Farg`ona davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti


Download 77.47 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi77.47 Kb.
#1408203
  1   2
Bog'liq
ABDURAHIMJONOVA

FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI

JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI

XOTIN-QIZLAR SPORTI YO`NALISHI

22.50-GURUH TALABASI

ABDURAHIMJONOVA ROHILAXONNING

ANATOMIYA FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL TA`LIMI

MAVZU; OLIY NERV FAOLIYATI VA TIPLARI.

REJA;

1 OLIY NERV FAOLIYATI HAQIDA TUSHUNCHA.

2 BOLALARNING AQLIY VA JISMONIY MEHNATDAN CHARCHASHI.

3. ANALIZATORLAR.

4. OLIY NERV FAOLIYATI TIPLARI.


Miya yarim sharlarini po`stloq qismi bosh miyaning boshqa qismlariga nisbatan yuqori darajada rivojlangan, o`zining tuzilishi va funktsiyasi bilan juda murakkabdir. Miya yarim sharlarining po`stloq qismi hosil bo`lishi bilan funktsiyalar kortikalizatsiyasi boshlanadi, ya`ni barcha funktsional holatlar ustidan eng yuqori kontrol po`stloq orqali olib borila boshlaydi.
POSTLOQ odam psixik faoliyatining materialistik asosidir. Po`stloq faoliyatiga tegishli bo`lgan oliy nerv faoliyati turli metodlar yordamida o`rganilgan. Po`stloq faoliyatini o`rganishda I. P. Pavlov yaratgan shartli reflekslar nazariyasi katta ahamiyatga ega. 1863 yilda I. M. Sechenov bosh miyaning reflektor faoliyati haqida ajoyib fikrlar aytgan. I. P. Pavlovning asosiy xizmatlari shundan iboratki, shartli reflektor metodi yordamida oliy nerv faoliyatining juda murakkab sirlarini o`rganish imkoniyati tug`ildi.
I. P. Pavlovning aniqlashicha markaziy nerv tizimi reflektor faoliyati asosida 3 printsip yotadi. A) Determinizm-har bir holatning o`zgarishini ma`lum sababi bo`ladi, ta`sirot bo`lmasa refleks yuzaga kelmaydi. B) Analiz va sintez printsipiga asosan retseptor yuzadan qabul qilingan ta`sirni miya po`stlog`i mayda bo`lakchalarga bo`lib, analiz qiladi va zurur bo`lganda ularni yana qaytadan tez birlashtiradi. V) Struktura printsipiga muvofiq har bir reflektor faoliyat yarim sharlar po`stlog`ining ma`lum struktura qismi bilan bog`liq.
2. Bolalarning aqliy va jismoniy mehnatdan charchashi.
Bolalarning aqliy mehnatdan charchashi dastavval o`quv yuklamasiga bog`liq. Bola qancha yosh bo`lsa, u shuncha tez charchaydi. Boshlang`ich sinflarda o`tiladigan matematika, rus tili va chet tili darslari bolalarni ayniqsa tez charchatadi. Bolalarning aqliy mehnat qilish qobiliyati va bu mehnat vaqtida charchash charchamasligi o`quv sharoitlariga bog`liq. Ayniqsa bu o`rinda dars jadvalining mohiyati katta. Dars jadvali shunday tuzilishi kerakki, bunda bolalarning yoshiga qarab dars soatlari, tanaffus, katta tanaffus vaqtlari belgilanishi kerak. darslar boshlanganidan keyin birinchi va ikkinchi soatlar davomida o`quvchilarning ish qobiliyati ancha yuqori bo`ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning dars paytida tez charchashiga sabab partada uzoq o`tirish, bunda ayrim gruppa muskullarning davomli statik ish bajarishi dinamik ish bajarishiga nisbatan charchashni tezroq yuzaga keltiradi. 
Bolalarda aqliy mehnatdan charchash-diqqat e`tiborining pasayishi, bezovtalanish va uyqu bosish bilan xarakterlanadi. Maktab yoshigacha bo`lgan bolalarning tez charchab qolmasligini ta`minlash uchun mashg`ulot davomiyligi 15-20 minutdan oshmasligi kerak, bir va ikkinchi sinflarda esa 35 minut, uchinchi sinflardan boshlab 45 minut. Dars oralarida, kuni uzaytirilgan sinflarda dars tayyorlashdan oldin ochiq havoda jismoniy mashq bajarish, sport o`yinlari bilan shug`ullanish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya darslari bolalarda aqliy mehnatdan charchash alomatlari boshlanganida, ya`ni 3-4 darslarda qo`yilishi kerak. 
Bolalarning jismoniy ishdan charchashi ularning jismoniy holatiga, ishni tashkil qilish gigienasiga, yoshiga va boshqa faktlarga bog`liq. Undan tashqari barcha ish qurollari va asbob uskunalarning katta kichikligi bolalarning yoshiga yarasha bo`lishi kerak. Tez charchamaslikni ta`minlashda yana bir muhim narsa turli xil jismoniy ishlarni tez tez almashtirib turishdir.

Download 77.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling