O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Fanni o’qitishning konseptual asoslari


Download 1.63 Mb.
bet7/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Fanni o’qitishning konseptual asoslari
Bilim olish jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar: darsni yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogic texnologiyalardan va multimedia qo’llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi. Ta’lim samaradorligini ishlab chiqishning konsepsiyasi aniq belgilanish va unga amal qilishi ijobiy natija beradi. Fanni o’qitishning asosiy konseptual yondashuvlar quyidagilardan iborat.
Fаnni mаqsаdi: Odam va hayvonlar fiziologiyasi kursini o’qitishdan maqsad inson va hayvon organizmning xayot kechirish faoliyati, organizmning bir butunligi, uning tashqi muhit bilan uzviy bog’liqligi, organizm, a’zo-tizimlari fiziologik faoliyati va ularning boshqarilishida asab va gumoral tizimlar roli, boshqarilish mexanizmlari, tashqi muhitga moslashish mexanizmlari haqidagi bilimni amalda qo’llashga erishish ko’zda tutiladi. Organizm faoliyatini xar tomonlama chuqurroq tushunish uchun a’zo va to’qima, hujayra va hujayraviy elementlari tuzilishi va faoliyati haqida bilim berishdan iborat.
Fanni o’qitishning vazifalari. Maqsadni amalgam oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish tavsiya etiladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxasislik faoliyati bilan bog’liq o’qish masalalaridan kelib chiqqan holda yondashishga e’tibor qaratishni amalgam oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi.
Tizimli yondoshuv. Тa’lim texnologiyasi tizimining barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligini bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa qo’shadi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni оchishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko’nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tadbiq etilishiga sharoit yaratadi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. O’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta’limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish . Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishga erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Тa’lim jarayonida “ sub’ekt-sub’ekt ” munosabatlari tarkib topadi.
Мuammoli ta’lim. Тa’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, аmaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni ta’minlaydi. Мuammoli savol, vazifa, topshiriq va vaziyatlar yaratish va ularga yechim topish jarayonida ongli, ijodiy, mustaqil fikrlashga o’rgatiladi.
Ахborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarni qo’llash- hozirgi axborot kommunikatsiya texnologiya vositalari kuchli rivojlangan sharoitda ulardan to’g’ri va samarali foydalanish, axborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash ko’nikmalarini hosil qilinadi. Bu jarayonda kompyuter savodxonligi alohida ahamiyat kasb etadi.
O’qitish metodlari va texnikasi. Ма’ruza (kirish, маvzuga oid viziyallash), мuammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar, loyiha va amaliy ishlash usullari. Interfaol metodlarni mavzu mazmuniga mos holda tanlash va ulardan samarali foydalanishga o’rgatadi.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy vositalari (darslik, ма’ruza маtni, ko’rgazmali qurollar , хаrita va boshqalar) bilan bir qatorda axborot kommunikatsiya texnologiya vositalari keng ko’lamda tadbiq etiladi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling