O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxs us
Download 448.5 Kb.
|
AMALIY OPTIKA FANIDAN ZONALI PLASTINKALARNI O`RGANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakka tirqishdan fraungofer difraksiyasi
Fraungofer difraksiyasi
Yuqoricia ta’kidlab o‘tganimizdek, to‘lqin sirti yassi bo’lgan nurlar difraksiyasiga ya’ni parallel nurlar difraksiyasiga Fraungofer difraksiyasi deyiladi. (1822 y.). U Frenel difraksiyasidan printsipal jihatdan farq qilmaydi. Amalda optik asboblardagi difraksiyadan (difraksion panjaralar asosan. parallel nurlar difraksiyasidan) iborat. Linza fokusida joylashgan no‘qtaviy S-manbadan chikuvchi yorug’lik nurlari L-linzadan o‘tib parallel nurlar dastasiga aylanadi va MM' tirqishli ekranga tushib turli burchaklar 1, 1, 3 , ... ostida difraksiyalanadi. L linza yordamida bu difraksiyalangan nurlar E ekranda difraksion manzarani hosil qiladi. Umuman tirqish deb kengligi kichik (0.01-0.02 mm) va cheksiz uzun (bir necha mm) bo`lgan to`g`ri burchakli teshikka aytiladi [7]. Yakka tirqishdan fraungofer difraksiyasi Yassi monoxromatik yorug`lik to`lqini b kenglikdagi tirqishga tushib L linza fokal tekisligidagi E ekranda difraksion manzarani bersin. Istalgan V nuqtaga yetib keluvchi yangi to`lqin manbai bo`ladi, qo`shni zonalardan keluvchi to`lqin fazalari farqi doimiy va amplitudalari teng, chunki zonalar teng yuzaga ega va kuzatish yo`nalishiga nisbatan bir xil burchak tashkil etadi. V nuqtadagi difraksiyalangan nurlar intensivligini hisoblash mumkin. 3-rasm. Yakka tirqishdan fraungofer difraksiyasi Analitik usul bu usul b tirqishga tushuvchi to`lqin sirtini dx kenglikdagi elementar zonalarga ajratiladi. burchak ostida difraksiyalanayotgan nurlar yo`nalishida maksimum yoki minimum kuzatilishin hisoblash uchun shu nurlar yo`nalishiga perpendikulyar bo`lgan AD tekislik o`tkaziladi. Shu tekislikdagi elementar zonalardan keluvchi fazalar farqi V nuqtadan intensivlikni aniqlaydi, linza fazalar farqiga ta’sir qilmaydi. U vaqtda E tekislikdagi nuqtalardagi yorug`lik to`lqinlarining g`alayonlanishi quyidagiga teng bo`ladi: Bu yerda to`lqinlar soni. B - nuqtadagi natijaviy g`alayonlanishni topish uchun b tirqish eni kengligidagi butun kichik elementar g`alayonlanishlar yig`indisini olish kerak, ya’ni (3.12) ni integrallash kerak: Bu ifodadagi B - nuqtadagiamplitudani beradi. Agar = 0 bo`lsa, bo`lganligi uchun (3.3)dan E E0 bo`ladi. Birinchi minimum shartini qanoatlantiruvchi burchak hosil bo`ladi. I(maksimumlar intensivligi markaziy maksimum I intensivligiga nisbatan ancha kichikdir. Agar I0I deb olib ikkilamchi maksimumlar intensivligini I1, I2, I3….deb olsak ular o`zaro quyidagi nisbatda bo`ladi. I0: I1: I2: I3:=1:0,45:0,016:0,008 Maksimum va minimumlar holati to`lqin uzunligi ga bog`liq. Shuning uchun bu keltirilgan mulohazalar monoxramatik rangdagi to`lqin uzunliklari uchun o`rinlidir. Agar tushuvchi yorug`lik oq bo`lsa, u holda difraksion manzara markazida oq, atrofi esa rangli bo`ladi. (binafsha rang markazga yaqin, qizil rang uzoqda joylashadi)[9]. Download 448.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling