O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet11/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1.1. Fiziologiya fаni dеgаndа nimаni tushunаsiz?
1.2. Nimа uchun fiziоlоgiya, biоlоgiyaning qismlаri hisоblаngаn, аnаtоmiya,
gistоlоgiya, embriоlоgiya vа bоshqа fаnlаr bilаn chаmbаrchаs bоg’lаngаn bo’lаdi?
1.3. Оrgаnlаrning jоylаnishidа fiziologiya fаni nimаni izоhlаb bеrishi mumkin?


2-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: Fiziologiyadа qo’llаnilаdigаn hаr bir o’rgаnish usuligа хаrаktеristikа bеrish, shu usullаrning аfzаlliklаrini vа kаmchiliklаrini izоhlаb bеrishdаn ibоrаt.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri:
2.1. Fiziologiyadа qo’llаnilаdigаn eng qаdimgi usullаrni bilаdi.
2.2. O’tkir va sunjnkali-xronik tajriba usullarini ajrata oladi.
2.3. Fiziologiyadа qo’llаnilаdigаn zamonaviy usullarni tushuntirib bеrа оlаdi.


Ikkinchi sаvоlning bаyоni.
Umumiy fiziologiyaning eng asosiy usuli - eksperiment. (tajriba) hisobtanadi. Fiziolog flziologik jarayonlaming qanday qilib va nima uchun sodir bo’layotganligini bilishga intiladi. Buning uchun eksperimentator yaratadigan va o’zgarib turadigan sharoitda tajriba o’tkazilishi kerak.
Organizmdagi biror a’zoning funksiyasi yoki ahamiyatini bilish uchun fiziolog shu a’zoni yoki uning biror qismini olib tashlaydi (olib tashlash yoki ekstirpatsiya usuli) yoki organizmning yangi joyiga ko’chirib o’tkazadi (ko’chirib o’kazish yoki. transplantatsiya usuli) va bu jarrohlikdan keyin qanday oqibatlar olib kelishini kuzatishadi. Bunday usullar ayniqsa ichki sekretsiya bezlarini va markaziy asab tizimini o’rganishda juda qo’l keladi. A’zo faoliyati asab tizimining ta"siriga bog’liq ekanini bilish uchun shu a’zoga boradigan asab tolalari qirqiladi (denervatsiya usuli), A’zolarning qon tomirlar tizilmasi bilan aloqasini uzish, turli qon tomirlari bog’lab tashlanadi (ligatura solish usuli) yoki bir tomirning markaziy qismi’ ikkinchi tomirning periferik qismiga tikib ulanadi (tomirlar anostomozi usuli). Organizmning ichkarisida joylashgan va shuning uchun bevosita kuzatib bo’lmaydigan ba’zi a’zolar fao1iyatini o’rganish uchun naycha usuli qo’llaniladi, Bu usulning bir variantida a’zo, masalan, me’da, ichak, qovuq bo’shlig’iga plastmassa yoki metall nay kiritilib, buning ikkinchi uchi teriga mahkamlab qo’yiladi; boshqa variantda esa bezlar yo’li teri yuzasiga chiqarib qo’yiladi. Yurak qon tomirlari, bez yo’llarida o’tkaziladigan ko’p tekshirishlarda ularga ingichka naylar-kateterlar turli asboblarga ulanadi yoki (muayyan) suyq moddalar shu kateterlar orqali yuboriladi (kateterizatsiya usuli), A’zolar faoliyatini sun’iy qo’zg’atish uchun fiziologlar elektr, mcxanik, kimyoviy va boshqa biror yo’llar bilan ia’sir ko’rsatishadi,
A’zolarning funksiyalarini tekshirish uchun qo’llaniladigan boyagi usullarning ko’pchiligi lirik organizmni yorish yoki jarrohlik qilishni talab etadi. Bu usullar o’tkir va surunkali-xronik tajribalarda tatbiq etiladi. Odatda uzoq davom etmaydigan o’tkir tajribalarda (yoki viviseksiyalarda) hayvonga narkoz berib yoki uni boshqa usulda harakatsiz qilib qo’yib, a’zolarining funksiyasi o’rganiladi, asablarga ta’sir etish, dori moddalar yuborish va shunga o’xshashlarning ta’siri tekshiriladi. Surunkali-xronik tajribalarda fiziologlar hayvonni har xil xirurgik operatsiya qilib, u tuzalgandan keyin tekshira boshlashadi. Operatsiya qilingan hayvonni ko’pincha bir necha hafta, oy va yillab kuzatilsa bo’ladi.
A’zolar funksiya.si butun organizmdagina cmas, organizmdan ajratilgan sharoitda ham o’rganiladi. Qirqib olingan (boshqacha aytganda, organizmdan ajratib olingan) a’zo tomirlaridan shu maqsadda muayyan eritmalar o’tkaziladi, bu eritmalar tarkibini eksperimentator tartibga solib turadi (perfuziya usuli) va tirik to’qimalar uchun zarur tashqi muhit-muayyan harorat, namlik va shu kabilar muxayyo qilinadi.
Yuqorida "sanab o’tilgan usullaming hammasi organizmda sodir bo’ladigan jarayonlar tabiatini chuqur bilib olishga xizmat qiladi. Ular hujayra darajasigacha, hatto uning a’zolarigacha tahlil qilinadi, mikrofiziologik tajribalarda, masalan, yakka mushak, asab hujayrasi va boshqa hujayralar tekshiriladi. Biror a’zo to’qima yoki hujayrada ro’y beradigan har bir fiziologik jarayonni organizmda sodir bo’ladigan boshqa hamma jarayonlardan alohida o’rganish fiziologiyadagi analitik (tahliliy) tadqiqot vazifasidir. Bu holda yolg’iz a’zo, to’qima, hujayraning funksiyasi, faqat shu jarayon haqida har tomonlama tasavvur olish mumkin. Ammo organizmning hayot faoliyatini to’g’ri bilib olish uchun buning o’zi kamlik qiladi. I.P.Pavlov «Sintetik fiziologiya» deb atagan tadqiqotlar yo’nalishi zarur. Bu faoliyatni I.P.Pavlov ayrim a’zo, to’qima va hujayralarni o’rganadigan “tahliliy fizioligiya” ga qarshi qo’ygan edi. I.P.Pavlov so’zlari bilan aytganda organizmning tashqi muhit bilan hamma aloqalarini va o’zaro munosabatlarini o’rganish sintetik fiziologiyaning vazifasidir. Bunday tekshirishda fiziolog organizm o’rganilayotgan sharoitni tabiiy sharoitga maksimal darajada yaqinlashtirishga intiladi.
So’nggi yillarda fiziologlar va tibbiyot xodimlari fizika, radiotexnika, elektronika va kibernetikaning zamonaviy muvoffaqiyallaridan foydalanmoqdalar, bu esa sog’lom va kasal organizm funksiyalarini o’rganishda katta yordam beradi. Organizm funksiyalarini tekshirishning yangi usullari ishlab chiqildi, eski usullar takommillashtirildi, odam va hayvonlar organizmiga qanday bo’lmasin shikast yetkazmasdan, uning ko’p funksiyalarini o’rganish mumkin bo’lib qoldi. Masalan, miyachaga elektrodlar qo’yib va elektr o’lchash jihozlarini tatbiq etib miyachada sodir bo’ladigan elektr hodisalarini o’rganitmoqda va shu ma’lumotlarga asoslanib boshqa a’zolarning holati haqida tasavvur olinmoqda. Elektr usullari organizmda bo’ladigan mexnik, tovush, harorat va boshqa jarayonlarni o’rganishga ham imkon beradi.
Odam va hayvonlar butun organizmming funksiyalarini tekshirish uchun turli hujayra, a’zo, tuzilmalarda ro’y beruvchi ko’p va turli-tuman fiziologik, fizikaviy va kimyoviy jarayonlarni bir yo’la yozib olish nihoyatda muhimdir. Zamonaviy texnika bunday imkoniyatni muhayyo qilib berdi. Ayni vaqtda ko’p turli jarayonlarni kuzatish natijalarini tez tahlil qilish va bu jarayonlarning qonuniy nisbatlarini aniqlashdek murakkab vazifa kelib chiqdi. So’nggi yillarda fiziologlar fiziologik axborotni tahlil qilish va qayta ishlash uchun kompyuterlarni tatbiq eta boshladi, bu esa hozirdayoq yangi muhim natijalar bermoqda,



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling