3
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Fan dasturi O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
malaka talablariga asoslangan holda tuzilgan. Ushbu dastur o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llagan holda talabani boshlang‘ich amaliy ko‘nikmalarni o‘quv laboratoriyalarda
bajarishga o‘rgatib, orttirilgan ko‘nikmalarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali klinik amaliyot
bilan uyg‘unlashtirishga imkon yaratadi.
Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar tibbiy kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika,
biofizika, anatomiya va boshqa fanlardan etarlicha ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.
Ushbu fan tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi moddalar Biokimyoviy tarkibini, ularning
o‘zgarishini, shuningdek bu o‘zgarishlarning a’zo va to‘qimalar faoliyati bilan bog‘liqligini
o‘rganuvchi fan bo‘lib, talabalarda mutaxassislikka oid tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishda
katta ahamiyatga egadir. Fanning vazifasi organizmda kechayotgan metabolik jarayonlar, ularning
asoslari, qonuniyatlarini o‘zlashtirib, meyoriy biokimyoviy ko‘rsatkichlarni bilishni, ularni
aniqlashni, bo‘lajak umum amaliyot shifokori uchun juda zarur odam fiziologik vazifalarining
molekulyar asoslari, kasalliklar patogenezining molekulyar mexanizmlari, kasalliklarining oldini olish
va davolashning biokimyoviy asoslari, kasalliklarni tashxis qilish va davolash samaradorligini
nazorat qilishga o‘rgatishdan iboratdir.