6-mavzu: Muloqot madaniyati.
Og’zaki va yozma adabiy til me’yorlari (talaffuz, urg’u, so’z qo’llash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa – aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida me’yorlashtirish (tartibga solish) muammolarini o’rganuvchi bo’limi.
7-mavzu: Muloqotning biznesdagi o`rni.
Biznes muloqot Shaxsiy va ijtimoiy muloqotga nisbatan rasmiyligi bilan xarakterlanadi. Har qanday biznesning muvaffaqiyati gʻoyatda yaroqli va samarali muloqotga bogʻligi. Bu muloqot biznes tashkilotlari, bozorda, tashkilotlar va ishchilarning turli xil guruhlari, biznes egalari va ishchilari, xaridorlar va sotuvchilar, xizmat ta’minotchilari va mijozlar, savdo va tashkilot xodimlari hamda matbuot xodimlari oʻrtasida ham sodir boʻlishi.
8-mavzu: Biznesni tashkil etishda Biznes reja.
Biznesni tashkil etishda Biznes reja tuzish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida Biznes reja tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: BIZNES REJA – aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisob – kitob qilingan loyiha.
2-modul. Akademik yozuv
9-mavzu. Mutaxassislikka oid so‘z va terminlarning imlosi
Til va terminologiya. So‘z, atama va termin haqida ma’lumot. Terminlarning paydo bo‘lishi va kirib kelishi. O‘z va o‘zlashgan qatlam.
10-mavzu. Iqtisodiy terminlarning yasalishi
Iqtisodiy terminlarning morfologik, semantik, sintaktik usulda yasalishi. O‘zbek tili iqtisodiyot leksikasida sinonimiyaning paydo bo‘lish sabablari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Iqtisodiy so‘z va terminlarni tartibga solish. Lug‘atlarga yondoshuv. Abbreviaturalar.Akademik yozishda talabalarga uchrashi mumkin bo‘lgan ba’zi qiyinchiliklar yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |