1-mavzu. Sitologiya faniga kirish. Reja: Sitalogiya fanining mazmun –mohiyati. Hujayra nazariyasining yaratilishi


Download 263.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.09.2023
Hajmi263.93 Kb.
#1682673
  1   2
Bog'liq
1.Maruza



1-mavzu. Sitologiya faniga kirish. 
Reja: 
1. Sitalogiya fanining mazmun –mohiyati. 
2. Hujayra nazariyasining yaratilishi. 
3. Sitalogiya fanining yaratilish tarixi. 
Sitologiya fanining mazmuni.Sitologiya-tirik materiya tuzilishining 
elementar birligi bo‘lgan hujayralarning kelib chiqishi, ishlashi va qayta tiklanishi
haqidagi fandir. U hujayralarning strukturasi, protoplazmaning nozik tuzilishi, 
undagi hayotiy jarayonlarning sodir bo‘lishi, muhit sharoitlariga moslashuvi va 
ko‘pgina boshqa jarayonlarni o‘rgatadi. Biologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi 
fanlarning tobora ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Bu narsa tirik materiya 
tuzilishining hujayra darajasi haqidagi fanning taraqqiyotida yaqqol ko‘rinadi.
Sitologiya nisbatan yosh fan, uning boshqa biologik fanlardan ajralib mustaqil fan 
bo‘lganiga 100-120 yil bo‘ldi. Ilk bor hujayralarning tuzilishi haqidagi
ma’lumotlar Karnuaning 1884 yilda bosilib chiqqan “Hujayra biologiyasi” kitobida 
jamlandi. Sitologik tekshirishlarning ob’ektlari ko‘p hujayrali organizmlarning 
hujayralari, bakterial hujayralar, sodda hayvon- hujayralardir. Hujayra biologik 
faollikning asosiy birligi bo‘lib, u muhitda o‘zini-o‘zi hosil qilish xususiyatiga 
ega. Unda hayotiy xususiyatlarning barcha xossalari jamlangan, sharoit yaxshi 
bo‘lganda ularni o‘zida saqlashi va avlodlarga o‘tkazishi mumkin. Hujayra 
planetamiz tabiatida elementar, funksional va genetik birlik rolini o‘ynab, barcha 
organizmlar hayot faoliyatining asosini tashkil qiladi. Tabiatda hujayraviy 
shakllarning prokariot va eukariot xillari mavjud. Prokariot hujayralar juda ham 
mayda, 300-500 nm diametrga ega. Ularning morfologik ajralib turadigan yadrosi 
yo‘q. Bunday hajayralarda membranali sistemalar, hujayra markrzi bo‘lmaydi. 
Genetik apparat xalqali xromosomadan iborat, u asosli oqsil-gistonlarni tutmaydi. 
Ular uchun hujayraichi harakati va amyoboid harakatlanish xarakterli emas. Bunday 
hujayralar mitoz yo‘li bilan bo‘linmaydilar. Bu tip hujayralarga bakteriyalar va ko‘k 
–yashil suv o‘tlari kiradi. Eukariotik hujayraviy tuzilish ikki xil bo‘ladi. Ulardan 


birinchisi, bitta hujayradan tashkil topadi va fiziologik jihatidan to‘liq qimmatli
individ hisoblanadi. Shu munosabat bilan ularda organlar vazifasini bajaradigan 
mayda tuzilmalar bo‘ladi, malalan, sitostom, sitofarinks, qisqaruvchi vakuolalar
generativ va vegetativ yadrolar (infuzoriyalarda). Eukariot hujayralar ichidagi 
strukturalarning yuqori darajada tashkillanishi kompartmentalizatsiya yo‘li bilan 
amalga oshadi. Kompartmentalizatsiya hujayra ichidagi strukturalarning kimyoviy 
tuzilishi bilan farqlanadigan qismlarga ajratadi hamda hujayrada modda yoki 
jarayonlarni bo‘shliqda tarqalishini ta’minlaydi. Alohida kompartment organella
(lizosoma) yoki uning qismi (mitoxondriyaning ichki membranasidan hosil bo‘lgan 
bo‘shliqlar)dir. Kompartmentlarning shakllanishida biologik membrana muhim 
rolni egallaydi. Eukariot hujayralarda kompartmentalizatsiya tufayli barcha 
strukturalar o‘rtasida vazifalar taqsimoti amalga oshadi. Shu bilan birga turli 
organellalar birbirlari bilan muayyan aloqada bo‘ladi. Bakteriya hamda sodda 
hayvonlarda “hujayra” va “organizm” tushunchalari bir-biriga mos keladi; bunda
biz mustaqil hayot kechira oladigan hujayra – organizmlar to‘g‘risida gapirishga
haqlimiz. Bir hujayrali organizmlar olamida turli yashash muhitiga moslashgan
juda murakkab shuningdek, ancha sodda tuzilgan, geterotrof va autotrof, erkin va 
parazit, suvda hamda quruqlikda yashovchi formalarni uchratamiz. Ikkinchi xil 
tashkillanish ko‘p hujayrali organizmlar (o‘simlik va hayvon) hujayralaridir. Ular 
to‘qimalarning muvofiqlashtiruvchi ta’siriga bo‘ysungan holda tashkillanadi va 
vazifa bajaradi. Tirik tabiat taraqqiyotida ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi 
ularning hujayralari o‘rtasida funksiyalarning taqsimlanishi hisobiga moslanish 
uchun yangi imkoniyatlarni paydo qildi. Funksional mutaxassislashish natijasida 
juda ko‘p xil to‘qima hujayralari vujudga keldi. Masalan, sutemizuvchilar tanasida 
diametri 6-8 mk keladigan va shaklini doimo o‘zgartirib turadigan kichik 
limfotsitlar bilan birga uzunligi,hattoki 1 metr va undan ham ortiq o‘simtalarga ega 
bo‘lgan nerv hujayralari bo‘ladi.Hujayraning tashkil bo‘lishidagi filogenetik 
jarayonlar asta-sekin murakkablashishning uzoq yo‘lini bosib o‘tdi. Hozirgi vaqtda 
juda ko‘p bakteriya va ko‘k-yashil suv o‘tlarining orasida tipik yadro va 
umumhujayraviy organoidlar kompleksiga ega bo‘lmagan turlari uchraydi. Ammo, 


bularda ham yadroning asosini tashkil etuvchi DNKning oqsil bilan birikmasi 
bo‘ladi. Bu esa, yadrositoplazma tizimlari shakllanishining ba’zi oraliq bosqichlarini 
progressiv rivojlanishiga olib keldi. Bakteriya va ko‘k-yashil suv o‘tlarida 
shakllangan yadro bo‘lmasada, ularni sitologiyada o‘rganilishi zarur. Viruslarga 
kelsak, ularni sitologiyaning ob’ektlari qatoriga kiritishga asos yo‘q. Chunki 
viruslarning strukturalari bilan hujayralarning tuzilishi o‘rtasida umumiylik yo‘q. 
Ularda hujayra hayot faoliyatining biokimyoviy asosini tashkil qiluvchi fermentlar 
bo‘lmaydi, shuning uchun o‘zlarining modda almashuviga ega emas. Viruslarning 
o‘sishi va ko‘payishi faqat ular kiradigan hujayralarning fermentativ sistemasi 
faoliyati hisobiga amalga oshadi. Viruslar ham hujayralar kabi ikki asosiy 
komponentlardan – nuklein kislota va oqsillardan tashkil topsa ham ularni materiya 
uyushmasining hujayraviy shakli deb bo‘lmaydi. 
Hujayrani, organizmda sodir bo‘ladigan asosiy biokimyoviy reaksiyalarning 
markazi, irsiyatni tashuvchi materialning asosi sifatidagi ahamiyati sitologiyani 
muhim umumbiologik sohaga aylantirdi. Hujayra, barcha tirik sistemalar kabi 
biologik evolyutsiya natijasida kelib chiqqan, taraqqiy etayotgan, o‘zining bir
butunligini ushlab turuvchi va qayta tiklovchi, tashqi muhitdan kelgan energiya va 
moddalar hisobiga ko‘paya oladigan sistema hisoblanadi. Bundan ko‘rinadiki, 
hujayrani o‘rganishda uchta asosiy muammo volyutsiya, avtoregulyatsiya va 
avtoreproduksiyalarni hal qilishni ko‘zda tutish kerak. Biologiyaning har qanday 
bo‘limi tirik ob’ektlarning faqat ma’lum bir aspektdamorfologik, fiziologik, 
biokimyoviy, genetik va boshqalarda o‘rgansa, sitologiya o‘z ob’ekti- hujayrani har 
tamonlama o‘rganadi. Hujayra barcha yashayotgan organizmlarning struktura, 
funksional va genetik asosi bo‘lgani uchun hamma biologik fanlar sistemasining 
markazida turadi. Sitologiya tirik tabiat haqidagi fanning “Og‘ir industriyasi”dir.
Sitologiyaning metodlari va ma’lumotlaridan foydalanmasdan havfli o‘sma, 
yaralarni bitib ketishi, nurdan zararlanish mexanizmlari, dorivor va zaharli 
moddalarning ta’siri, immunitet, gibridlashda pushtsizlik va boshqa amaliy jihatdan 
muhim muammolarni hal qilish mumkin emas.



Download 263.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling