O‘zbekistоn respublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Karbyuratorli dvigatelda yonish jarayoni


Download 389 Kb.
bet6/8
Sana23.08.2023
Hajmi389 Kb.
#1669383
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
En Mash Amaliy mashg`ulot uslubiy ko`rsatma

Karbyuratorli dvigatelda yonish jarayoni.
Karbyurator yordamida yonilg‘i uzatish usuli quyidagi kamchiliklarga ega:
Kiritish kollektorida turli silindrlargacha bo‘lgan masofa har xil bo‘lishi natijasida dvigatelning silindrlariga uzatilgan yonilg‘i miqdori bir xil bo‘lmaydi. Bu esa dvigatelning tejamkorligini pasayishi, chiqindi gazlardagi zaharli moddalarni ortishiga olib keladi.
Karbyuratorda yonilg‘i so‘rilayotgan havo oqimi ichida maydalanadi. Bunda havo yaxshi parchalanmaydi va benzinning nisbatan yirik (100-120 mkm) tomchilari hosil bo‘ladi. Bu havo vabenzinni yaxshi aralashmasligiga, bir qism yonilg‘ini silindr devorlarida qolib ketishiga olib keladi. Bu esa dvigatelning
tejamkorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yonilg‘i purkash tizimi ishlatilgandaZamonaviy IYODlarda aralashma hosil bo‘lishi juda qisqa vaqt 0,0005...0,04 s oralig‘ida amalga oshadi. Yonish jarayonida yonilg‘ining oksidlanish reaksiyalarining rivojlanishi yonilg‘i va
havo kislorodi molekulalarining bevosita bir-biriga tegishi natijasida yuz beradi. Yonilg‘i molekulalari havoda bir tekis taqsimlanganda, ya’ni yonuvchi aralashma bir jinsli bo‘lgandaaralashma hosil bo‘lish jarayoni eng to‘liq va muntazam bo‘ladi.
Aralashtirilayotgan tarkibiy qismlar hajmlarining nisbati birgaqancha yaqin bo‘lsa, aralashma hosil qilish jarayoni shuncha oson kechadi.
Har qanday yonilg‘i yonishi natijasida karbonat angidrid CO2:
C + O2 = CO2 ; suv bug‘lari H2O: 2H2 + O2 = 2H2O; vaoltingugurt oksidi SO2 (agar yonilg‘ida oltingugurt bo‘lsa): S+ O2 = SO2 hosil bo‘ladi.
Lekin bular hosil bo‘lguniga qadar yonilg‘ida ancha o‘zgarishlar bo‘ladi, chunonchi uning molekulalaridagi bog‘lanishlar uziladi, atomlarning holati o‘zga-radi, har xil bug‘ va gazlar ajralib chiqadi. Bu bug‘ va gazlar kislorod bilan birikkanda alanga hosil qiladi. Yonilg‘i qoldig‘i alangasiz yonib tugaydi. Yonish
jarayonida gazlarning harorati 1500-2400 C ga yetadi. Silindrlarga 60...80% yonilg‘i bug‘ ko‘rinishda, 10...15% yonilg‘i suyuq tomchilar tarzida va 25% gacha yonilg‘i suyuq parda ko‘rishida keladi.
Agar yonilg‘i gazsimon yoki bug‘simon holida bo‘lsa, uyonganida eng yuqori tezlikda oksidlanadi, chunki bu holatda molekulalar harakatchan, yonilg‘i bilan havoni o‘zaro ta’siri eng katta bo‘ladi. Yonilg‘ining bug‘lanishi sirtda sodir bo‘ladiganjarayon bo‘lib, uning tezligi suyuqlikning xossalari bilan belgilanadi,
hamda suyuqlik harorati ko‘tarilishi va bosimi pasayishi bilan ortib boradi.
Yonilg‘ining yonishida beriladigan havoning miqdori katta rol o‘ynaydi. Agar u yetarli bo‘lmasa, yonilg‘i sekin yonadi, harorat past bo‘ladi, chala yonish mahsulotlari, ya’ni uglerod (II)-oksidi, qurum va boshqalar hosil bo‘ladi. Ish bajargan gazlar to‘q rangda, ba’zan qora rangda chiqadi.
Havo miqdorini keragidan oshirib yuborish ham yaramaydi.Havo tarkibidagi kislorod hajm bo‘yicha faqat 21% ni tashkil qiladi, qolganlarini esa inert gaz va azot Ntashkil etadi. Demak, ko‘p havo berilsa, issiqlikning anchagina qismi azot va ortiqcha kislorodni isitishga sarflanadi, bunda harorat pasayadi, yonish
tezligi kamayadi, yonilg‘i ortiqcha sarf bo‘ladi.

Download 389 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling