O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/51
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#225792
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
qarang). 

2.16.  Malakaviy  ish  matni  va  ilovadagi  jadvallar,  chizmalar,  sxemalar, 

diagrammalar,  grafiklar,  fotosuratlar  o’lchami  A4  formatli  standart  varaqda 

bajarilishi kerak yoki standart o’lchamdagi oq qogozga yopishtirilgan bo’lishi kerak. 

Foto va rasmlarga izohlar hamda  yozuvlar o’qish uchun kulay holda joylashtirilishi 

zarur. 

2.17. Illyustratsiya (surat)lar ko’rish uchun kulay tarzda joylashtirilishi kerak. 

Agar  suratni  ko’rish  uchun  dissertatsiya  yoki  malakaviy  ishni  burish  kerak  bo’lsa, 

uni  soat  strelkasi  bo’ylab  burib  ko’riladigan  holatda  joylashtirilishi  kerak.  Surat 

nomlangan  bo’lishi  zarur.  Zarur  hollarda  suratlarga  tushuncha  mahlumotlari  -  izoh 

beruvchi yozuv (rasm osti matni) ko’shimcha qilinadi. Suratning nomi uning ustiga, 

tushuntirish mahlumotlari esa surat ostiga qo’yiladi. 

Barcha  surat  (grafik,  chizma,  diagramma,  fotosurat)lar  "rasm"  so’zi  va  bo’lim 

bo’yicha  ketma-ket  arab  raqamlari  bilan  belgilanadi.  Ilovalarda  keltirilgan  suratlar 

bundan mustasno. Surat raqami bo’lim (bob) va surat raqamidan iborat bo’lib, nuqta 



 

bilan ajratiladi, masalan "1.2-rasm" va izoh beruvchi yozuvdan yuqorida yoziladi (5-



ilova).

 

2.18. 



Raqamli 

materiallar 



jadval 

ko’rinishida 

rasmiylashtirilishi 

lozim. Jadvalni rasmiylashtirish namunasi 5-ilovada ko’rsatilgan. 

Har  bir  jadval  sarlavhaga  ega  bo’lishi  kerak.  Sarlavha  bosh  harf  bilan 

boshlanadi. Sarlavhaning ostiga chizilmaydi. 

Keltirilgan  jadval  va  rasmlarga  izoh  beruvchi  yozuv  (rasm  yoki  jadval  osti 

matni)  “manba”  so’zi  bilan  keltirilishi  kerak.  Ushbu  rasm  yoki  jadval  osti  matni 

jadval yoki rasmni tuzishda qaysi manbadan foydalanilganligini aks ettirishi lozim. 

Jadval grafalarining sarlavhalari bosh harflar bilan, sarlavhachalari esa, agar ular 

sarlavha bilan bitta gapni tashkil etsa, kichik harflar bilan, agar ular mustaqil bo’lsa, 

katta  harflar  bilan  boshlanishi  kerak.  Jadval  bosh  qismini  diagonal  bo’yicha  bo’lish 

mumkin emas. Satrlar balandligi 8 mm dan kam bo’lmasligi tavsiya etiladi. 

Ko’plab grafalarga ega bo’lgan jadvalni qismlarga bo’lish va bir qismni ikkinchi 

qismdan keyin joylashtirishga ruxsat etiladi. 

Bo’limlar doirasidagi jadvallar izchil, ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. 

Jadval raqami bo’lim rakami bilan jadvalning tartib raqamidan tashkil topadi va ular 

o’zaro nuqta bilan ajratiladi. Masalan: "1.2-jadval". 

Agar  malakaviy  ishda  bitta  jadval  bo’lsa,  u  raqamlanmaydi  va  «jadval»  so’zi 

yozilmaydi. 

Jadvalning  biror  qismi  boshqa  betga  o’tganda,  «jadval»  so’zi  va  uning  tartib 

raqami  bir  marta  jadvalning  birinchi  qismi  ustida  ko’rsatilib,  qolgan  qismlar  ustiga 

«davomi» degan so’z yoziladi. 

2.19. Matndagi manbalarga havolalarni manbaning «Foydalanilgan adabiyotlar 

ro’yxati» bo’yicha tartib raqamini satr osti eslatmalarida keltirish lozim (5-ilova). 

Illyustratsiyalarga  qilingan  havolalar  suratning  tartib  raqami  bilan  ko’rsatiladi, 

masalan,  "1.2-rasm".  Formulalarga  qilingan  havolalar  formulaning  qavs  ichidagi 

tartib raqami bilan ko’rsatiladi, masalan, "...(2.2) formulada". 

 

2.20.  Har  bir  ilova  yangi  betning  o’ng  yuqori  burchagida  «Ilova»  so’zi  bilan 



boshlanadi.  Agar  malakaviy  ishda  bittadan  ko’p  ilova  bo’lsa,  ular  ketma-ket  arab 

raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, "1-ilova", "2-ilova" va hokazo. 

Ilovalarni alohida rasmiylashtirganda, titul varag’ida malakaviy ish mavzusining 

nomi ostida katta harflar bilan "ILOVALAR" so’zi yoziladi. 

BMI ishining titul varag’ida bitiruvchining imzosi bo’lishi kerak. 

 

Mazkur  Qoidalar  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus  tahlim 



vazirligining 2010 yil 9 iyundagi 225-sonli bo’yrug’i asosida tayyorlangan.  

 

 



 

 

 




 




Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling