O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi sаvоl bаyоni Mushak qisqarishini qayd qilish uchun miografiya
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Mushaklarning qaysi turlarini bilasiz? 2. Mushaklarning funksiyalarini belgilab bering? 3. Ko’ndalang-targ’il mushaklar tuzilishini belgilab bering. 4. Silliq mushaklar tuzilishini belgilab bering. 2-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga miografiya hаqidа mа’lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Miografiya usuli haqida tasavvurga ega bo’ladi. 1.2. Izotonik va izometrik qisqarishlarni bir-biridan ajrata oladi. Ikkinchi sаvоl bаyоni Mushak qisqarishini qayd qilish uchun miografiya, ya’ni mushakning bir uchiga birlashtirilgan richag yordamida yozib olish usuli qo’llaniladi. Richagning bo’sh turgan uchi kimograf lentasida qisqarish egri chizig’ini - miogrammani chizib turadi. Mushak qisqarishini hu usulida qayd qilish murakkab asbob-uskuna talab qilmaydi, ammo kamchiligi ham bor, u ham bo’lsa richag inersiyali bo’lgani uchun kimograf lentasiga ishqalanganda yozuvni bir muncha buzib qo’yadi. Bu kamchilikning oldini olish uchun hozirgi vaqtda mexanik o’zgarishlarni elektr tokning kuch tebranishlariga aylantiruvchi maxsus datchik qo’llanilmoqda. Elektr tokini kuch tebranishlari shleyf yoki katod ossillografi yordamida qayd qilinadi. Qo’zg’alishni vujudga keltirish uchun, binobarin, mushakni qisqartirish uchun asabni ta’sirlash vositali ta’sirlash deb, to’g’ridan-to’g’ri mushakni ta’sirlash esa bevosita ta’sirlash deb ataladi. Mushak qisqarishining ikki turi: izotonik va izometrik qisqarish tafovut qilinadi. Izotonik qisqarish mushakning shunday qisqarishiki, unda tolalari kalta tortadi-yu, tarangligi doimiy bo’lib qolaveradi. Mushakning bemalol yuk ko’tarishi izotonik qisqarishga misol bo’ladi, yuk bunda mus hakning doimiy tarangligiga sabab boladi. Izometrik qisqarishda mushak kaltatana olmaydi masalan, mushakning ikki uchi qimirlamay yopishib turganda shunday bo’ladi. Bu holda mushak tolalarining uzunligi o’zgarmaydi-yu, tarangligi oshadi. Izometrik qisqarishni qayd qilish uchun mushakga deyarli kaltalanish imkonini bermaydigan qattiq prujina biriktirilib, mushakni ishlashga majbur etiladi. Bu holda har xil kuchaytirgichlardan foydalanib, mushakning juda oz (bir necha mikron chamasi) kaltalanishini yozib oladi. Bu kaltalanish aslida mushakning taranglashini aks ettiradi. Odam statikani saqlab zo’r berganda mushaklar shu xilda faoliyat ko’rsatadi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling