O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
Download 18.18 Kb.
|
Sxema – bu bilish metodi va yo‘nalishi: u predmetni tushuntirmaydi, balki biz aqlga tayangan holda butun olamning xossalari va aloqalarini qanday aniqlashimiz lozimligini ko‘rsatadi. Tartibga soluvchi g‘oyalar sifatida Kant inson (jon) g‘oyasi, erkin iroda g‘oyasi va «narsa o‘zida» g‘oyasini qayd etadi. Xudo g‘oyasini esa, Kant bu g‘oya predmetini shak-shubhasiz qabul qilish (u o‘z holicha mavjudligini taxmin qilish) uchun hyech qanday asosga ega emasligimizni ta'kidlaydi. Bu g‘oya faqat bizga aql dunyodagi barcha aloqalarga oliy aql niyatining mahsuli sifatida qarashni amr etishini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, aql bizga, Xudo borligi yoki yo‘qligidan qat'iy nazar, Xudo amalda mavjud, deb taxmin qilishni buyuradi. Ammo biz Xudoning borligini aniq bila olmaymiz, chunki Xudo g‘oyasi tajribada o‘z tasdig‘ini topmaydi. Xudo g‘oyasi nazariy aqlni emas, balki amaliy aqlni tartibga solish vositasi (regulyatori) sifatidagina ma'no kasb etadi: agar tabiatshunos bu g‘oyaga nafaqat regulyativ darajada, balki intuitiv darajada ham amal qilsa (ya'ni Xudo borligiga dalil-isbotsiz ham ishonchi komil bo‘lsa), bu yalqov aql sanaladi va u ilm bilan shug‘ullanmagani ma'qulroqdir. Kant aql g‘oyalarini notanqidiy idrok etishdan saqlanishga chaqiradi. Uning fikricha, aql g‘oyalari nafaqat konstruktiv, balki destruktiv rol o‘ynashi ham mumkin. Aql tajribada sinalgan bilim chegarasidan chetga chiqqan va faqat tajribada hyech qachon ko‘rilmaydigan sof tushunchalar bilan ish ko‘rgan har bir holda shunday bo‘ladi.Kant taklif qilgan falsafiy kategoriyalar tasnifi borliq va bilish kategoriyalarinigina o‘z ichiga olmaydi. Kant falsafasining tarkibiy qismini «Sof aqlning tanqidi» - «Amaliy aql tanqidi» va «Mulohaza yuritish qobiliyatining tanqidi» asarlari ham tashkil etadi. Bu asarlarda mutafakkir insonning ma'naviy qobiliyatlarini axloq va estetika kategoriyalarida tavsiflaydi. Shunday qilib, Kant shunday bir o‘ziga xos tizimni yaratadiki, u yevropa falsafiy tafakkuriga, ayniqsa nemis falsafasiga juda kuchli ta'sir ko‘rsatdi.
Download 18.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling