O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Download 3.55 Mb.
bet40/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

Tibbiyot psixologiyasi asoslarini tadqiq etgan klinisist psixologlar (V.M.Bexterov, S.P.Botkin, S.S.Korsakov, A.R.Luriya, V.N.Myasishchev va boshqalar) tadqiqotlarining kishi xulq-atvorida psixikaning qanday rol o’ynashini aniqlashdagi o’rni kattadir. Psixologiya va tibbiyotning tutashgan joyida bo’lgan tibbiyot psixologiyasi psixologiya fanining yutuqlarini kasalliklarning oldini olish bilan bog’liq masalalarni o’rganishda qo’llab kelayotir. Kasallikning zo’rayishi bir tomondan psixik omillarga (tushkunlikka berilish vasvasaga tushush, hadiksirash va shu kabilarga) bog’liq bo’lsa, ikkinchidan dardning o’zi ham, jumladan terapevtik muolajaning samaradorligini pasaytirib yuborishi mumkin bo’lgan alohida psixik holatlarni keltirib chiqaradiki, bu hol vrach va psixologning kuch- g’ayratlari birlashtirilishini zarurat qilib qo’yadi. Shu bilan barobar miya qobig’ining ba'zi bir joylari, masalan, chakka qismi lat yeganda psixikaning buzilishini klinik-psixologik tadqiq qilish natijasida idrok va xotiraning qonuniyatlarini tushunish imkonini beradigan yangi ma'lumotlar olindi. Psixolog- klinisist bemorning og’zaki yoki yozma nutqi psixologik jihatdan buzilishi xususiyatlarini aniqlab, dardning manbai kishi bosh miyasi katta yarim sharlarining muayyan bo’lmasida ekanligini qayd qiladi va bu bilan neyroxirurgiyaga yordam beradi.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, psixologiya tibbiyot, tabiatshunoslik fanlari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular bir-birini nazariy va amaliy bilimlar bilan boyitib boradi.
Umumiy psixologiyani bu sohalar bilan bir qatorda qo’yish noto’g’ri chunki, umumiy psixologiya inson ruhiyatining umumiy qonunlarini turlarini metodologik va nazariy tamoyillari asosida o’rganish bilan shug’ullanadi.
Albatta, bugungi kunda psixologiya fani ko’plab fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Buni psixofizika, psixofiziologiya, psixolingivistika, matematik psixologiya va hokazolar misolida ko’rish mumkin. Akademik B.M.Kedrovning klassifikasiyasi bo’yicha barcha fanlar 3 guruhga bo’linadi: gumanitar, falsafiy va tabiiy fanlar. Psixologiya faniga to’xtaladigan bo’lsak: B.M.Kedrov fikricha, bu katta uch guruhdan fanlar tizimida psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo’ladi, hamda u inson psixik faoliyatini tabiiy- tarixiy va ijtimoiy tomonini o’rganadi.

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling