O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
Download 18.18 Kb.
|
GNOZOLOGIYA
Hissiyot kategoriyalari tarkibiga Kant makon va vaqt tushunchalarini kiritadi. Ular bizning o‘z sezgi organlarimiz ko‘rsatgan narsalarni umumlashtirish va anglab yetish qobiliyatimizni tavsiflaydi. Idrok kategoriyalari tarkibiga Kant kategoriyalarning to‘rt turkumi: miqdor, sifat, nisbat va modallikni kiritadi. U inson idrokining aprior shakllari ob'ektiv va umumiy mazmunga ega bo‘ladi, buning natijasida tajriba umumiy va zaruriy ahamiyat kasb etadi, deb qayd etadi. Aql kategoriyalarini Kant g‘oyalar deb nomlaydi. Kant fikriga ko‘ra, g‘oya mumkin bo‘lgan tajriba chegarasidan chetga chiquvchi tushunchadir. G‘oyalar bizning amaliy va bilish faoliyatimizni tartibga keltiruvchi va tizimga soluvchi sxemalarga aylanadi. Ular inson faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tartibga solish funksiyasini bajaradi.
Download 18.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling