Reseptor (lot, recipere - qabul qilmoq) - analizatorning qo’zg’alishini qabul qiluvchi ichki qismi.
Shartli refleks (lot. reflexus - aks etish) - reflektor nazariyasining asosiy tushunchasi, shartli qo’zg’ovchilarga javob berishdan iborat refleks.
Shartsiz refleks (lot. reflixes - aks etish) - psixikaning I.M.Sechenov va I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan reflektor nazariyasining asosiy tushunchasi har qanday ta'sirga instinktiv javob berishdan iborat tug’ma refleks.
Efferent nerv (lot, efferrens - olib chiquvchi, neugon - asab) - nerv impulslarini markaziy nerv tizimidan ish bajaruvchi a'zolarga o’tkazuvchi nerv.
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzulari
Psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Psixologiyani fan sifatida shakllanishi.
Miya va psixika.
Ong haqida tushuncha va uning xossalari
Ong va ongsizlik muammosi
Sharq mutafakkirlarining psixologiya fani rivojlanishiga qo’shgan hissasi.
Inson ongi va hayvon psixikasi o’rtasidagi farqlar.
Psixologiyaning moddiy asoslari.
Psixika va aks ettirish xususiyatlari
Psixologiya fani nimani o’rganadi?
idrok qilish shakllarini B) jon va ruh haqidagi ta'limot V) ruhiy jarayonlar bilish faoliyatlari, indvidual psxologik xususiyatlarni G) psixik faktlar va uning mexanizmlari, qonuniyatlari haqidagi fan D) inson shaxsi uning psixologik xususiyatlarini
Psixik faktlar qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat B) bilish jarayonlari: sezgi, idrok xotira, tafakkur va xayol V) ruhiy holatlar yoki shaxsning xissiy irodaviy sohasi: hissiyot, iroda G) ruhiy xususiyatlar yoki individual psixologik xususiyatlar: temperament, xarakter, qobiliyat D) barcha javoblar to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |