1.3. Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi.
Zoologiya biologik fanlardan sitologiya, gistologiya, embriologiya, biokimyo, fiziologiya, biofizika, ekologiya, tabiiy fanlardan matematika, fizika va kimyo fanlari bilan chambarchas bog’liq.
Tabiiy fanlardai matematika, fizika va kimyodagi bir qator qonuniyatlarga tayanadi.
1.4. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni. Umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi va ko’payishi, rivojlanishi hamda yashash muhiti bilan munosabatlarini, shuning bilan birga hayvonlarning o’zaro munosabatlarini bilish asosida hayvonat olami xilma-xilligini saqlash va keyingi avlodga qoldirish, foydali turlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, zararli turlarini sonini cheklash muhim ahamiyatga ega.
1.5. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.
Talabalarning zoologiya fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar, preparat va jadvallar, kompyuter texnologiyasidan, Internet ma’lumotlaridan hamda test savollari to’plamidan foydalaniladi. Fanning o’qitish turlari dasturda ko’rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar shaklida olib boriladi. Shuningdek atroflicha bilim olishni ta’minlash maqsadida talabalarga mustaqil ish mavzulari ham beriladi. Fanni zamonaviy pedagogik texnologiyalar – «Klaster», «Bumerang», «Debash» va boshqalar tarzida o’tish ko’zda tutilgan. Ma’lumotlar ko’rgazmali o’quv qurollari, kodoskop, multimedia, mikroskop, total va kesmali preparatlar yordamida olib boriladi.
Zoologiya fani tarixan shakllangan 2 qism - umurtqasizlar va umurtqalilar zoologiyasidan iborat.
2. O’quv materiallari mazmuni
2.1. Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni:
Do'stlaringiz bilan baham: |