O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Neyronlar qanday nerv tolalariga ega bo’ladi? 2. Asab tolasining ikki tomonlama o’tkazish qonuni haqida nima bilasiz? 3. Ajratib o’tkazish qonunini izohlab bering? 3-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga neyronlarning reflektor faoliyati hаqidа mа’lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Neyronlarning reflektor faoliyati nima ekanligini izohlab bera oladi. 1.2. Reflekslarning turlarini va xysusiyatlarini tushuntirib bera oladi. Uchinchi sаvоl bаyоni Markaziy asab tizimi faoliyatining asosiy va o’ziga xos belgisi reflekslarni yuzaga chiqarishdir. I.P.Pavlov bu haqda quyidagilarni yozgan edi: “Murakkab organizm hayotida refleks eng muhim va eng ko’p uchraydigaa asab hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy, to’g’ri va aniq o’zaro nisbati va butun organizmning tevarak-atrofldagi sharoitga munosabati refleks yordamida qaror topadi». «Refleks» terminini fiziologiyada birinchi marta fransiyalik olim Rene Dekart ishlatgan. Refleks - tashqi yoki ichki muhit o’zgarganda retseplorlarning ta’sirlanishiga javoban organizmning markaziy asab tizimi yordamida ko’rsatadigan qonuniy reaksiyasidir. Reflekslar orqali organizmning biror faoliyati yuzaga chiqadi, yoki to’xtatiladi: mushaklarning qisqarishi yoki bo’shashuvi, bezlar sekresiyasi yoki sekretsiyaning to’xtatilishi, tomirlarning torayishi yoki kengayishi va hokazo. Organizm reflektor faoliyati tufayli tashqi muhitning yoki o’z ichki holatining turli o’zgarishlariga tez reaksiya ko’rsata oladi va shu o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Markaziy asab tizimi reflektor faoliyatining ahamiyati l.M.Sechenov va I.P.Pavlovning klassik asarlarida to’liq ochib berilgan I.M.Sechenov 1862-yildayoq «Bosh miya reflekslari» degan shoh asarida: «Ongli va ongsiz hayotning hamma faoliyatlari kelib chiqish usuli jihatidan reflekslardir”degan edi. Reflekslar yoki reflektor faoliyati juda xilma-xilligi bilan tarq qiladi. Reflekslarni bir qancha belgilariga qarab turli guruhlarga ajratish mumkin. 1) Reflekslar organizmga biologik ahamiyati jihatidan ovqat, mudofaa, jinsiy, vaziyat va fazoda tanani harakatlantirish reflekslariga bo’linadi. 2) Retseptorlar qayerda joylashganiga qarab, reflekslar: eksteroreseptiv (ya’ni tana sirtidagi retseptorlarning ta’sirlanishidan kelib chiqadigan), vissero yoki intero retseptiv (ichki a’zolar va tomirlardagi retseptorlarning ta’sirlanishidan kelib chiqadigan), proprioretseptiv (skelet mushaklari, bo’g’imlar, paylardagi retseptorlarning ta’sirlanishidan kelib chiqadigan) reflekslarga bo’linadi. 3) Reflekslar yuzaga chiqishi uchun miyaning qaysi bo’limlari zarurligiga qarab ham tasnif qilinadi. Reflekslar shu jihatdan spinal (orqa miya neyronlarining ishtirokida kelib chiqadigan), bulbar (uzunchoq miyaning ishtirokida), mezensefal (o’rta miya ishtirokida), diensefal (oraliq miya ishtirokida) va kortikal (bosh miya yarim sharlari po’stlog’idagi neyronlar ishtiroki bilan) yuzaga chiqadigan reflekslarga bo’linadi. 4) Reflekslar ularda qaysi a’zolarning ishtirok etishiga, javob reaksiyasining xarakteriga qarab ham ajratiladi. Masalan. refleks harakatlantiruvchi, yoki motor (bunda mushaklar ijrochi a’zo hisoblanadi), sekretor (bezlar sekretsiyasi bilan tugaydigan), tomir harakatlantiruvchi (qon tomirlarining torayishida yoki kengayishida namoyon bo’ladigan) reflekslarga bo’linadi. Bu tasnif bir qadar oddiy reflekslarga to’g’ri keladi, zero markaziy asab tizimining oliy bo’limlaridagi neyronlar ishtirokida yuzaga chiqadigan murakkab reflekslarda esa odatda turli ijrochi a’zolar reflektor reaksiyaga tortiladi. 5) Butun organizmning barcha reflektor faoliyati shartsiz va Shartli reflekslarga bo’linadi. Shartsiz reflekslar-organizmning irsiyat yo’li bilan o’tadigan tug’ma reaksiyalaridir. Shartli reflekslar esa, organizmning individual taraqqiyot jarayonida, «turmush tajribasi» asosida paydo bo’ladilar. Odam oyoq kaftining terisiga ta’sir etilganda oyoq panjasi va barmoqlari refleks yo’li bilan bukiladi - oyoq kaftining refleksi deb shuni aytiladi. Mushak payiga bolg’acha yengilgina urilganda mushakning cho’zilishi uning refleklor qisqarishiga sabab bo’ladi. Bu pay-mushak proprioretseptiv refleksidir. Jumladan, tizza refleksi (son to’rt boshli mushakning payiga tizza ko’zining pastidan urilganda oyoqning tizzadan keskin yozilishi) va Axill refleksi (Axill payiga urilganda boldir mushakning keskin qisqarishi) shunday reflekslarga kiradi. Asab tizimi umuman ikki qismdan iborat: periferik va markaziy asab tizimi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling