O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxs us


Download 448.5 Kb.
bet3/8
Sana11.05.2023
Hajmi448.5 Kb.
#1450436
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AMALIY OPTIKA FANIDAN ZONALI PLASTINKALARNI O`RGANISH

(1,2) - sirpanish burchagi ostida kristallga tushmoqda va 1, 2 ikkilamchi to'lqin sifatida tarqalmoqda va interferensiyalanmoqda

Intensivlik maksimumlari - difraksion maksimumlar


2d sin Ө = m (m=l,2,3, ...)
da kuzatiladi. Bu ifodadan foydalanib, kristallarning atom tekisliklari orasidagi masofa (d) ni aniqlash mumkin (rentgenostrukturaviy taqlil). Bu usul elektronlar va neytronlardan foydalanib amalga oshirilishi mumkin (eletronografiya, neytronografiya). d va m ni bo'lgan holda yorug’lik to'lqin uzunligini aniqlash mumkin [3].
Golografiya grekcha "holo" "to'liq", "grafic", "yozaman" so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, u buyumlarning tashqi ko'rinishini "yozib olish" ning maxsus usul ini anglatadi. Bu usul 1947 yilda D.Gabor tomonidan kashf qilingan. Golografiyaning mohiyati buyumdan kelayotgan nurlanishning to'lqin frontini fotoplastinkaga qayd qilish (yozib olish), so'ng buyuinning tasvirini vujudga keltirish maqsadida bu frontni tiklashdan iborat.
Fotografiyada yoritilgan ob'ektning ayrim nuqtalaridan qaytgan nurlar fotoplastinka yoki fotoplyonka tekisligining ayrim nuqtalariga ob'yektiv yordamida fokuslanadi. Bunda buyum barcha qismlarining lasvirlari ravshan bo'lavcrmaydi. Fotoapparat biror tekislikka ravshan qilib moslangan bo'lsa, buyumlarning shu tekislikda yotuvchi nuqtalarining tasvirlari ravshan bo'lib chiqadi. Buyumning bu tekislikdan beriroqdagi yoki nariroqdagi qismlarining tasvirlari csa unchalik aniq bo'lmaydi. Masalan, bino oldida turgan odamning fotografik tasvirida odam gavdasi berlcitib turgan bino qismini fotografiyaga turlicha vaziyatlardan qaragan bilan bari bir ko'rib bo'lmaydi. Bundan tashqari, binoni odamdan qanchalik uzoqda joylashganligi ham aniqlab bo'lmaydi. Bino va odamning tasvirlari bitta tekislikda ko'rinadi.
Fotoplastinkada buyumning ayrim nuqtalaridan qaytgan nurlaming nisbiy intensivliklari qayd qilinadi. Bu nurlar fazalari orasidagi munosabatni fotoplastinkaning qorayishiga qech ta'siri yo'q. Vaholanki, fazalar orasidagi munosabat buyumning ayrim nuqtalarini fotoplastinkadan uzoqliklariga bog’liqdir.
Demak, buyumdan qaytgan nurlaming faqat amplitudalarinigina emas, balki fazalarini ham fotoplstinkada qayd qilish usulini topish lozim. Bu usul golografiyadir. Golografiya to'lqin optilcasining asos.iy qonunlari - inienfercnsiya va difraksiya qonunlaridan foydalanish asosida vujudga keldi.

1.5-rasm. Kogerent yorug’lik dastasi

Kogerent yorug’lik dastasi ikkiga ajratilib, uning bir qismi buyum (B) dan qaytib fotoplastinka (G) ga tushadi. Bu to'lqinni signal to'lqin yoki buyum to'lqin deyiladi. Ikkinchi qismi esa qaytargich pJastinka (K) dan qaytib fotoplastinkaga tushadi. Uni tayanch to'lqin deyiladi. Bu ikki guruh kogereni to'lqinlar fotoplastinkada qo'shilib intenferension manzara hosil qiladi. Fotoplastinkaga ishlov berilgandan so'ng oshkor bo'ladigan bu interferension manzara gologramma deyiladi. Gologrammada buyumdan qaytgan to'lqinlarda, ya'ni buyum to'lqinlarining amplituda qamda fazalari to’g’risidagi axborotlar qayd qilingan. haqiqatan, buyum va tayanch to'lqinlarning fazalari bir xil bo'lsa. bu to'lqinlarning amplitudalari qo'shiladi. Shuning uchun pozitiv gologrammaning bunday nuqtalari shaffofroq (negativ gologrammada esa xiraroq) bo'ladi. Buyum va tayanch to'lqinlar fazalari mos bo'lmagan tarzda yetib kelgan gologrammada nuqtalar esa qorong’iroq bo'ladi.


Tasvirni tiki ash uchun gologramma avvalgi holatiga joylashtiriladi va uni "tayanch" bilan yoritiladi. Natijada interferension strukturadagi difrakslxa tufayli buyum to'lqinning nusxasi tiklanadi [4].



  1. Puasson dog’i

Yorug‘lik to‘lqin prosess ekan, yorug‘lik interferensiyasidan tashqari, yorug‘lik difraksiyasi ham bo‘lishi kerak. Difraksiya, ya’ni to‘lqinlarning to‘siqlami aylanib o‘tishi har qanday to‘lqinning harakatiga xos. Gap shundaki yorug‘lik to‘lqinlari o‘lchamlari yorug‘lik to‘lqinining uzunligiga yaqin bo’lgan to‘siqlarinigina sezilarli darajada aylanib utadi. Yorug’lik to‘lqinining uzunligi esa juda kichikdir. Ma’lumki bir jinsli muhitda yorug’lik to‘g‘ri chiziq bo‘yiab tarqaladi, ya’ni yorug‘lik to'lqin fronti formasida hech qanday o‘zgarish roy bermaydi.Agar moddada sindirish ko‘rsatkichi keskin o‘zgaruvchi to‘siqlar bo‘lib, bu to‘siqlar oichami qancha kichik bo‘lsa, to'lqin frontining formasi shuncha keskin o‘zgaradi. Bu vaqtda yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishi qonunidan chetlanish ro‘y beradi. Bunday chetlanishlar to‘plamiga yorug’likning difraksiysi deyiladi.


Boshqacha aytganda yorug‘likning difraksiyasi deb, yorug‘likning bir jisnli bo‘lmagan muhitda tarqalishi natijasida, geometrik optikaning qaytish. sinish qonunlaridan chetlanish tufayli kuzatiladigan barcha hodisalar to‘plamiga aytiladi. Yaqqol difraksion manzaralami yorug‘likning noshaffof to‘siq yaqinida tarqalganida kuzatish mumkin. Butun to‘lqin fronti bo‘ylab amplituda va fazalar o‘zgarishi bir xil bo‘lmagan barcha holatlarda difraksiya hodisasi kuzatiladi. Masalan,noshaffof ekran olib, ekranning markazida o‘lchami kichik bo‘lgan dumaloq D tirqishga nuqtaviy yorug’lik S manbaidan nur tashlasak, orqadagi E ekranda yorug’ va qorong’i konsentrik halqalardan iborat difraksion manzarani kuzatish mumkin.



Tirqishning diametri D qancha kichik bo‘lsa difraksion manzara shuncha yaqqolrok kuzatiladi, ya’ni tirqish diametriga bog‘liq. Umuman difraksiya ikki turga bo‘linadi: Frenel va Fraungofer difraksiyalari. To’lqin fronti sferik bo’lgan yorug‘lik nurlari difraksiyasi-Frenel difraksiyasi, to‘lqin fronti yassi (parallel) bo‘lgan nurlar difraksiyasi Fraungafer difraksiyasi deyiladi. Yorug’likning difraksiyasi Gyuygens-Frenel prinsipi asosida tushuntiriladi [5].


  1. Download 448.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling