O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Markaziy tormozlanish hodisasini


Download 1.63 Mb.
bet50/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Markaziy tormozlanish hodisasini I.M.Sechenov 1862 yilda kashf eigan. Uning asosiy tajribasi quyidagicha edi. Baqa bosh miyasi ko’ruv do’mboqlari sohasidan tilinib, kalla yarim sharlari olih tashlanadi. Shundan so’ng baqaning keyingi oyoqlarini sulfal kisloia eritmasiga botirib, shu oyoqlarni tortib olish refleksining vaqti o’lchanadi (Tyurk usuli). Ko’ruv do’mboqlarining qirqilgan joyiga osh tuzi krislali qo’yilsa, yoki miyaning shu sohasiga kuchsiz elektr toki bilan ta’sir etilsa, refleks vaqti keskin darajada uzayib ketadi. Shu dalillarga asoslanib, I.M.Sechenov baqa bosh miyasining talamus sohasida orqa miya reflekslarini tormozlovchi asab markazlari bor, degan yuksak xulosaga keldi.
Tormozlanish hodisasi markaziy asab tizimidagi barcha bo’limlar faoliyatida muhim rol o’ynashini ingliz olimi Ch.S.Sherrington va rus olimlari N.Ye.Vvedenskiy va A.A.Uxtomskiy hamda amerika olimlari Jordj Ekkls va D.Purpura ko’rsatib berishdi.
Asab markazi juda tez charchashligi bilan asab tolasidan farq qiladi. Ma’lumki, asab tolasi deyarli charchamaydi. Markazga intiluvchi asabning bir qadar uzoq ta’sirlanishi tufayli reflektor jarayon sekin-asta susayadi, keyinchalik esa tamomila to’xtaydi. N.Ye.Vvedenskiy matkazga intiluvchi asabni ta’sirlab, ta’sirot boshlanganidan 10-40 soniya keyin refleks jarayonining susayganligini va tamomila to’xtab qolganligini ko’rgan. Ayni vaqtda u markazga inliluvchi qo’shni asabni ta’sirlab, refleks paydo bo’lishini kuzatgan. Bu kuzatish xuddi markaziy asab tizimining charchashini ko’rsatdi. Markazga intiluvchi asabni ta’sirlab, refleks yo’qotilsa, so’ngra markazdan qochuvchi asab ta’sirlansa, mushak qisqarish bilan javob beradi. Bu tajriba charchashning xuddi markaziy asab tizimida boshlanganligidan guvohlik beradi.
Refleklor jaiayonlari ularni yozaga chiqargan ta’sirot to’xtashi bilan bir vaqtda tamom bo’lmay, orada bir muncha uzun davr o’tadi. Bu hodisa reflektor ta’sirot qoldig’i deb ataladi. Ta’sirot qancha kuchli bo’lib, retseptorlarga qancha uzoq ta’sir etgan bo’lsa, reflektor ta’sirot qoldig’i o’shancha uzun bo’ladi.
Ta’sirot qoldig’ining uzoq davom etishi reflektor markazning berk neyron zanjirlarida asab impulslarining aylanib yurishi (sirkulatsiyasi) ga bog’liq deyishadi. Neyronlar shu tariqa ulanganda birining qo’zg’alishi ikkinchisiga (yoki boshqalariga) o’tadi, aksonlarning tarmoqlari orqali esa yana asab hujayrasiga qaytib keladi va h.k.z. Shunday halqa bog’lanishlar burligi tufayli, sinapslardan biri charchamaguncha yoki tormozlovchi impuls kelib neyronlar faolligi to’xtamaguncha qo’zg’alish asab markazida uzoq aylanib yurishi mumkin.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling