O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.63 Mb.
|
portal.guldu.uz-ÐDÐM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi
- Beshinchi sаvоl bаyоni.
- Gipolalamus
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
Miyachaning tuzilishi, reflektor va o’tkazuvchan funksiyalari haqida ma’lumot bering. Miyacha shikastlanishi natijasida paydo bo’ladigan kasalliklarni belgilab bering. 5-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga oraliq miya hаqidа mа’lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Oraliq miyaning markaziy asab tizimida joylashgan o’rnini izohlab bera oladi. 1.2. Oraliq miyaning fiziologik xususuyatlarini tushuntirib bera oladi. Beshinchi sаvоl bаyоni. Oraliq miya morfo-fiziologik nuqtai nazardan miya ustunining eng murakkab topgan bir bo’limi hisobtanadi. U embriogenez jarayonida miyaning oldingi pufagidan katta yarim sharlar bilan birga shakllanadi. Oraliq miyaning asosiy tuzilmalari ko’ruv do’mboqlari (thalamus) va do’mboq ostidagi soha - hypothalamus - dan iborat. Talamus katfa yarim shararga boruvchi barcha (hidlov yo’llaridan tashqari) afferent yo’llar darvozasi hisobaianadi. Talamus katta yarim sharlar po’stlog’iga boruvchi yo’lda bamisoli bir darvoza bo’lib, tashqi muhitdan va organizmning ichki muhitidan ta’sirot qabul qiluvchi tuzilma hisoblanadi. Retseptorlaridan ketadigan butun axborot o’sha darvoza orqali o’tadi. Talamusdagi yadrolar shikastlanganda katta yarim sharlar po’stlog’i biron axborotdan mahrum bo’lishi mumkin. Gipolalamus - oraliq miyaning eng qadimiy filogenelik bo’limi hisoblanib, ichki muhit doimiyligini saqlab turadi, vegetativ va somalik tizimlar funksiyasini integratsiya qilib turadi. Hajmi uncha katta bo’lmagan, ammo muhim fiziologik ahamiyatga ega bo’lgan gipotalamus miyaning uchinchi qorinchasi tubida talamusdan pastroq joylashgan. Gipotalamusning tarkibiga organizm uchun eng kerakli tuzilmalar: voronka, kulrang tepa, so’rg’ichsimon va mamillyar tanalar kiradi. Gipotalamusning yuqori chegarasi oxirgi plastinka va ko’ruv asabining kesishmasini tashkil giladi. Yon sohasidan gipotalamus ko’ruv yo’li va ichki kapsula bilan chegaralangan, orqa sohasidan esa o’rta miya bilan chegaradoshdir. Gipotalamusda topogratiyalari turli bo’lgan besh guruh yadrolar mavjud; 1. Preoptik guruhi - oxirgi miya yaqinida joylashgan paraventikular, medial va lateral preoptik yadrolardan tashkil topgan. 2. Oldingi sohasidagi guruhga supraxiazmatik, supraoptik va paraventrikular yadroiar kiradi. Bu yadrolarning neyronlari gipofizning ohigi bo’lagi-neyrogipofizga boradi. 3. O’rta guruhdagi yadrolariga ventromedial va dorsomedial yadrolar kiradi. 4. Tashqi guruh yadrolariga gipoialamusning laieral yadrosi va kulrang tepaning yadrosi kiradi. 5. Orqa sohasidagi guruhga orqa gipotalamik yadro, perifornikal yadro va mamillyar yadrolar kiradi. Gipotalamus ko’pchilik yadrolarining chegaralari aniq emas, shu sababli uni mintaqalar va tumanlarga bo’lish maqsadga muvofiqdir. Masalan, gipotalamus preoptik va oldingi sohasidagi yadrolarning ba’zilarini birlashtirib gipotizotrop bo’limi desak bo’ladi, chunki ular rilizing-gormonlar (liberinlar) va ingibitor omil (statinlar) ishlab chiqarib gipofizning oldingi bo’limi adenogipofiz faoliyatini boshqaradi. O’rta sohasida joylashgan gipoialamusning yadrolari medial gipotalamusni tashkil etadi. Bu bo’lim neyronlarida maxsus retseptorlar mavjud, ular organizm ichki muhitining o’zgarishlariga, qon harorati, plazmaning suv-elektrolit tarkibi, qonda gormonlarining miqdodoriga javob qaytaradi. Shanday qilib, medial gipotalamus asab va gumoral mexanizmlari orqali gipofiz faoliyatini boshqaradi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling