O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi
- Oltinchi sаvоl bаyоni
- (pateokorteks), eski (arxikorteks)
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
Oraliq miyaning tuzilishi. Talamusning tuzilishi va funksiyalari haqida xarakteristika bering. Talamusning spetsifik va nospetsifik yadrolari haqida nimalarni bilasiz? Gipotalamusning tuzilishi va funksiyalari haqida nimalarni bilasiz.? Gipotalamus yadrolarining tasnifini bering. 6-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga bosh miya po’stlog’ining tuzilishi va ahamiyati hаqidа mа’lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Bosh miya po’stlog’ining tuzilishini izohlab bera oladi. 1.2. Katta yarim sharlar po’stlog’ining assosiantiv mintaqalarini tushuntirib bera oladi. Oltinchi sаvоl bаyоni Bosh miya yarim sharlari po’stlog’i markaziy asab tizimining filogenetik eng yosh qismi hisoblanadi. Bosh miya katta yarim sharlarining kulrang moddasi bosh miyaning yuza qismida joylashgan bo’lib, u miya po’stlog’i deb nomlanadi. Miya po’stlog’i asab hujayralari tanasining to’plamidan tuzilgan. Miya po‘stlog’ining yuzasi 2200 sm2, qalinligi 1,3-4,5 mm, umumiy hajmi 600 sm3. Undagi neyronlar soni taxminan l09-1010 (Shade. Ford, 1989). Po’stloqdagi gilial hujayralar soni neyronlar sonidan 5-6 marta ko’p. Po’stloqda qadimiy (pateokorteks), eski (arxikorteks) va yangi (neokorteks) qismlar (po’stloqlar) mavjud. Palenkorleksga hidlov miya, arxikorteksga gumbaz (limbik) tizimi va tizimining eng rivojlanayotgan tuzilmasi gippok kiradi, qolgan sohalar yangi po’stloq (neokorteks)ni tashkil qiladi. Bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’i bosh miyaning boshqa bo’limlariga qaraganda evolutsion quyi nazardan kechroq rivojlangan bo’lsa ham, tuzilishi va funksiyalari jihatidan juda murakkab bo’limidir. Filogenezda bosh miya po’stlog’i ilk bor sudralib yuruvchi hayvonlar, reptiliylarda paydo bo’lib, keyinchalik sut emizuvchilarda yaxshi rivojlangan. Bosh miya po’silog’i paydo bo’lishi bilan funksiyalar kortikalizatsiyasi voqe bo’ladi, ya’ni organizm funksiyalarini boshqarish asab tizimining quyi bo’limlaridan bosh miya po’stlog’iga o’tadi. Bosh miya po’stlog’i organizmdagi hamma jarayonlarni, shuningdek odamning butun faoliyatini nazorat qila boshlaydi. Buning sababi odamning katta yarim sharlar po’stlog’i shikastlanganda ayniqsa katta o’zgarishlar ro’y beradi. Odamning tanasini tikka tutishi va mehnat faoliyati bilan bog’langan murakkab harakatlarni yuzaga chiqarishi uchun asab jarayonlarining neokorteks bog’liq bo’lgan g’oyat mukammal oydinlanishi talab qilinadi. Taraqqiyot jarayonida neokorteks harakat apparatini-ko’ndalang targ’il mushaklarni, shuningdek vegetativ jarayonlarni nazorat qiladigan bo’lib qoladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling