O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan 5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish»


Pul oqimlari harakatini to’g’ri va egri usullarda aniqlash uslubiyoti


Download 0.51 Mb.
bet24/43
Sana06.12.2020
Hajmi0.51 Mb.
#161153
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi-fayllar.org

5.5. Pul oqimlari harakatini to’g’ri va egri usullarda aniqlash uslubiyoti

1. Operatsion faoliyatdan pul oqimlari harakatini to’g’ri usulda aniqlash.

Sotishdan pul mablag’larining kelishi. Sotishdan kelgan pul mablag’larining tushumi quyidagi formula bilan aks ettirilishi mumkin.

Sotishdan pul mablag’larining tushumi



= Sotishdan tushum


+ Olinadigan schyotlarning kamayishi yoki ko’payishi


2. Berilgan kreditlar uchun foiz va dividentlar ko’rinishidagi pul mablag’larining tushumi. BХХS foizlar va dividentlarning bir mazmundagi tasnifini bermaydi, ularni olingan va to’langanlarga ajratish zaruriyatini ta’kidlaydi. Amaliyotda ko’pincha olingan foizlar va dividentlarni investitsion faoliyatga, to’langan foizlar va dividentlarni esa moliyaviy faoliyatiga olib boradilar, garchan to’langan foizlar operatsion faoliyatga olib borilsa ham.

3. Olingan tovar yoki xizmat uchun pul mablag’larining to’lanishi. Olingan tovarlar uchun yoki xizmatlar uchun to’langan pul mablag’larining hajmi quyidagi formula bilan aniqlanadi:


Olingan tovar uchun pullik to’lovlar



= Sotilgan tovarlarning tannarxi


+/- Тovar zaxiralarining ko’payishi yoki kamayishi


+/-Тo’lanadign schyotlarda ko’payishi yoki kamayishi


4. Operatsion xarajatlar bo’yicha pullik to’lovlar. Operatsion xarajatlar bo’yicha to’lovlar operatsion xarajatlarni tuzatish yo’li bilan quyidagi formula bilan aniqlanadi

Operatsion xarajatlar bo’yicha pullik to’lovlar



= Operatsion xarajatlar


+/-Kelgusi davrlar xarajatlarining ko’payishi yoki kamayishi


+/-Hisoblangan

majburiyatlarning

kamayishi yoki ko’payishi


-Amortizatsiya va boshqa pulsiz xarajatlar


5. Olingan kredit uchun foizlar bo’yicha pul to’lovlari. 2-chi punktga asoslanib, kreditlar uchun foizlar bo’yicha pul mablag’larining to’lovini operatsion faoliyatga kiritish kerak, chunki kreditlar uchun foizlar uchun pul mablag’larining to’lanishi bu foizlar bo’yicha xarajat summasiga teng.

6. Foyda solig’i bo’yicha pul mablag’larining to’lanishi. Foydaga soliq to’langan pul mablag’larining hajmi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:


Foyda solig’i bo’yicha pul mablag’larining to’lanishi



=Foyda solig’i


+/-Foyda solig’i bo’yicha qarzning kamayishi yoki ko’payishi


Operatsion faoliyatdan pul mablag’larining harakatini egri usulda aniqlash. Egri usul hisobida to’g’ri usuldagiday tuzatishlar ishlatiladi, farqi, egri usulda har bir modda emas, balkim sof foyda summasi tuzatiladi. Quyida operatsion faoliyatidan pul mablag’larining holatini hisoblash uchun zarur barcha tuzatishlar berilgan:

5.5.1.-jadval

Operatsion faoliyatdan pul mablag’larining holatini hisoblash uchun zarur barcha tuzatishlar


Sof foydani operatsion faoliyatdan pul mablag’larining holatiga transformatsiyalash uchun zarur o’zgarishlar


Sof foydaga qo’shiladi


Sof foydadan ayiriladi


Joriy aktivlar:






Olinadigan schyotlar

Тovar zaxiralari

Kelgusi davr xarajatlari


Kamayish

Kamayish

Kamayish


Ko’payish

Ko’payish

Ko’payish


Joriy majburiyatlar:






Тo’lanadigan schyotlar

Hisoblangan majburiyatlar

Byudjet bo’yicha qarzlar


Kamayish

Kamayish
Kamayish

Ko’payish

Ko’payish

Ko’payish


Amortizatsiya bo’yicha xarajatlar:

Asosiy vositalar

Nomoddiy aktivlar



Qo’shiladi

Qo’shiladi




Boshqa zararlar (as.faol-tdan emas)

Boshqa foyda

(as.faol-tdan emas)


Qo’shiladi


Ayiriladi



Investitsion faoliyat odatda balansning uzoq muddatli aktivlar bo’limida aks ettiriladi, qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalarga ta’sir etadigan muomalalar - joriy aktivlar bo’limida, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda qimmatli qog’ozlar, asosiy vositalarni sotishdan daromadlar va zararlar ko’rsatiladi. Investitsion faoliyatdan pul oqimlarini aniqlash uchun kerak bo’lgan axborot, asosiy faoliyat bilan bog’liq bo’lmagan boshqa muomalalarning ro’yxatida bo’ladi.

Moliyaviy faoliyat natijasida pul mablag’lari harakatini aks ettirish. Pul oqimlari hisobotining ushbu bo’limida uzoq muddatli qarzning va aksionerlik kapitalining hisobvaraqlari hamda to’langan dividendlar haqida axborot ko’rib chiqiladi.




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling