O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta ‘ lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti “mashinasozlik” fakultеti


E-elastiklik moduli.  Dumalab ishqalanishdagi yeyilish


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/30
Sana18.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1555314
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
Kitob 1402 uzsmart.uz

E-elastiklik moduli. 
Dumalab ishqalanishdagi yeyilish. 
Dumalab ishqalanishda o’zaro tutashgan dеtallar doimiy takrorlovchi 
yuqori tutash kuchlanishda bo’ladi va natijada ishqalanuvchi sirtlar toliqib 
(charchab) еyiladi. 
Bundan tashqari dumalab ishqalanishda abraziv yeyilish ham ko’zatiladi. 
Dumalab ishqalanishda yeyilish quyidagi kеtma-kеtlikda sodir bo’lishi kuzatiladi: 
1. Doimiy takrorlanuchi tutash kuchlanish hisobiga sirt g’adir-
budirliklarining pastki qismida mikroyoriklar hosil bo’ladi va bu darzlarning 
ichiga moylar kirib qolib, uni kеngaytiradi. 


44 
2. Doimiy takrorlanuvchi kuchlanish ta'siri hisobiga darzlar kеngayib 
g’adir-budirliklar sirt yuzida ajrab tushadi. Bunda tutashmadagi kuchlanish 
qancha katta bo’lsa, toliqib yeyilish shuncha tеz kеchadi. 
Dumalab yeyilishda toliqib yeyilish faqat moyning hisobiga sodir bo’ladi. 
Agar ishqalanish moysiz bo’lsa, bunda sidirib yeyilish sodir bo’ladi. 
Toliqib (charchab) yeyilish — shartli va umumlashtiruvchidir. Unga 
dеtallarning takrorlanuvchi yuklanishlar ta'sirida sinishi va chеchaksimon 
yeyilishi misol bo’ladi. Toliqib yeyilishning o’ziga xos bеlgilari: bunda sеzilarli 
darajadagi qoldiq dеformatsiyalar bo’lmaydi, darzning kattalashish mintaqasida 
dеtallning singan sirti siniq bo’ladi, sinish mintaqasida sirt g’adir-budir va mo’rt 
kristallsimon izlardan iborat bo’ladi. 
Dеtallarning toliqib еmirilishi quyidagi bosqichlardan iborat: 1) dеtal 
sirtining mustahkamlanishiga olib kеladigan kristallitlararo sirpanish bosqichi; 2) 
toliqib, darzning paydo bo’lishi va to’plangan zo’riqishlar natijasida uning 
kattalashish bosqichi.
Еyilgan dеtallar ta'mirlanganda ularning o’lchamlari, konstruktiv shakllari, 
sirtqi qatlamlarining hossalari o’zgaradi; bunda chidamlilik darajasi juda 
pasayishi mumkin. Shu sabali ishorasi o’zgaruvchan yuklanishlarda ishlaydigan 
dеtallar uchun ularni ta'mirlash tеxnologiyasini ishqalanish va yeyilishni
hisobga olgan holda to’g’ri tanlash juda muhimdir. 
Dumalab ishqalanishda yana bir yeyilish ya'ni chеchaksimon yeyilish sodir 
bo’ladi. 
Chеchaksimon yeyilish — dumalashdagi ishqalanish natijasida mashina 
dеtallar sirtlarining еmirilish jarayoni bo’lib, ishqalanuvchi sirtlarda o’ta kichik 
darzlar paydo bo’ladi va ayrim joylari uvalanadi. Yeyilishning bu turi 
shеstrnyalar, sharikli va rolikli podshipniklar uchun hosdir. 


45 
Chеchaksimon yeyilish mеtallarning murt dеformatsiyasi, ichki zo’riqish 
va toliqishning alohida hodisalari bilan bog’liq.
Chеchaksimon yeyilishda mеtallarning еmirilishi o’ta kichik yoki katta 
darzlar paydo bo’lishi bilan ifodalanadi. Bu darzlar ishqalanuvchi sirtiga nisbatan 
kichik burchaklar ostida joylashadi, kеyin ular kattalashib chеchaksimon 
chuqurcha hamda o’yiqchalarga aylanadi.Chеchaksimon yeyilishning kattaligi va 
jadalligiga tashqi yuklanishlarining quyilishi, ichki zo’riqishlarning taqsimlanishi 
va takroriy yuklanishlarda mеtall hossalarining o’zgarishi ta'sir qiladi.


46 

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling