O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.65 Mb.
bet49/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:

  1. O’rta miyaning tuzilishi haqida nimani bilasiz?

  2. To’rt tepalik qayerda joylashgan va qaysi funksiyalami bajaradi?

  3. O’rta miyaning o’tkazuvchi yo’llarini belgilab bering.



4-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga miyacha va uning ahamiyati hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Miyachaning markaziy asab tizimidagi joylashgan o’rnini aytib bera oladi.
1.2. Miyachaning fiziologik xususiyatlarini tushuntirib bera oladi.


To’rtinchi sаvоl bаyоni
Miyacha o’ng va chap yarim sharlardan iborat bo’lib, ular chuvalchangsimon qism bilan birikkan. Miyacha bosh miya yarim sharlari bilan parallel rivojlanadi, u odamda yaxshi rivojlangan bo’ladi. Uning vazni 150-160 g ga teng. 3 juft: yuqorigi, o‘rta va pastki oyoqchalari bo’ladi. Yuqorigi oyoqchasi miyachani to’rt tepalik va miya yarim sharlari bilan, o’rta oyoqchasi ko’prik bilan, pastki oyoqchasi esa uzunchoq miya va orqa miya bilan bog’laydi. Agar miyacha kesilsa, uning ustki qismi yupqa kulrang moddadan tuzilganligi va 2 qavat (donali va yulduzsimon hujayralari ko’rinadi.
Kulrang modda tagida oq modda joylashgan, uning asab tolalari daraxi bargining tomirlari kabi tarqalgan. U “hayot daraxti” deb ataladi. Oq modda orasida to’rt juft tana-tarqoq holdagi kul rang modda uchraydi: 1) eng chetda yirik tishli yadro bo’lib, u muvozanatni saqlash funksiyasini bajaradi; 2) probkasimon yadro: 3) sharsimon yadro; 4) miyachaning cho’qqi yadrolari bor.
Miyacha o’tkazuvchi yo’llar orqali markaziy asabning deyarli hamma bo’g’inlari bilan bog’langandir. Miyacha funksiyalarini tekshirish uchun hayvonlaming miyachasi tamomila yoki qisman olib tashlangan. Miyachani olib tashlash yoki unga zarar yetkazish hayvonning harakatlariga va tana vaziyatiga ta’sir etadi. Miyachaning faqat yarmi olib tashlanganda hayvonning o’sha tomondagi oyoqlari cho’ziladi, hayvon tura olmaydi va miyachasi zararlangan tomonga qarab yiqilib tushadi. Oradan bir necha kun o’tgach bu hodisalar ancha kamayib, hayvon o’rnidan turishi, yugurishi va anchagina murakkab harakatlarni bajarishi mumkin.
Hayvonning miyachasi butunlay olib tashlansa, chuqur va jiddiy o’zgarishtar ro’y beradi. Bunda hayvon o’rnidan tura olmaydi va qanday bo’lmasin harakat qila olmaydi. Bir necha kundan keyin hayvon qisman harakat qila boshlaydi. Ammo hayvon o’rnidan turish uchun oyoqlarini keng yozadi, yurganda ko’pgina ortiqcha va omonat harakatlarni bajaradi.
Miyachani olib tashlash natijasida hayvonning harakatlarida kelib chiqadigan o’zgarishlar quyidagi to’rt guruhga bo’linadi:

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling