O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Mushaklar tonusining o’zgarishi (atoniya)
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Tez charchab qolish (asteniya).
- 4. Harakatlar uyg’unligining buzilishi (ataksiya).
1. Mushaklar tonusining o’zgarishi (atoniya). Bunda mushaklar tonusi keskin kamayib ketadi, natijada mushaklar ilvillab qoladi. Ammo bir necha kundan keyin yozuvchi mushaklar tonusi oshadi, qo’1-oyoq yoziladi, bosh orqaga qayriladi. Miyacha olib tashlaganda mushaklar tonusi yo’qolishdan ko’ra, tonus taqsimotini idora etishning ko’proq buzilishi bir qancha tekshirishlarda isbot etilgan. Miyacha shikastlangandan keyin ikki hafta o’tgach, tonus sekin-asta avvalgi asliga keladi va hayvon bir qancha beo’xshov harakat qilsa ham, har qalay anchagina harakatlarni bajaradigan bo’lib qoladi.
2. Tez charchab qolish (asteniya). Hayvon juda tez charchaydi. Sog’lom va nozik harakatlarni bemalol bajarsa ham, miyachasi olib tashlangan it shunday harakat qilish natijasida tez charchab qoladi, yotib dam oladi. 3. Qo’l - oyoq va boshning titrashi (astaziya). Miyachasi olib tashlangan hayvon titramasdan turaolmaydi va boshini tutaolmaydi. Oyog’ini darrov ko’tara olmaydi. 1) oyog’ini ko’tarishdan oldin bir qancha tebranma harakatlar qiladi. Agar bunday it turg’azib qo’yilsa, tanasi va boshi hamisha tebranib turadi, ovqatni yeya olmaydi, chunki boshini tebranishdan to’xtata olmaydi. Miyachasi olib tashlangan it birdaniga to’xtata olmaydigan va ko’p marta takrorlaydigan bunday uzluksiz harakatlar ketma-ket keluvchi bir qancha reflekslardan iborat. Bunday reflekslarda har bir harakat tamom bo’lishi bilan navbatdagi harakat boshlanadi. 4. Harakatlar uyg’unligining buzilishi (ataksiya). Miyachasi olib tashlangan it aniq, chaqqon, uyg’un harakatlar qila olmaydi. U oyoqlarini kerib, qoqilib-surilib va yiqilib yuradi. Yurganda oyoqlarini yuqori ko’tarib tashlaydi, shu sababli bunday yurish “xo’roz” yurish deb ataladi. Odamning miyachasi zararlanganda ham shunday o’zgarishlar kelib chiqadi. Miyachaning asosiy funksiyasi bu harakatlarni uyg’unlashtirish va mushaklar tonusini mo’tadil ravishda taqsimlashdan iborat ekanligi ko’pgina tekshirishlar bilan aniqlangan. Miyacha harakatlar uyg’unlashishini amalga oshirish bilangina qolmay, organizmdagi vegetativ jarayonlarga ham ta’sir etadi. Masalan, simpalik asab tizimi orqali miyaning barcha bo’limlariga adaptasion-trofik ta’sir ko’rsatadi. Boshqacha aytganda, miyacha asab tizimida modda almashinuviga ta’sir etadi va uning o’zgarib turadigan sharoitga qarab moslashuviga imkon beradi. Shunday qilib, miyacha harakatlarni boshqaradigan tizimning juda muhim qismi bo’lib, quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) mushak tonusi va vaziyatni boshqarish; 2) maqsadga erishishga qaratilgan vaziyat va harakatlarni uyg’unlashtirish; 3) miya po’stlog’i yuzaga chiqaradigan harakatlarni uyg’unlashitirish. Miyachani olib tashlash yoki shikastlash eng avvalo mushaklar tonusining o’zgarishiga va harakatlarning buzilishiga olib keladi. L.Luchiani miyacha butunlay olib tashlangandan keyin ro’y beradigan hodisalarni uch davrga bo’ldi: 1) jarohatlanish davri; 2) funksiyalarni yo’qotish davri: 3) funksiyalarning tiklanish davri. Birinchi davrda hayvon butunlay ojiz bo’ladi, oyoqlarida tura olmaydi. Ikkinchi davr funksiyalarni yo’qotish davrida to’rtta simptom: atoniya, asteniya, asteziya, ataksiya namoyon bo’ladi. Uchinchi davrda - buzilgan funksiyalarining tiklanishi kuzatiladi. Shikastlanishdan so’ng paydo bo’lgan miyacha faoliyatidagi o’zgarishlar vaqt o’tib asli holiga keladi. Zamonaviy aqidalarga ko’ra, bu tiklanishni katta yarim sharlarning motor (harakat) sohalari shikastlangan miyacha funksiyalarini o’z zimmasiga oladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling