balandligi 8 metr keladigan tepa bo‘lib, V – VIII asrlarga oid bo‘lgan mustahkamlangan qishloq qo‘rg‘oni edi. Bu yerda hayot IX – X asrlarda o‘zilib qolgan. Bu yodgorlikda ko‘plab ashyoviy dalillar qatori qadimgi turkiy yozuviga daxldor muhim obida topildi. Bu obidabo‘yi 20 sm.dan sal ortiqroq, qorin qismining keng nuqtasi 16 – 17 sm, bo‘yin qismi tor xumcha bo‘lib, uning og‘zi labidan elkasiga birlashuvchi bir yoklama ushlagichi bandi bor. Uning bandi sirtiga pastdan yuqoriga yo‘nalgan qadimiy turkiy bitik o‘yib tushirilgan. Bitik idish xumdondan pishirilishidan oldin bitilgan. Bu xumcha yodgorlikning VI – VII asrlarga oid qatlamidan chiqdi. Xumcha bog‘ida kuyidagi yozuv mavjud. 1 2 3 4 5 6 7 Bu yerdagi birinchi va oltinchi harflar «k» harfini ifodalar ekan. Har ikki o‘rinda ham harflar O‘rxun – Enisey yodgorliklaridagiga qaraganda bir oz farqli. Buni biz bu yozuv mutaxassis bo‘lmagan, bir qiziquvchan kishi tomonidan yozilgan bo‘lishi mumkin deb izohlaymiz. To‘rtinchi harf « m » deb o‘qilgan. To‘nyuquq bitigtoshida shu harfni birlashtiruvchi chizig‘i to‘g‘ri yozilgan bo‘lsa, bu yerda qiyalatib yozilgan. Qolgan harflar nomlanishi quyidagicha: k, i, a, i, ch, k, ch. Turk xatinning tovushlar uyg‘unligi (singarmonizm) qonuniga mslashganligi, bu yerda so‘zlarning qattiq yoki yumshoq o‘zakli ekanligini aniqlashga imkon beradi. SHunga asosan fikr yuritadigan bo‘lsak, birinchi so‘z yumshoq o‘zaklidir, chunki u k tovushi bilan kelgan. Turkiy so‘zlarda bilamizki, ikki unli yonma-yon kelmaydi. Demak, so‘z chegarasi ham shu yerda bo‘ladi: « i » birinchi so‘zga, « a » harfi ikkinchi so‘zga taalluqli bo‘ladi. Beshinchi belgi « i » ning qattiq eshini (variantini) undan keyingi belgi esa yumshok «k» ni ifodalaydi. «I» oldingi, «K» esa oxirgi so‘zga tegishlidir. SHundan kelib chiqib bitigni uch so‘zga ajratish mumkin: o‘rtadagi qattiq, ikki yondagisi esa yumshoq o‘zakli so‘zlardir. Endi so‘zlrni o‘qib chikishga harakat qilamiz: 1 va 2-harfi birinchi so‘zga birlashadi, ularning oldiga qadimiy turkiy imlo qoidasiga ko‘ra tushirib qoldirgan yumshoq «E» tovushini qo‘shsak, «eki» deb o‘qish mumkin bo‘ladi. Qadimgi turkiy talaffo‘zda ikki so‘zi eki tarzida ishlatilgan. Harflarning ikkinchi guruhini (a, m, n) amin deb o‘qish mumkin. V.Rad lovning turkiy lahjalar bo‘yicha lug‘atida bu so‘zga «yashamok, turmok, turish, hayot, makon» deya ta’rif berilgan. So‘nggi ikki harfni (k va ch) birlashtirib «hech» yoki «ekach» deb o‘qilsa bo‘ladi. M.Qoshg‘ariyning lug‘atida o‘z singlisidek kiz «ekach» deb atalgan. YAna bir faraz matndagi «ekach» so‘ziga « a » qo‘shimchasi qo‘shilsa, u jo‘nalish kelishigi shaklini oladi va «egachimga» shaklini oladi. YUkoridagi da’volar asosida ko‘zachadagi yozuvni quyidagicha o‘qish mumkin bo‘ladi: eki amin ekach «a» Talqinimizni chin bo‘lgan taqdirda, uning ma’nosi: «Egachimga ikki umr (bersin)», «Egachimning ikki dunyosi obod bo‘lsin» degan mazmun anglashiladi.9
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, XVIII asrda turkiy xalqlar yozuvlari haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Lekin yozuvlar qaysi xalqga mansub ekanligi muammoligicha qolaverdi. CHunki bu yozuvlarni hech kim o‘qiy olmadi. 1691 yilda Moskvadagi Gollandiya elchixonasi a’zolaridan biri Nikolay Vidzen Verxoturdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda noma’lum alifboda yozilgan bitigtoshlarni topdi. N.Vidzen o‘z davrining yirik olimi edi. U Sibirdagi do‘stlariga xat yozib yangi topilmalar haqida xat yozishlarini iltimos qiladi. N.Vidzenning bu soha bilan qiziqishiga Sibir viloyati boshligi Golovin sabab bo‘lgan edi. U Sibir bo‘ylab sayohat qilib yurganida Ob daryosining o‘pirilgan joyilan odam suyaklari saqlangan yog‘och quti, kumush boldoq, idishlar topadi. Bu topilmalarni u N.Vidzenga sovg‘a qiladi. Lekin bu topilmalar va yozuvlar qaysi xalqqa tegishli ekanligi noma’lum edi. Oradan 5 yil o‘tgach 1696 yilda tobollik boyar o‘g‘li Semyon Remezov ham Sibir yerlarining xaritasini chizayotib, bir punktiga O‘rxun toshi deb belgi qo‘ydi. Noma’lum yozuv bitilgan bu tosh xaritada chegara vazifasini o‘tay boshladi. Bunday yozuvlar haqida 1710 yilda asirlikka tushgan shved zobiti Filipp Ioganin Stralanberg to‘liqroq ma’lumot beradi. Asirlikda u 13 yil yashab noma’lum yozuvning jadvalini ham chizib oladi. Uningcha bu yozuvlar run yozuvlari deb atala boshlandi. Run deb atalishiga sabab, got yozuviga tashqi jihatdan o‘xshashligidir. Runa - sir ma’nosini bildiradi. Qadimgi olmonlarning run yozuvi milodiy II-III asrlarda kelib chiqqan .Turkiy yozuvlar esa G‘arbdagi run yozuvlari paydo bo‘lgunga qadar ham mavjud edi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Malov S.Ye., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti, M. — L., 1951; Nasilov V.M., Yazik orxonoyeniseyskix pamyatnikov, M., 1960; GSerbak A.M., Grammatika starouzbekskogo yazmka, M.L., 1962; Borovkov A.K., Leksika sredneaziatskogo tefsira XII—XSH vv., M., 1963; Faznlov E.I., Starouzbekskiy yazj. Xorezmiyskiye pamyatniki XIV veka, t. 12, T., 196671; Baskakov N.A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazmkov, 2izd., M., 1969; Kononov A.N., Istoriya izucheniya tyurkskix yazikov v Rossii, L., 1972; Abdurahmonov Gʻ., Shukurov Sh., Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi, T., 1973; Tursunov U., Oʻrinboyev B., Oʻzbek adabiy tili tarixi, T., 1982; Abdurahmonov Gʻ., Rustamov A., Qadimgi turkiytil, T., 1982; Qoʻchqortoyev I., Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T., 1984. 1 Baskakov N.A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazmkov, 2izd., M., 1969 2 Baskakov N.A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazmkov, 2izd., M., 1969 3 Baskakov N.A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazmkov, 2izd., M., 1969 4 Abdurahmonov Gʻ., Shukurov Sh., Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi, T., 1973; 5 Abdurahmonov Gʻ., Shukurov Sh., Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi, T., 1973; 6 Abdurahmonov Gʻ., Shukurov Sh., Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi, T., 1973; 7 Abdurahmonov Gʻ., Shukurov Sh., Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi, T., 1973; 8 Abdurahmonov Gʻ., Shukurov Sh., Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi, T., 1973; 9 Abdurahmonov Gʻ., Shukurov Sh., Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi, T., 1973; Download 205.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling