O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan 5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish»
-bob. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot
Download 0.51 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning me’yoriy asoslari
5-bob. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot5.1. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning mazmuni va ahamiyatiIqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini to’g’ri va optimal boshqarish birmuncha murakkab jarayondir. Jumladan, korxonaning pul mablag’lari va pulga tenglashtirilgan qimmatliklari oqimini ratsional boshqarish korxonalar faoliyatining davomiyligini hamda uzluksizligini ta’minlaydi. Ya’ni pul mablag’lari hisobini to’g’ri tashkil etish hamda ularni doimiy ravishda tahlil qilib turish korxona faoliyatining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiradi. So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini rivojlanishining xarakterli tomonlaridan biri unda moliyaviy bozorni va uning barcha jabhalarining tez sur’atlar bilan rivojlanayotganligi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida boshqaruv su’yektlariga faqat axborotga ega bo’lishning o’zi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, to’g’ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo’ladi. Korxonalar xo’jalik faoliyatini samarali boshqarishda foydalaniladigan axborotlar manbalariga pul mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotlar ham kiradi. Respublikamiz amaliyotida xo’jalik su’yektlarining pul mablag’lari harakatini aks ettiruvchi moliyaviy hisobot shakli sobiq ittifoq davrida ham, mustaqillikning dastlabki yillarida ham mavjud bo’lmagan. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-sonli buyrug’i bilan ilk marotaba respublikamiz amaliyotida «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot shakli amal qila boshladi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot-korxona faoliyatining muayyan hisobot davridagi pul mablag’larining holatiga va joriy davrda pul mablag’larining o’zgarishini tavsiflovchi ma’lumotlar olish imkonini beradi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot shakli korxonani samarali boshqarish uchun zarur axborotlarni berish bilan birgalikda tashqi foydalanuchilar uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni ham shakllantiradi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari investorlar va kreditorlar uchun quyidagi masalalarning yechimini topish uchun nasos bo’ladi: kelib tushgan va sarflangan pul mablag’larining tuzilmasi; pul mablag’larining kelib tushishi va sarflanishi summasi; kelib tushgan va sarflangan pul mablag’lari nisbat koeffitsiyenti (pul mablag’lari oqimi koeffitsiyenti). «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot boshqa hisobot shakllari bilan birgalikda korxonaning eng likvid aktivlaridagi o’zgarishlarni, uning moliyaviy tuzilmasini (jumladan, likvidlik va to’lovga layoqatliligini), korxonalarning qiyoslama baholash maqsadida kelgusi pul oqimlarining joriy qiymatini modellashtirish imkonini beradigan doimiy ravishda o’zgaruvchi tashqi va ichki omillar sharoitida pul oqimlari harakatini tartibga solish layoqatini baholash va tushunishga xizmat qiluvchi axborot taqdim etilishini ta’minlaydi. Хalqaro buxgalterlar assotsiatsiyasi (FASV kengashi) taqdimotiga ko’ra, "Pul mablag’larining harakati to’g’risida"gi hisobotning asosiy maqsadi qilib kompaniyaning barcha investorlari va kreditorlarini pul mablag’lari harakati to’g’risidagi ma’lumotlar bilan yetarli darajada ta’minlash. Хorijlik olimlar B.Nidlz va Х.Andersonlarning fikriga ko’ra, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishning asosiy maqsadiga quyidagicha tavsif beriladi: «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning asosiy maqsadi bo’lib, hisobot davrida korxonaning pul va pul mablag’larini kirimi va chiqimi to’g’risidagi ma’lumotlarni batafsil aks ettirish" hisoblanadi. 5.2. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning me’yoriy asoslari«Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobotni tuzish va taqdim etish shakli O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» deb nomlanuvchi 9-sonli O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy Standarti (BHMA) asosida olib boriladi. O’zbekiston Respublikasining 9-sonli BHMA ning 3-bandida shunday deyiladi: «Хo’jalik yurituvchi su’yekt ushbu standart talablariga muvofiq ravishda pul oqimi to’g’risidagi hisobot tayyorlaydi va uni har bir hisobot davri uchun tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida taqdim etadi». Ammo hozir amaliyotda qo’llanilayotgan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1997-yil 15-yanvardagi 5-sonli buyrug’i orqali tasdiqlangan «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot shakli, shuningdek 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug’i orqali tasdiqlangan hisobot shakli ham O’zbekiston Respublikasi «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» deb nomlangan 9-sonli BHMAning 2, 4, 14, 15, 26, 27, 28 bandlarida bildirilgan fikrlar bir-biriga mos tushmaydi. Ya’ni 9-sonli BHMAda hisobot 3 ta qismga operatsiya, investitsiya va moliyaviy faoliyatga bo’linishi ko’rsatilgani holda amaldagi hisobotda xo’jalik faoliyati, investitsiya foydasi va moliyaviy xizmat ko’rsatish faoliyati (1997 yilda tasdiqlangan hisobotda mavjud bo’lgan), soliqqa tortish, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyatga bo’lingan. Bundan ko’rinadiki, «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot Milliy standart talablariga, jumladan, Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari talabiga ham javob bermaydi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalarni tasdiqlash to’g’risida»gi 140-son buyrug’iga binoan bugungi kunda amalda bo’lgan “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” shaklida hisobot shaklida xo’jalik su’yektlarining to’rt xil faoliyatidan bo’lgan pul oqimlarining tasnifi berilgan. Ya’ni, operatsion faoliyat, investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish faoliyati. Biroq, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, respublikamizda amalda bo’lgan "Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot"da hisobot davri davomidagi pul oqimlari quyidagi tartibda aks ettirilishi va ular quyidagi shakllarga tasniflanishini lozim deb hisoblaymiz: operatsion faoliyat; investitsion faoliyati; moliyaviy faoliyat. Korxonalar amaliyotida pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishda ayrim xatoliklarga yo’l qo’yilmoqda va uning ko’rsatkichlariga alohida e’tibor berilayotganligi yo’q. Buning asosiy sabablaridan biri hisobot shaklini mukammal darajada shakllanmaganligi bilan ham bog’liqdir. «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot (4-shakl) shaklini takomillashtirish yuzasidan rivojlangan mamlakatlarda qo’llanilayotgan «Pul mablag’lari harakati to’g’risida»gi hisobot shaklining tasniflanishi bilan respublikamizda amal qilib kelayotgan «Pul oqimi to’g’risida»gi hisobot shaklining tasniflanishi o’rtasida ma’lum farqlanishlar mavjud. Bunday farqlanishlardan biri respublikamizda qo’llanilayotgan hisobot shaklida «Soliqqa tortish»lar alohida bo’linma sifatida tasniflangan. Vaholanki, rivojlangan mamlakatlarda amal qilinayotgan hisobotda «Soliqqa tortish»lar birinchi bo’linmada, ya’ni xo’jalik faoliyatida pul mablag’larining harakati deb nomlangan bo’linmada aks ettirilgan. Bizning fikrimizcha ham to’langan soliqlar xo’jalik faoliyatida pul mablag’larining harakati deb nomlangan bo’linmada aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki soliqlanishlar iqtisodiy mazmuniga ko’ra ham xo’jalik faoliyatida aks ettirilishi lozimdir. O’zbekiston Respublikasining «Valutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonunida ta’kidlanishicha, O’zbekiston Respublikasi hududida chet el valutasini sotib olish va sotish bo’yicha operatsiyalar milliy valutaning chet el valutasiga nisbatan chet el valutasiga bo’lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo’yicha amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2004-yil 23-martdagi 51-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan "Chet el valutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi" deb nomlangan 22-son BHMAning 6-bandida esa chet el valutasidagi operatsiyalarga quyidagicha tushuncha berilgan: "Chet el valutasidagi operatsiyalar bo’lib, xo’jalik yurituvchi su’yekt: a) mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaxiralar va boshqa aktivlarni) chet el valutasida xarid qiladigan yoki sotadigan; b) to’lanadigan yoki olinadigan summalari chet el valutasida belgilanadigan kredit yoki qarz oladigan yoxud taqdim etadigan; v) zimmasiga chet el valutasida majburiyat oladigan yoki uni so’ndiradigan hollarda chet el valutasida sodir etiladigan bitimlar hisoblanadi". Bundan ko’rinadiki chet el valutasidagi operatsiyalarga turli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda turlicha ta’rif berilgan. Garchi keltirilgan ta’riflar bir-biriga yaqin bo’lsada, ular ma’lum darajada mazmunan farqlanadi. Valuta operatsiyalariga doir qonun hamda qonun osti hujjatlaridagi atama va tushunchalarning bir-biriga mosligini ta’minlash lozim bo’ladi. Chunki ular bevosita pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlariga ta’sir qiladi. Shunday qilib, hozir mamlakatimizda korxonalari faoliyatida amal qilayotgan «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»ining me’yoriy asoslarini takomillashtirish talab qilinadi. Shu bilan birgalikda ushbu hisobotni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar o’rtasidagi o’zaro ziddiyatli bandlarni tuzatish talab qilinadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling