O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Xachir-ot (biya) bilan eshak (nari) duragayi. Xorda (pay, ip)-


Download 7.21 Mb.
bet137/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

Xachir-ot (biya) bilan eshak (nari) duragayi.
Xorda (pay, ip)-xordali hayvonlarning elastik o‘q skeleti. Birlamchi ichak orqa qismining o‘rtasidan bo‘rtib chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. Xorda lansetniklar, to‘garak og‘izlilar, baliqlardan-yaxlitboshlilar, baqrasimonlar va ikki xil nafas oluvchilarda-hayoti davomida saqlanib qoladi.
Chomga (katta qo‘ng‘ir)-qo‘ng‘irsimonlar turkumiga mansub qush turi.
Churrak-o‘rdaklar oilasiga mansub qush turi.
Shajara (daraxt, geneologiya)-odam va hayvonlarning kelib chiqishi, ajdodlari va qon-qarindoshlik aloqalari majmui.
Shaqildoq ilonlar (chinqiroq ilonlar)-zaharli ilonlar oilasi. O‘zbekistonda qalqontumshuq iloni uchraydi, ammo uning shaqildog‘i bo‘lmaydi.
Qiziloyoq-balchiqchilar kenja turkumiga mansub qush turi.
Qo‘lqanotlilar-sutemizuvchilar sinfi turkumi.
Qo‘sh nafas olish-qushlar uchayotganda bir marta olingan havodan ikki marotaba nafas oladi. Uchish vaqtida havo xaltachalarining nasos organi sifatidagi ahamiyati nihoyatda katta. Qanotlar ko‘tarilganda havo xaltachalari kengayadi va havo katta kuch bilan avval o‘pkaga, keyin o‘pka orqali havo xaltachalariga o‘tadi. Qanotlar tushirilganda havo xaltachalari siqiladi va o‘pkaga yana toza havo kiradi. Havo xaltachalarida gazlar almashinmaydi. Bu holat qo‘sh nafas olish deb ataladi.
Evolyutsiya-tirik organizmlarning tarixiy o‘zgarishi. «Evolyutsiya» termini filogenez terminining sinonimi sifatida ham qo‘llaniladi.
Ekologiya-organizmlarning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatini o‘rganuvchi fan.
Elektr organlar-baliqlarning elektr razryad hosil qiluvchi juft organlari.
Embriologiya-embrion (murtak, pusht ning hosil bo‘lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan tarmog‘i. Odam va hayvonlar embriologiyasi hamda o‘simliklar embriologiyasi farqlanadi.
Embrion (murtak, pusht)-dastlabki taraqqiyot bosqichidagi hayvon organizmi.

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling