1.1. Fаnnning mаqsаdi: Mazkur ishchi dasturda talabalarga odam va hayvonlar organizmidagi mavjud a'zo va to`qimalarning fiziologiyasini, ya'ni ularda kеchadigan hayotiy jarayonlarning mohiyatini, ularning qay tarzda vujudga kеlishi va boshqarilish qonuniyatlarini tushuntirish maqsad qilib qo`yilgan.
Kursning asosiy maqsadi talabalarga tirik organizmlarning funksiyalarini,unda sodir bo’ladigan jarayonlarni o’rgatadi.Bu fan hujayra,to’qima,a’zo va tuzilmalarning hayotiy faoliyatini yaxlit organizmga xos bo’lgan barcha murakkab va muxim jarayonlarning asosiy mexanizmlarini, ularning funksional aloqadorligini, ichki va tachqi muxit sharoitiga bog’langan holda keng ma’noda o’rganadi.
1.2. Fanning vazifasi: Talabalarga-nеrv sitstеmasi faoliyati va boshqa a'zolar sistеmasidagi fiziologik qonuniyatlarning mohiyatini ochib bеrishdir. Bu kеlajakda organizmda modda va enеrgiya almashinuvi, psihologiyasi, xulq-atvorini boshqarish uslublarini ishlab chiqishda o`ta muhimdir.
Fanni o’rganish jarayonida organizmni ta’minlaydigan moddalar almashinuvi, ovqatlanish, nafas olish, qon aylanish, ayiruv, ichki sekretsiya bezlari, asab tizimi faoliyati kabi vazifalarning mohiyati ochib beriladi.
1.3. Talaba bilimiga qo’yiladigan talablar: Talabalar organizm va organlar tuzilishini, funksiyalarini, morfologiyasini, fanining muhim qisimlarini bilishlari lozim. Bulardan tashqari, ular mikroskopning tuzilishi, mikropreparatlar tayyorlash, ularni mikroskopda ko’rish, rasmini chizish, laboratoriya mashg’ulotlarida belgilangan topshiriqlarni bajara olishlari, qon guruhlarini aniqlay olishlari, arterial qon bosimni o’lchay olishlari, o’quv dasturidagi nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtira olishdan iborat.
1.4. Fanni o’rganishda talabalar anatomiya, gistologiya, sitologiyadan olgan bilimlariga tayanadilar. Fiziologiya pedagogika, psixologiya, yoshga oid fiziologiya, sport fiziologiyasi fanlari bilan chambarchas bog’langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |