II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Fan bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tish nazarda tutilmagan.
III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1-modul. Biznes muloqot
1-mavzu.“Biznes muloqot va akademik yozuv” fanining mazmuni va vazifalari.
Fannining predmetiva vazifalari. Biznes muloqot va akademik yozuv haqida tushuncha. Biznesni tashkil etishda muloqotning ahamiyati.Мatnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish. “Biznes muloqot va akademik yozuv” fanining predmeti va obyekti. Iqtisodiyotga tegishli so‘z va terminlarning qo‘shib yozilishiga e`tibor berish.
2-mavzu. Biznes muloqot va nutqiy faoliyat
Biznes muloqot. Muloqot jarayoni. Muloqotning maqsadi. Muloqot va uning turlari. Rasmiy va norasmiy muloqot. Kommunikatsiya jarayoni. Muloqotning maqsadlari. Muloqotning biznesdagi o‘rni. Muloqot shakllari. Tashqi va ichki shakllar. Muloqotning to‘siqlari. Jismoniy, semantik, ijtimoiy psixoligik, vositaning no‘to‘g‘ri tanlanishi. Samarali muloqot prinsiplari: aniqlik, tezlik, ishonchlilik, to‘liqlik, mazmunlik, maxfiylik.
3-mavzu. Biznes muloqot shakllari
Muloqot shakllari.Tashqi va ichki shakllar. Muloqotning to‘siqlari. Jismoniy, semantik, ijtimoiy psixoligik, vositaning no‘to‘g‘ri tanlanishi. Samarali muloqot prinsiplari: aniqlik, tezlik, ishonchlilik, to‘liqlik, mazmunlik, maxfiylik.
4-mavzu. Biznesda muhokama
Guruhlarda muhokama. Muhokama maqsadi va vazifalari. Muhokamaning xususiyatlari. Muhokama malakalari. So‘zlocvhu, tinglovchi, kuzatuvchi malakalari. Suhbat va uning turlari. Kasbiy muloqot layoqati.
5-mavzu. Muloqot texnikasi
Texnologik taraqqiyotning o‘rni. Qisqa xabarlar xizmati. Telekonferensiya va videokonferensiya. Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari. Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarning o‘rni.
Do'stlaringiz bilan baham: |