O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Ichki sekretsiya bezlarining umumiy tavsifi
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Ichki sekretsiya bezlarining umumiy tavsifi
Organizmdagi hamma bezlar ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhdagi bezlar o’zlarida hosil bo’lgan moddalarni yo tana a’zolari bo’shlig’iga, yoki tashqi muhitga suyuqlik chiqarish yo’llari orqali ajratib chiqaradi. Bunday bezlar tashqi sekrelsiya (ekzokrin) bezlari deb ataladi (so’lak, me’da-ichak, ter bezlari). Lekin organizmda boshqa turdagi bezlar, ya’ni ikkinchi guruhga mansub bo’lgan bezlar ham mavjud. Ularning suyuqlik chiqarish yo’llari bo’lmaydi va bunday bezlar o’zlarida hosil bo’lgan biologik faol moddalarni gormonlarni bevosita qonga ajratib chiqaradi, qon esa ularni organizmning kerakli turli qismlariga yetkazib beradi. Bunday bezlar ichki sekretsiya (endokrin) bezlari deb ataladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, ichki sekretsiya (endokrin) bezlarning mahsulotlari gormon deyiladi. Gormon so’zi (lot. «hormao» harakatlantirish, qo’zg’atish, uyg’otish so’zlaridan) a’zolar, to’qimalar va hujayralarning o’zaro gumoral (gormonal) bog’lanishida muhim rol o’ynaydi. Bu termin 1905-yilda ingliz fiziologlari Beylis va Starlinglar tomonidan birinchi marta tabiatshunoslik fanlariga kiritilgan edi. Ular o’n ikki barmoqli ichakning shilliq qavatidan ajratib olingan sekretin moddasiga gormon deb nom berishdi. Gormonlar ikki tipdagi endokrin bezlarda ishlab chiqariladi. Birinchi tipdagi bezlarning to’qimasi ikki qismdan iborat bo’lib, bir qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik xuddi tashqi sekretsiya bezlaridagiga o’xshab tashqi muhitga chiqariladi. Ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik esa xuddi ichki sekretsiya bezlaridagi singari organizmning ichki muhitiga, ya’ni qon va limfaga quyiladi Bu bezlar aralash bezlar deb ataladi, ularga me’da osti bezi va jinsiy bezlar kiradi. Ikkinchi tipdagi bezlarga haqiqiy ichki sekretsiya bezlari kiradi. Bular odam turli qismlarida joylashgan bo’lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning faqat ichki muhitiga - qonga quyiladi. Bu bezlarga; gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi. Gormonlar - bu katta molekulali biologik faol moddalar bo’lib, organizmdagi turli oddiy va murakkab jarayonlarida qatnashadi. Gormonlar ferment emas yoki fermentlarni faollantiruvchi modda ham emas, ular hujayrasiz muhitdagi kimyoviy o’zgarishlarga ta’sir etmaydi. Gormonlar faqat hujayralarda yoki ularning tuzilmalarga ro’y beruvchi jarayonlarga ta’sir etadi. Gormonlarni kimyoviy tabiati bo’yicha uch guruhga bo’linishi odat bo’lib qolgan; 1) polipeptidlar va oqsillar; 2) aminokislotalar va ularga yaqin birikmalar; 3) steroidlar. Gormonlar qonda erkin va oqsillar bilan biriktirib harakat qiladi. Ammo gormon bilan oqsil birikmasi hosil bo’lganda, gormon nofaol shakliga o’tadi. A’zo va funksional tizimlarga gormonlarning ta’siri ikki mexanizm orqali amalga oshiriladi: 1) gormonlar o’z ta’sirini bevosita asab tizimi orqali o’tkazadi; 2) qon orqali (gumoral yo’li bilan) a’zolar, to’qima va hujayralarning funksional holatini o’zgartiradi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling