O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.65 Mb.
bet24/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:

  1. Motoneyron nima?

  2. Miografiya va miogramma haqida nimalarni bilasiz?

  3. Izotonik va izometrik qisqarish nima?



3-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga mushaklarning yakka va tetanik qisqarishlari hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Yakka qisqarish fazalarini aytib bera оlаdi.
1.2. Tetanik qisqarishning turlarini tushuntirib bera oladi.


Uchinchi sаvоl bаyоni
Asab-mushak preparatining asabiga bir marta qisqa vaqt ta’sir etilsa, mushak yakka qisqaradi. Mushak asabdan bir impuls olib, unga bir marta javob beradi. Yakka qisqarish uch fazaga bo’linadi: qisqarishning latent (yashirin) davri, qisqarish fazasi, bo’shashish fazasi.
Yaxlit bir bulun organizmda normal shamitda mushaklar yakka qisqarmaydi, chunki mushaklarga markaziy asab tizimidan hamisha bir talay impulslar kelib turadi. Mushakga ko’pincha ketma-ket keluvchi bir qancha impulslar kirganda mushak bunga javoban uzoq qisqaradi. Impulslarning tez-tez kelib turishi tufayli mushakning shu tariqa uzoq qisqarishi tetanik yuki tetanus deb ataladi.
Tetanik qisqarishni yuzaga chiqarmoq uchun impulslar o’rtasidagi interval yakka qisqarish davriga qaraganda kaltaroq bo’lishi kerak, aks holda mushak ketma-ket yakka qisqaradi. Binobarin, tetanus kelib chiqishi uchun zarur shart shundan iboratki, avvalgi ta’sirot tufayli paydo bo’lgan qisqarish hali tamom bo’lmasdan turib, navbatdagi ta’sirotni berish kerak. Shu shartga rioya qilganda ham ikki xil tetanik qisqarish ro‘y beradi: tishli tetanus va silliq tetanus.
Tetanik qisqarish balandligi (amplitudasi) yakka qisqarishning balandligidan ancha yuqori bo’ladi, chunki ritmik taassurotda qo’zg’alishning har bir yangi to’lqini mushaklarning qo’shimcha qisqarishini paydo qiladi. Bu qisqarish avvalgi qisqarishga qo’shilib ketadi (summatsiya hodisasi). G.Gelmgols (1847) navbatdagi har bir impulsda mushak shu payt bo’shashib turganday ko’rinaveradi deb faraz qilib, bu jarayonga superpozitsiya, ya’ni qisqarishlarning taxlanishi deb nom berdi.
Ye.B.Babskiyning fikricha, tetanik qisqarishda ATF kislotaning ajralib chiqishi asos bo’ladi. Qo’zg’alishning navbatdagi to’lqini boshlaguncha ATF to’la parchalanib ulgurmaydi, shuning uchun ATF mushakning qo’zg’aluvchanligiga va qisqaruvchanligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Natijada mushakka kelayotgan navbatdagi har bir impuls avvalgilarga nisbatan kattaroq samara beradi.
Organizmning tabiiy faoliyat sharoitida tetanik qisqarishga asos bo’ladigan hodisalarning umumiy tasviri bilan mukammalroq tanishmoq uchun skelet mushaklarining harakat asabi bilan innervatsiyalanishidagi ba’zi xususiyatlarga to’xtab o’taylik.
Orqa miyaning oldingi shoxlaridagi harakatlantiruvchi hujayra o’sig’i bo’lmish har bir motor asab tolasi mushakning bir tolasi emas, balki mushak tolalarining bir guruhi innervatsiya qiladi. Bu guruh motor birlik deb ataladi. Odamning turli mushaklarida motor birlik tarkibiga kiruvchi mushak tolalarining soni 10 dan 3000 gacha boladi. Aniqroq harakatlarni bajaruvchi ildam mushaklaming motor birliklarida tolalar hammadan kam. Masalan, ko’z mushaklarida va qo’1 barmoqlarining mushaklarida motor birliklar tarkibidagi mushak tolalari 10-25 ta, ulardan har biri bir necha asab tolasidan innervatsiya oladi. Bunga qarama-qarshi o’laroq, gavda holatini to’g’rilashda qatnashadigan va aniq nazoratga ehtiyoj sezmaydigan sust mushaklarning motor birligida 2000 dan 3000 gacha tola bor. Boldir mushaklarining motor birliklarida 1500 ga yaqin tola bo’ladi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling