JORIY BAHOLASH (JB)
JB da fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab
borish ko‘zda tutiladi va u amaliy mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Baholashda talabaning bilim
darajasi, amaliy mashg‘ulot materiallarini o‘zlashtirishi, nazariy material muhokamasida ishtiroki,
shuningdek, amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi (ya’ni nazariy va amaliy
yondoshuvlar) hisobga olinadi.
Kafedrada JB og‘zaki, yozma ravishda grafik organayzerlarni tuzish, testlar echish, tarqatma
materiallar bilan ishlash, Biokimyoviy reaksiyalarni bajarish, fizik Biokimyoviy o‘lchash usullarini
qo‘llash va ularni taxlil qilish, vaziyatli masalalarni echish shakllarida amalga oshiriladi
Har bir mashg‘ulotda barcha talabalar baholanadi va ularning bilimi quyidagi ish turlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |