O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Download 3.55 Mb.
bet46/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

Ijtimoiy psixologiya - uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o’zaro tasir jarayonida paydo bo’ladigan psixologik hodisalarni o’rganadi.

  • Differensial psixologiya - shaxs shakllanishining individual psixologik yo’naltirilganligi kabi xususiyatlarni o’rganadi.

  • Din psixologiyasi - inson ongiga diniy qarashlarning tasiri masalalarini o’rganadi.

  • Etnopsixologiya - inson psixologiyasining etnik xususiyatlari, milliy xarakter, milliy tuyg’u, milliy g’oya, o’z-o’zini anglash, etnik stereotip, ularning qonuniyatlari va vujudga kelish xususiyatlarini o’rganadi.

  • Boshqaruv psixologiyasi - bu psixologiya fanining shunday sohasiki, unda inson tomonidan - boshqarishning psixologik tomonlarini o’rganadi.

  • Marketing psixologiyasi - yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish korxonalari va firmalarni boshqarishni va ular faoliyatini tashkil etishning psixologik muammolarini tadqiq qiladi.

    Shu bilan birga psixologiyaning bir qator tadbiqiy sohalari ham mavjud.
    Eksperimental psixologiya - eksperimental metodlar yordamida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida, eksperimental tadqiqotlar o’tkazishda asosiy rol o’ynagan.
    Ekstremal psixologiya - insonnning o’zgargan muhit shart-sharoitlarida psixik faoliyatning kechishi qonuniyatlarini o’rganadigan psixologiya sohasi.
    Psixofiziologiya - odamlarning individual psixologik va psixofiziologik farqlarini tadqiq qiluvchi, psixologiya sohasi.
    Siyosiy psixologiya - jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta'sirchanlik va ta'sir ko’rsatish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya so?asi.

    Download 3.55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   314




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling