O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Gipotalamo-gipofizar tizimi


Download 1.65 Mb.
bet83/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Gipotalamo-gipofizar tizimi.
lchki sekretsiya bezlari va ular tomonidan ishlab chiqaradigan gormonlar asab tizimi bilan birgalashib umumiy intergatsion boshqarilish mexanizmini hosil qiladi. Markaziy asab tizimining ichki sekretsiya faoliyatiga ta’sir etishi oraliq miyada joylashgan murakkab bir tuzilma -gipotalamus orqali amalga oshadi. Gipotalamus markaziy asab tizimining boshqa bo’limlari bilan afferent va efferent yo’llar orqali bog’langan. Jumladan, ko’pchilik afferent va efferent tolalar orqali gipotalamus orqa miya, uzunchoq miya va o’rta miya, talamus, bazal tugunlar, gippokarp, bosh miya po’stlog’ining ba’zi maydonlari va boshqa tuzilmalar bilan morfologik va fiziologik aloqada ekanligi o’rganib chiqilgan. Bu aloqalar tufayli gipotalamusga organizmning turli qismlaridan axborot kelib turadi: ekstero va interoretseptor (tashqi va ichki retseptor) lardan axborot markaziy asab tizimi va gipotalamus orqali ichki sekretsiya bezlariga yetkazib beradi.
Shunday qilib, gipotalamusning neyrosekretor hujayralari afferent asab impulslarni gumoral omillarga aylantirib beradi. Gipotalamusning rilizin-gormonlari (gipofizotrop gormonlar) gipofiz hujayralari funksiyasiga ta’sir etib, bir qator gormonlarning hosil bo’lishida sabab bo’ladi, qaysiki o’z navbatida periferik endokrin bezlar gormonlarining sintezlanishida va ishlanib chiqarishiga ishtirok etadi. Bu gormonlar organizmning turli to’qima va a’zolariga, ya’ni endokrin «nishona» larga bevosita ta’sir etib ularning faoliyatini o’zgartiradi. Bu murakkab tizimning o’zaro ta’sir yetkazishiga “qaytar bog’lamalar” muhim rol o’ynaydi.
Ichki sekretsiya bezlari funksiyalarining boshqarilishida simpatik va parasimpatik asab tolalarining mediatorlari katta ro`l o’ynaydi, ya’ni ichki bezlar faoliyati ikki mexanizm asab va gumoral mexanizmlari orqali nazorat qilinadi. Biroq, ba’zi endokrin bezlar faoliyali gipofiz gormonlarning ta’sirida bo’lmasligi mumkin. Qator bezlar, masalan, qalqon oldi bezi, me’da osti bezi va hokazolar boshqacha yo’l bilan, ya’ni gormonlar-antagonistlar miqdori hisobidan boshqariladi.
Bundan tashqari, gipotalamusda ishlab chiqadigan gormonlarning bir qismi (antidiuretik gormon-ADG, oksitotsin) bevosita a’zo va to’qimalarga ta’sir etadi, gipofiz gormonlarning boshqa qismi esa endokrin bezlariga ta’sir yetkazmasdan bular ham bevosita o’z ta’sirini to’qima, a’zo va nishonlarga yetkazadi (o’sish gormoni, prolaktin). Shunday qilib, odam organizmi funksiyalarini gormonal boshqarilishi murakkab jarayon ekanligi ko’rinib turibdi.
Evolutsiyaning dastlabki davrlarida neyrosekretor hujayralar paydo bo‘lib, neyrogormonlar deb atalmish gormonlarni ishlanib chiqarishga moslashgan. Bu neyrosekretor hujayralarda haqiqiy neyronlarning hamma alomatlari mujassamlangan: ularda ham akson, dendrit, Nissl tanachalari va neyrofibrillalar bor; neyrosekretor hujayralar ham neyronlar kabi asab impulslarini o’kazish qobiliyatiga ega bo’lib, afferent ta’sirlovchilar va asosiy ichki sekretsiya bezlari o’rtasidagi tuzilma omil sifatida xizmat qiladi. Bu hujayralarning evolutsion rivojlanishi natijasida sut emizuvchi hayvonlarda va odamda gipotalamo-gipofizar tizimi paydo bo’lgan.
Gipotalamo-gipofizar tizimni ikki asosiy qismlarga bo’lish mumkin: 1) gipotalamo-neyrogipofizar tizimi - unda visserotrop neyrogormonlar (vazopressin va oksitosin) sintez bo’ladi; 2) gipotalamo-adenogipofizar tizimi - unda gipofizotrop omillar (liberinlar va statinlar) hosil bo’ladi.
Yaqinda yana bir guruh biologik faol moddalar-neyroregulator peptidlar topilgan bo’lib, ularga enkefalinlar, endorfinlar, neyrotenzin, R moddasi va boshqalar topilgan, qaysiki gipotalamus-gipofiz kompleks uchun qo’shimcha gormonal tizimini tashkil etadi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling