16-mavzu. Oshqozon-ichak tizimi biokimyosi.
Ksenobiotiklar zararsizlantirilishi
So‘lak, me’da-ichak trakti, me’da osti bezi va jigarning sekretor mahsulotlari va ulardagi
metabolik va boshqaruv jarayonlari. Jigar, o‘t pufagi va o‘t yo‘llarining sintetik va
metabolikfunksiyalari. Jigarning uglevod, yog‘ va aminokislotalar almashinuvidagi roli. Jigarda qon
plazmasi oqsillarining sintezi. Bilirubinning zararsizlanishi. “Bevosita” va “bilvosita” bilirubin.
Sariqliklar va ularni laborator tashhisi. Jigar sindromlari: sitoliz, xolestaz, mezenximal yallig‘lanish
sindromi, jigar etishmovchiligi sindromi. Jigar komasi rivojlanishining biokimyoviy mexanizmlari.
Jigarda moddalarning zararsizlanish (detoksikatsiya) reaksiyalari: oksidlanish (gidroksillanish
va boshqalar) va konyugatsiya. Jigarda gormonlarning inaktivlanishi (insulin, steroid gormonlar,
katexolaminlar). Ksenobiotiklarning zararsizlantirish mexanizmlari. Mikrosomal oksidlanish.
Sitoxrom r450ning substrat spetsifikligi. Kon’yugatsiya jarayonlari – zararsizlantirishning ikkinchi
bosqichi sifatida. Ksenobiotiklarni bog‘lanishi, tashilishi va ekskretsiyasi. Dori vositalarning
biotransformatsiyasi. Jigarda etanolning metabolizmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |