O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
maydoni hosil qiladi. Turli ganglionar hujayralarning retseptor maydonlari bir-birini yopib o‘tadi
va o‘zaro bog‘lanadi. Buning asosiy sababi shuki, to‘r pardada gorizontal (yulduzsimon) va amakrin neyronlar bor, ulardan tarmoqlanuvchi o‘siqlar chiqadi, bu o‘siqlar bipolyar va ganglionar hujayralarni birlashtiradi. Shu sababli bitta ganglionar hujayra bir necha o‘ng ming fotoretseptorlar bilan bog‘lanishi mumkin. Markazga intiluvchi tolalardan tashqari, ko‘zda markazdan qochuvchi asab tolalari ham topilgan, bu tolalar markaziy asab tizimidan ko‘z to‘r pardasiga impuls olib ketadi. Markaziy asab tizimi to‘r parda neyronlari o‘rtasidagi sinapslarning o‘tkazuvchanligini o‘sha (markazdan qochuvchi) tolalar yordamida o‘zgartira oladi va qo‘zg‘alish jarayoniga tortilgan neyronlar sonini shu tariqa boshqara oladi deb hisoblashadi. To‘r pardadagi markazdan qoohuvchi asab tolalarining ikkinchi tipi-tomir harakatlantiravchi tolalardan ihorat. Markaziy asab tizimi to‘r parda tomirlarining diametrini shu tolalar yordamida o‘zgartira oladi. To‘r pardaning o‘ziga xos murakkab asab apparati ko‘ruv axborotini tahlil qilish va qayta ishlab chiqishda qatnashadi. Ko‘z to‘r pardasi fotoretseptorlar joylashgan anchayin bir joy emas; u markaziy asab tizimining go‘yo periferiyaga chiqarib qo‘yilgan bir qismi hamdir. 81 Tayoqcha va kolbachalarning turli funksiyalari haqidagi tasavvurga ikki yoqlama nazariya bo‘lgan. Bu nazariyani tasdiqlaydigan bir talay dalillar mavjud. Masalan, tungi hayvonlar - boyqush va ko‘rshapalak to‘r pardasida tayoqchalar ko‘proq bo‘lsa, kunduzgi hayvonlar - kaptar, tovuq, kaltakesak ko‘zining to‘r pardasida kolbachalar ortiqroq. Tayoqchalarning sezuvchanligiga nisbatan kolbachalar sezuvchanligi ko‘p marta kam. Shu sababli g‘ira-shirada "qosh qoraygan" vaqtda to‘r parda markazidagi kolbachalar bilan ko‘rish keskin darajada susayib, to‘r parda periferiyasidagi tayoqchalar bilan ko‘rish ustun turadi. Tayoqchalar ranglarni sezmagani uchun g‘ira-shirada odam ranglarning farqiga bormaydi. Tayoqchalar funksiyasi buzilganda (masalan, ovqatda vitamin A yetishmaganda shunday bo‘ladi) g‘ira-shirada korish funksiyasi buziladi shabko’rlik kelib chiqadi; bunday odam kunduzi bemalol ko‘radi-yu, qosh qorayganda ko‘zi hech narsani ko‘rmaydi. Kolbachalar zararlanganda esa, aksincha, yoruqqa qarab bo’lmaydi-bunday odam xira yorug‘da yaxshi ko‘radi-yu, ravshan yorug‘da ko‘zi hech narsani ko‘rmaydi. Bu holda ranglarni mutlaqo ko‘rmaslik - axromaziya kelib chiqadi. XX asrning 80-yillarida hayvorilar kozining to‘r pardasida yorug’likka sezgir pigmentlar kashf etilgan va bu moddalar yorugda rangsizlanib qolishi ko‘rsatib berilgan edi. Ammo, bu pigmentlarning eng ko‘p uchraydigan vakili rodopsin avval Yu.A.Ovchinnikov (1982 yilda), tomonidan, keyinchalik amerika olimlari mukammalroq o‘rganib chiqishdi. Ularning fikriga ko‘ra, to‘r parda fotoretseptorlari membranasi fotolipidlardan tuzilgan bo‘lib fosfatidixolin (40%), fosfatidiletanolamin (38%) va fosfatidilserin (13%) ni tashkil etadi. Fotoretseptorlardagi taxminan 95% oqsillar tarkibi rodopsinning pigmenti tarkibiga mos keladi. Rodopsinning polipeptid zanjiri 348 aminokislotadan tarkib topgan. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling