Qo’zg’alishni qabul qilib, periferik refseptorlardan markaziy asab tizimiga o’tkazadigan bipolyar asab hujayralari retseptor neyronlar deb ataladi. Bu neyronlarning tolalari markaziy asab tizimidan tashqarida orqa miya tugunlarida yoki bosh miya tugunlarida joylashgan bo’ladi. Reseptor neyronning uzun o’sig’i periferiyaga borib, qabul qiluvchi asab oxirgi retseptorni hosil qiladi. Bu o’siq periferiyadan qo’zg’alish impulslarini olib ketadi. Reseptor neyronning ikkinchi o’sig’i orqa miyaga yoki uzunchoq miyaga kiradi.
Markaziy asab tizimining bevosita retseptorlaridan emas, balki pastroqda joylashgan neyronlar orqali impuls oladigan ba’zi neyronlari ham retseptor neyronlariga kiradi. Masalan, ko`ruv do’mboqlaridagi (talamus) neyronlar, retseptor neyronlar har xil sezgilarni yuzaga chiqaruvchi impulslarni yetkazib bergani uchun ko’pincha sensor, yoki sezuvchi neyronlar deb ataladi.
Markaziy asab tizimining effektor neyronlari periferik a’zo va to’qimalarga impulslar yuboradi. Effektor neyronlarining uzun aksonlari qo’zg’alishni periferiyaga o’tkazadi. Effektor neyronlarning ba’zilari skelet mushaklariga boradigan harakatlantiruvchi asab tolalarini hosil qiladi; bunday neyronlar motoneyronlar, yoki harakatlanliruvchi neyronlar deb ataladi.
Kontakt, yoki oraliq, kiritma neyronlar markaziy asab tizimida joylashgan bo’lib retseptor va effektor asab hujayralarini bir-biriga bog’laydi. Ular yuzaga chiqaradigan samaraning xarakteriga qarab, qo’zg’atuvchi va tormozlovchi neyroolarga bo’linadi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Asab tizimi qaysi funksiyalarni bajaradi?
2. Asab tizimi embriogenez vaqtida qaysi tuzulmalardan hosil bo’ladi?
3. Neyron va neyropil nazariyalarni qanday izoh berish mumkin?
2-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga asab tolalarining xossalari hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Asab tolalarini farqlay oladi.
1.2. Asab tolalarining xossalari tushuntirib bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |