Mаvzugа оid muаmmоlаr.
Nerv hujayralarining evolyusion kelib chiqish mexanizmini aniqlash?
Nobud bo’lgan nerv hujayralarini tiklash muammosi?
Birinchi sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga asab tizimi funksiyalari va neyronlar haqida ma’lumot berish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
Asab tizimi funksiyalarini izohlab bera oladi.
Neyronlarning turlarini ajrata oladi.
Birinchi sаvоlning bаyоni
Asab tizimiga organizmda murakkab funksiyalarni bajaruvchi bosh miya va orqa miya kiradi.
1. Asab tizimi odam organizmida barcha hujayra, to’qima, a’zolari va funksional tizimlarimng ishini boshqaradi, tartibga soladi va ularning bir-biri bilan o’zaro bog’lanishini ta’minlaydi. I.P.Pavlov asab tizimining bu funksiyasini quyi funksiya deb atagan. Bu vazifani orqa miya va bosh miyaning quyi qismlarida (uzunchoq, o’rta, oraliq miya va miyachada) joylashgan asab markazlari bajaradi.
2. Asab tizimi organizmni tashqa muhit bilan bog’laydi, muhit sharoitiga moslashuvini ta’minlaydi. Tashqi muhit ta’sirida, atrofdagi boshqa odamlar bilan munosabati natijasida odamda paydo bo’lgan fikrlash, fikrni bayon etish, bilim olish, hunar o’rganish va ularni esda saqlash kabi yuksak insoniy xususiyatlar ham asab tizimining ana shu ikkinchi funksiyasiga kiradi. I.P.Pavlov asab tizimining bu funksiyasini oliy asab faoliyati deb atagan. Asab tizimining bu funksiyasi uning yuqori qismida (bosh miya yarim sharlar po’stlog’ida) joylashgan asab markazlari bajaradi.
3. Bosh miya yarim sharlar po’stlog’i ruhiy faoliyatning asosiy a’zosi hisoblanadi. Asab impulslarni bosh miya yarim sharlar po’stlog’i neyronlariga yetib borishi natijasida hissiyot tuyg’usi hosil bo’ladi, qaysiki odamda ong va tafakkur jarayonlarning asosi hisoblanadi.
Markaziy asab tizimining neyronlari retseptor, effektor va kontakt neyronlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |