O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi sаvоl bаyоni
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
Oxirgi yoki keyingi miya nima? Uzunchoq miyaning tuzilishi va funksiyalarini belgilab bering. Uzunchoq miyaning reflekslarini belgilab bering. 3-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga o’rta miya hаqidа mа’lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. O’rta miyaning markaziy asab tizimida joylashgan o’rnini aytib bera oladi. 1.2. O’rta miyaning fiziologik xususiyatlarini tushuntirib bera oladi. Uchinchi sаvоl bаyоni O’rta miyada to’rt tepalik yadrolari (ular Silviy suv yo’lining ustida qopqoq- tektum sohasida joylashadi), qizil yadro, ko’zni harakatlantiruvchi va g’altak asablarning yadrolari va qoramtir modda bor. Talamusga, katta yarim sharlarga va miyachaga impuls olib boradigan barcha ko’tariluvchi yo’llar va uzunchoq miya bilan orqa miyaga impuls yetkazib beradigan tushuvchi yo’llar o’rta miya orqali o’tadi. Uzunchoq miyadagi kabi, o’rta miyada ham to’rsimon formatsiya neyronlari bor. O’rta miya yadrolari bir qancha muhim reflektor funksiyalarni bajaradi. To’rt tepalikning oldingi do’mboqlari birlamchi ko’ruv markazlari bo’lib, yorug’lik ta’siriga javoban ba’zi reflekslarning yuzaga chiqishida qatnashadi. Bu reflekslarga ko’rish - chamalash (oriyentirovka) reflekslari kiradi. Bu reflekslar shundan iboratki, hatto yarim sharlardan mahrum bo’lgan, ammo o’rta miyasi butun qolgan hayvon yorug’lik ta’siriga javoban ko’z va tana harakatlari bilan reaksiya ko’rsatadi. To’rt tepalikning oldingi do’mboqlari qorachiq refleksining yuzaga chiqishida qatnashadi. O’rta miyaning birlamchi ko’ruv markazlari bilan aloqador reflekslarga ko’z akkomadatsiyasi (turli masofada to’r pardaning moslashuvi) va ko’ruv o’qlarining bir nuqtaga qo’shilishi -konvergensiya kiradi. To’rt tepalikning orqa do’mboqlari birlamchi eshituv markazlari bo’lib, ttovush kelayotgan tomonni chamalab bilish reflekslarining yuzaga chiqishida, hayvonlarning qulog’ini ding qilishida, boshi va tanasini tovush kelayogan tomonga burishida qatnashadi. O’rta miyaning qizil yadrosi tushuvchi rubrospinal yo’1 boshtanadigan joy hisoblanadi.Bu yo’1 orqali orqa miya segmentlariga kelib turadigan impulslar skelet mushaklarining tovushini boshqaradi. Qizil yadrodagi yirik neyronlarni elektr toki bilan ta’sirlash orqa miyadagi bukuvchi alfa va gamma motoneyronlarni qo’zg’atib, yozuvchi motoneyronlarni tormozlaydi. Rubro-spinal yo’ldan orqa miyaga o`shuvchi impulslar samarasi keyingi miyadagi Deylers yadrosidan boshlanadigan vestibulospinal yo’l bo’ylab keluvchi impulslarnikiga qarama-qarshi: ular yozuvchi mushaklarning alfa va gamma-motoneyronlarini qo’zg’atib, bukuvchilarini tormozlaydi. O’zaro bog’langan qizil va Deylers yadrolari bir-birini tormozlab turadi. Natijada yozuvchi mushaklar tonusi pasayadi. Bu ikkala yadroni bog’langan yo’llar kesilsa (miya to’rt tepalikning orqa do’mboqlari pastidan kesilsa) oyoq-qo’1, orqa, dumni yozuvchi mushaklar tonusi keskin oshib ketadi-hayvonda deserebratsion rigidligi rivojlanadi. O’rta miyasi butun qolgan odam va hayvondagi chamalash reflekslarida harakat reaksiyalari bilan bir qatorda ba’zi vegetativ o’zgarishlar ham kuzatiladi; yurak faoliyati ritmining o’zgarishi, arterial bosimning o’zgarishi va hokazolar shu jumladandir. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling