O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Download 132 Kb.
bet1/6
Sana21.04.2023
Hajmi132 Kb.
#1369626
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Фан дастури Бизнес мулоқот ва академик ёзув (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan ro‘yxatga olindi
_________________
2022 yil “___” ______






TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha
prorektor
S.U. Mexmonov____________


2022 yil “___” ______



BIZNES MULOQOT VA AKADEMIK YOZUV
FAN DASTURI



Bilim sohalar:

300 000



Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot




400 000



Biznes, boshqaruv va huquq

Ta’lim sohalar:

310 000



Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar




410 000



Biznes va boshqaruv

Ta’lim yo‘nalishlari:

60310100



Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)




60411200



Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)




60410400



Moliya va moliyaviy texnologiyalar




60410500



Bank ishi va audit




60410200



Soliqlar va soliqqa tortish




60410100



Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)




60410600



Sug‘urta ishi




60410700



Byudjet nazorati va g‘aznachiligi




60412700



Baholash ishi




60411000



Investitsion loyihalarga xizmat ko‘rsatish va moliyalashtirish




60412800



Elektron tijorat




60310400



Iqtisodiy xavfsizlik




60412100



Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari ijrosi




60411500



Biznes-tahlil




60410900



Birja ishi



Тоshkent-2022

Fan dasturi institut Kengashining 2022 yil “___” avgustdagi __ sonli Qarori bilan ma’qullangan.


Ushbu “Biznes muloqot va akademik yozuv” tanlov fan dasturi Toshkent moliya institutining “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan.



Tuzuvchilar:







N.Yunusova



TMI, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent

S S.Shermuxamedova



TMI, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Taqrizchilar:









S.X.Muhamedova



Alisher Navoiy nomidagi TDO`TAU, “Amaliy filologiya” fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor (turdosh OTM)

G.A.Narimova



Nizomiy nomidagi TDPU. “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi,
(turdosh OTM)

Fan dasturi Toshkent moliya instituti Oʻquv-uslubiy Kengashida muhokama etilgan va tavsiya qilingan (2022 yil “____” avgustdagi _- sonli majlisi)


Kengash kotibi_____________________________I.Choriyev

Fan/modul kodi
BMAYO 2204

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
1

ECTS - Kreditlar
2

Fan/modul turi
Tanlov

Ta’lim tili
O`zbek

Haftadagi dars soatlari
2


Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Biznes muloqot va akademik yozuv

30

30

60


I. Fanning mazmuni
“Biznes muloqot va akademik yozuv” fani talabalarda zamon talablariga mos ravishda biznesdagi muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ilmiy savodxonlikni takomillashtirishdan iborat. Hozirgi zamonda iqtisodiy oliy ta’lim “Biznes muloqot va akademik yozuv” fanining keng qo‘llanishini talab qiladi. “Biznes muloqot va akademik yozuv” fani notiqlik, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqning kommunikativ sifatlari, nutqiy etiket, nutq tuzish usullari, nutqning tarkibiy qismlari, notiqlik masalalarini, shuningdek, iqtisodiy matnga so‘z va atamalarni tanlash, matnlarni tuzish, ularni kyengaytirish va qisqartirish, matnlarni tahlil va tahrir qilish, iqtisodiyotga oid hujjatlarni to‘g‘ri yozish va yaratish kabilarni qamrab olgan.
Yetuk mutaxassislarni, ayniqsa, yosh avlod tarbiyachilarini tayyorlashda
til ilmi muhim ahamiyat kasb etadi, zero til o‘qituvchining eng asosiy
quroli sanaladi. Nutq mаdаniyati jаmiyatning mаdаniy tаrаqqiyoti, millаt mа’nаviy kаmоlоtining muhim bеlgisidir. Nutq mаdаniyati eng muhim аlоqа-аrаlаshuv qurоli – tildаn mаqsаdgа muvоfiq fоydаlаngаn hоldа to‘g‘ri vа chirоyli nutq tuzish yo‘llаrini o‘rgаtаdi.
Bakalavriat talabalari o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda biznes muloqot tili va uslubi, iqtisodiy terminologiya, iqtisodiy hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lishi kerak. U o‘z fikrini zamonaviy bozor iqtisodi sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq, to‘g‘ri, izchil, mantiqli, ta’sirli va ravshan ifoda etishi lozim. Shunga ko‘ra, bo‘lajak iqtisodchilar biznes muloqotning o‘ziga xos xususiyatlarini, nutq turlari va nutqiy faoliyatni, nutq tuzish usullari va notiqlik mahoratini yaxshi egallashi zarur.
“Biznes muloqot va akademik yozuv” fanining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavriat talabalarida mutaxassislik tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, mutaxassisligiga doir ilmiy ishlar va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni, to‘g‘ri va mantiqli so‘zlashni, notiqlik mahoratini egallashni nazarda tutadi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – iqtisodiyot sohasida bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda iqtisodiy til bilimlarini – soʻz va terminlarni qoʻllash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiketni va notiqlik mahorati boʻyicha bilim, koʻnikma va malakani shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarni turli masalalarni tahlil etishga, mustaqil fikrlashga, notiqlik, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqiy etiket, nutq tuzish usullari, notiqlik masalalarini, shuningdek, so‘z va atamalarni tanlash, matn tuzish va matnni tahrir qilish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozishni o‘rganish uchun tayyorlashdan iborat.

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling