O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Download 3.55 Mb.
bet115/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo’zg’alishning har doim ustun turadigan hukmron o’chog’i mavjud bo’ladi, bu hukmron qo’zg’alish o’chog’i aynan shu damda miyaga ta'sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo’zg’alishlarni qandaydir ravishda o’ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo’zg’alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo’zg’alishning hukmron bo’lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Bu hol psixologik jihatdan biror qo’zg’atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chog’da ta'sir qilib turgan boshqa qo’zg’atuvchilardan diqqatning chalqishida ifodalanadi.
Jiddiy diqqat, odatda o’ziga xarakterli bo’lgan tashqi ifodalari bilan bog’liq bo’ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tikilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to’xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xos bo’lgan yuz harakatlari bilan bog’liq bo’ladi.

Diqqat turlari


Odam ayrim narsalarga o’z diqqatini ongli ravishda o’zi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya'ni bizning hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va to’planishida ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo’linadi.

  • Diqqatning aktivligiga qarab - ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so’nggi diqqat.

  • Diqqatning ob'ektiga qarab - tashqi va ichki diqqat.

  • Diqqatning faoliyat turlariga qarab - individual, guruhiy va jamoaviy diqqat

Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb ko’rsatiladi. Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan so’nggi diqqat turlaridan iboratdir.
Diqqat turlarida insonda yuzaga keladigan holatlar quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta'sir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi.
Odamning ko’z o’ngida paydo bo’ladigan juda yorqin rangli narsalar, o’zining tashqi ko’rinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmetlar, to’satdan paydo bo’lgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bo’lishi mumkin. Masalan, hikoya o’qish mashg’uloti paytida to’satdan uchib o’tgan reaktiv samolyotning qattiq va bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o’ziga jalb qiladi.
Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Shuning uchun ham ayni chog’dagi ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan bog’liq bo’lgan narsalarning ta'siri ixtiyorsiz diqqatga sabab bo’ladi. Masalan, erkin o’yin paytida zaldan eshitib qolgan bolani qiziqtirgan musiqa ovozi uning diqqatini o’yindan darhol o’ziga jalb qilib oladi.
Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka yoki bu nima? refleksi tashkil qiladi. Chunki tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina o’zgarishi bizda darhol orientirovka refleksini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, "nima gap?" degan ma'noda atrofimizga razm sola boshlaymiz.

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling