O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Siydikning osmotik bosimini oshirish va pasaytirish


Download 1.65 Mb.
bet134/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

2. Siydikning osmotik bosimini oshirish va pasaytirish.

Siydikning osmotik bosimini oshirish va pasaytirnsh. Organizmda suv yoki tuzlar konsentratsiyasi ko‘payganda, ularning ortiqchasi buyraklarning faoliyati tufayli chiqarib yuboriladi va shu sababli, buyraklar konning normal osmotik bosimini tiklashda qatnashadi. Suv muvozanati holatiga qarab, sut emizuvchi va kushlarning buyraklari ba’zan kuyuq, ba’zan esa suyuq siydik ishlab chiqaradi. Siydikning osmotik bosimini oshirishda pefronning hamma kismlari ishtirok qiladi. Bu jarayonga buyraklarning magiz kismidagi qon -tomirlari va hujayralararo tukima ham tortiladi. Nefronning siydikni kuyultirishdagi faoliyati juda ham unumli bo‘ladi, chunki buyraklarda, burib teskari okizadigan tizim mavjud. Burib teskari oqizuvchi tizimga Genle qovuzlogining tushuvchi va ko‘tariluvchi qismlari va to‘plovchi naychalari kirali. Tizimning uchala qismi bir-birlarining yonida jips takalib turadi. Atrofdagi to‘qimalar suyuqligi, ro‘y beradigan jaraenlarda juda ham sust katnashadi. Proksimal kanalchada reabsorbsiyadan qolib, Genle qovuzlogining tushuvchi qismiga etib kelgan suyuklikning osmotik bosimi qon plazmasining osmotik bosimiga teng. Bu suyuqliq Gekle kovuzlogining ingichka tushuvchi kismiga etib kelib, buyraklardagi hujayralararo osmotik bosim yuqori bo‘lgan kismidan oqa boshlaydi. Osmotik bosimning kovuzlok uchi tashqarida yuqori bulishini, Genle qovuzlogining yo‘gon ko‘tariluvchi qismini qoplovchi hujayralar faoliyati ta’minlaydi. Bu hujayralar suvni o‘tkazmaydi, natriy kationi va xlor anionlarini to‘qimalararo suyuqlikka o‘tkazadi. Kovuzloq tushuvchi qismining devori esa suv­ni osonlik bilan o‘tkazadi. SHuning uchun ingichka qism bushligidagi suv osmotik bosimlar farqiga karab tashqariga chikadi.


Suyuqlik qovuzloqning uchiga etganda (buyrak surgichlarining uchi) osmotik bosim orta boshlaydi va Genle kovuzlogining boshida 300 mos m/l bo‘lsa, oxirida 1450 mos. m/l ga ko‘tariladi. Demak suyuqlik bir necha marta kuyulib, mikdori kamayadi. Suyuqlikning Genle kovuzlogining ko‘tariluvchi kismidagi harakati davomida suv so‘rilmaydi, ammo xlor va natriy ionlari qayta surilishda davom etadi. Natijada, suyuqlik distal kanapchaning bosh qismiga gipotonik holda etib keladi va bu erda, suyuqdikning osmotik bosimi 200 mosm/l atrofida bo‘ladi.
Suv tankisligi paytida shpofizdan qonga antidiuretik gor­mon ajralishi kuchayadi, natijada distal kanalchalarning va tuplovchi naychalarning suvni o‘tkazishi tezlashadi. Suv, osmotik gradient bo‘yicha gipotonik suyuqdikdan suriladi, kanalcha bo‘shligidagi suyuklikning osmotik bosimi 300 mos m/l gacha ko‘tarilib, plazmaga izoosmotik bo‘lib qoladi.
To‘plovchi naychalarda siydik osmotik bosimining ko‘tarilishi davom etib, bu naychalar, buyrakning pustloq kismidan magiz qismiga o‘tgan bo‘ladi. SHunday kilib, naychalardan oqib o‘tuvchi suyuqliq to‘qima suyuqligida, osmotik bosimi past bo‘lgan pustloq kismidan osmotik bosimi yukori bo‘lgan magiz qismiga tomon harakat kiladi. Suv naychalardan tashqariga, to‘qima oraligiga o‘tib, siydikning hajmi kamayadi va osmotik konsentratsiyasi oshadi.
Siydikchil siydikning kuyuklashishida aloxida ahamiyatga ega. Buyrak magzining tashqi qismida, ya’ni pustlokga yakin qismida osmotik bosimning ko‘tarilishi, asosan, natriy va xlor ionlarining kovuzloq bo‘shligidan to‘qima suyuqligiga chiqishiga bogiq bo‘ladi. Ichki, buyrak so‘rgichlariga yaqin qismida esa, siydikchil to‘planishi, asosan osmotik bosim oshishini ta’minlaydi. Yuqorida aytilganidek proksimal kanalchada siydikchilning 50% i qayta so‘riladi. Tushuvchi naychalarda suvning qayta so‘rilishi sababli, bu moddaning konsentratsiyasi keskin oshadi. Siydikchil diffuziyalanib, naychadan magiz qism to‘kimasiga o‘tadi va nefronning tugri kon tomiriga (bu tomir Genle kovuzlogining) tushuvchi va ko‘tariluvchi qismlariga hamda to‘plovchi naychalarga parallel joylashgan va jipslashgan) va qovuzloqning ko‘tariluvchi qismiga o‘tadi. Siy­dikchil, qon va kovuzlokdagi suyuqlik tarkibida, buyrak pustlogiga ko‘tariladi va kovuzlokning tushuvchi qismiga burilib, orqaga Kaytgan to‘gri tomirdagi qonga diffuziyalanadi. siydikchilning, qovuzlok qismida va to‘gri tomirda burilib, teskariga okib aylanib yurishi, buyrakning magiz kismida bu moddaning juda ko‘plab tuplanishini ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, siydikning gi­pertonik darajagacha quyuklashishiga sababchi bo‘ladi.
Issiq sharoitda odam va hayvonlarning buyraklari, moddalar kopsentratsiyasi govori bo‘lgan ozgina mikdordagi gipertonik siydikni ajratib, boshqa jarayonlarga, masalan terlash va tana harorati barkororligini saklash uchun zarur bo‘lgan suvni tejab koladi. Suv juda tankis bo‘lgan sharoitda odam buyraklari ajratgan siy­dikning mikdori bir daqikdda 0,5-0,6 ml. dan oshmaydi.
Organizmga ortikcha suv kirganda buyraklar ko‘p mikdorda gipotonik siydik ajrata boshlaydi. Biroq, nefronlarning ko‘pchiligida suyuqlik filtratsiyasi o‘zgarmaydi. Proksimal kanalchada suvning reabsorbsiyasi ham odatdagicha bo‘ladi va nefronning distal qismiga etib keladigan suyuqlikning mikdori ham o‘zgarmaydi. Ko‘p suv ichilganda, buyrakning mariz qismidagi to‘qimada, osmotik bo­sim pasayib ketadi va nefronning bu erdan o‘tgan qismi bo‘shligidagi suyuqlikning osmotik bosimi )ham plazmanikidan kam bo‘ladi. Buning sababi shuki, ko‘p suv ichilganda, konda antidiuretik gormonning mikdori kamayib ketadi, distal kanalchalarning devori suvni o‘tkazmay ko‘yadi, natriy reabsorbsiyasi esa davom etaveradi. Natijada, osmotik bosimi juda past 50 mos m/l bo‘lgan siydik ko‘p ajraladi. Bu vaktda, distal kanalcha devoridan siydikning o‘tishi ham sekinlashadi, u, magiz moddaga o‘ta olmaydi, bu erda osmotik bosim kamayadi. Qayta surilmagan siydikchil, gipotonik siydik tarkibida tashqariga chiqariladi. Ko‘p suv ichlgandan keyin, odamda siydik ajralishi bir dakikada 18 ml. dan oshib ketishi mumkin.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling