O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi buxoro muxandislik texnologiyasi instituti ro’yxatga olindi № 2014 yil. «Tasdiqlandi»
VIII-BOB. DS18B20 mikroprotsessorli termostat qurilmasini ishlab
Download 151.69 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi-fayllar.org
VIII-BOB. DS18B20 mikroprotsessorli termostat qurilmasini ishlab
chiqarishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishining axamiyati Infratuzilmani rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan dasturlarda yaqin istiqbolda yangi energetika quvvatlarini, elektr energiyasini uzatish tarmoqlarini barpo etish va mavjudlarini rekonstruktsiya qilish bo’yicha 26 tadan ortiq investitsiya loyihasini amalga oshirish ko’zda tutilgan. Bular, avvalambor, Tallimarjon issiqlik elektr stantsiyasida umumiy quvvati 900 megavolg’t bo’lgan ikkita bug’-gaz qurilmasini, Toshkent issiqlik elektr stantsiyasida quvvati 370 megavolg’tni tashkil etadigan bug’-gaz qurilmasini, Angren issiqlik elektr stantsiyasida quvvati 140-150 megavolg’tdan iborat energoblokni, Farg’ona vodiysida yangi energetika quvvatlarini barpo etish, Sirdaryo va Yangi Angren issiqlik elektr stantsiyalarini bir-biri bilan bog’laydigan yuqori volg’tli elektr uzatish tarmog’ini qurish, Ustyurt gaz-kimyo majmuasining tashqi energiya tahminotini tashkil etish kabi muhim strategik loyihalardir. Mazkur obhektlar qurilishining yakunlanishi va ishga
mamlakatimiz butun energiya tizimini, avvalambor, texnik jihatdan tubdan qayta jihozlash, o’z energiya resurslarimiz hisobidan mamlakatimizning barcha hududlarini ishonchli tahminlash imkonini beradi. SHu bilan birga, mazkur tizim faoliyati samaradorligini oshirish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatish jarayonida sarf-xarajatlar va texnik yo’qotishlarni sezilarli darajada qisqartirish, energetika resurslari tarkibini optimallashtirishga xizmat qiladi. “O’zbekenergo” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi bug’-gaz elektr stantsiyalarini qurish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, elektr energiyasi istehmoli hisobini yuritish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va uni transportirovka qilishda texnologik yo’qotishlarni qisqartirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha choralarni ko’rishi darkor. Axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o’zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning 65
barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish bo’yicha tub va ijobiy mahnodagi portlash effektini beradigan o’zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo’ladi. Biz qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko’rsatishning ko’plab turlari bo’yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg’or mamlakatlar safiga qo’shilishimiz zarur. Joriy yilning o’zida Jizzax, Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlarida beshta raqamli televizion uzatgich o’rnatish yo’li bilan raqamli televidenieni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish va mamlakatimiz aholisini raqamli televidenie bilan qamrab olish darajasini 42 foizdan 45 foizga yetkazishni tahminlash lozim. Faol investitsiya siyosati mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning eng muhim sharti va manbai bo’lmog’i kerak. O’zbekistonda so’nggi besh yil mobaynida investitsiyalarning yillik o’sish surhati 9 foizdan ziyodni tashkil etmoqda va bu dunyodagi yuqori, barqaror ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Jahon miqyosida global moliyaviy- iqtisodiy inqiroz davom etayotganini inobatga oladigan bo’lsak, bugungi murakkab sharoitda biz erishgan bu natijaning ahamiyati va mohiyati yanada yaqqol ayon bo’ladi. Keyingi 10 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3,2 barobar oshgan bo’lsa, shu davrda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi 20 barobardan ziyod o’sgani ehtiborga sazovordir. Strategik xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida mamlakatimizda investorlarning o’zi uchun ham, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun ham noyob kafolatlar tizimi yaratildi. Avvalo, davlat tomonidan xorijiy investorlarning barcha huquqlari tahminlanmoqda, ularning sarmoyalari, mamlakatimiz hududida ular tomonidan yaratilgan mulkning daxlsizligi kafolatlanmoqda, yaratilayotgan imtiyoz va 66
preferentsiyalarni kengaytirish va liberallashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. “CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi qonunga ko’ra, qonunchilik normalarining o’zgartirilishi investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirishga olib kelgan taqdirda chet ellik investorlarga nisbatan o’n yil mobaynida investitsiya kiritilgan sanada amal qilgan qonunchilik qo’llanadi. Yana bir qulaylik tomoni shundaki, davlat boshqaruv organlari yoki davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan chet ellik investorlarning huquqlarini kamsitadigan normativ hujjatlar qabul qilingan, shuningdek, chet ellik investorlarning xo’jalik faoliyatiga g’ayriqonuniy aralashishga yo’l qo’yilgan taqdirda, bularning oqibatida yetkazilgan zarar sud orqali mazkur organlar tomonidan qoplanadi. Mamlakatimizda chet ellik investorning O’zbekistonda olgan daromadlarini qaytadan investitsiya sifatida kiritish bo’yicha hech qanday cheklovlar yo’q – chet ellik investorning daromadi, uning xohishiga ko’ra, har qanday shaklda ishlatilishi mumkin. Mazkur qonunga muvofiq, yurtimizda chet el investitsiyalari va xorijiy investorlarning boshqa aktivlari xalqaro huquqda qabul qilingan umumiy holatlarni (masalan, tabiiy ofatlar, falokatlar va boshqalarni) mustasno etganda, natsionalizatsiya qilinmasligiga yana bir bor ehtibor qaratish o’rinlidir. O’zbekistonda 2012 yilda mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada yaxshilashga yo’naltirilgan bir qator qo’shimcha muhim qonun hujjatlari va huquqiy normalar qabul qilindi. Biz mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish yo’lida zarur bo’lgan barcha ishlab chiqarish infratuzilmalarini davlat mablag’lari hisobidan tahminlash printsipini nafaqat qabul qildik, balki uni amalda joriy etmoqdamiz. Biz qiymati 50 million dollardan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo’lgan aniq loyihalarning o’z muddatida amalga oshirilishini tahminlaydigan infratuzilmani loyiha hujjatlari asosida o’z vaqtida qurish 67
majburiyatini zimmamizga olamiz. Surg’il koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish bo’yicha amalga oshirilayotgan loyiha buning yaqqol dalilidir. Bu yerda umumiy qiymati 212 million dollarni tashkil etadigan tashqi muhandislik infratuzilmasini barpo etishni davlat o’z zimmasiga olgan. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va “Angren” maxsus industrial zonasida yaratilgan sharoitlar ham bunga misol bo’lishi mumkin. 2014 yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdorini o’rtacha 23 foizdan kam bo’lmagan darajada oshirish, 2014 yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida bir yarim barobar ko’paytirish vazifasi qo’yilmoqda. DS18B20 mikroprotsessorli termostat qurilmasini ishlab chiqarishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishining axamiyati shundaki, yenergiya tejamkorligi va kurilmaning sifatli ishlab chiqarilishidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling