O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Download 3.55 Mb.
bet12/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

2 - Topshiriq.


Rossiyalik psixolog - idealist A. Y. Vvedinskiy bunday yozgan edi: "Boshqa kishilarning ruhiy hayotini idrok qilishimiz mumkin emas, chunki u har qanday tajriba o’tkazish imkoniyatidan chetdadir". Ko’rinib turibdiki, A. I. Vvedinskiy psixik hodisalarni fa qat bevosita bilish mumkin, deb hisoblaydi.

  1. Aytingchi, boshqa kishilarning ruhiy hayotini idrok qilishimiz mumkin emas, deb aytilgan A. I. Vvedinskiyning fikri to’g’rimi?

  2. Shu bilan A. I. Vvedinskiy psixik hodisalarni bilishning qaysi usulini inkor etadi.

Tayanch tushunchalar


Akc ettirish nazariyasi- in'ikos nazariyasi; psixik hodisalar borliqni aks ettirishning shakllaridan biri deb qaraladigan nazariya.
Animizm (lot. anima - jon) - odam, hayvonot, o’simlik, predmetlarda mustaqil jon borligi haqidagi tasavvur tizimi.
Asab tizimi - xayvon va odam organizmining barcha funksiyalarini o’zaro hamda tashqi muhit bilan to’g’rilab, uyg’unlashtirib turuvchi a'zolar tizimi.
Birinchi signal tizimi - narsa va xodisalarning sezgi, a'zolariga bevosita ta'sir etishi natijasida bosh miya yarim sharlari qobig’ida hosil bo’ladigan shartli muvaqqat nerv bog’lanishlari, u sezgi va idrok turlarida namoyon bo’ladi.
Bosh miya - markaziy nerv tizimining old (yuqori, oliy) qismi bo’lib, u bosh miya qobig’ida joylashgan oliy nerv tizimining moddiy asosi.
Bosh miya katta yarim sharlari - bosh miyaning ikki pallasi. Uning ustki qismi uchun chuqur bo’lmagan o’nqir cho’nqirlardan iborat. Bosh miya katta yarim shari orqa, old, yon, orolcha, orqa umurtqalarga bo’linadi. Miya nerv kataklari neyronlardan iborat bo’lib, ikki katta yarim sharlar po’stlog’ini tashkil etadi. Miyadagi oq suyuqlik neyron o’simtalaridan tarkib topib, miya yo’llarini ko’rsatib turadi.
Vegetativ nerv tizimi (lot. vegetatio - o’simlik) - nerv tizimining organizm ichki a'zolari faoliyatini va modda almashinuvini boshqarib turadigan bir qismi. V.n,t, markaziy nerv tizimi bilan uzviy bog’liq bo’lib, bu bosh miya qobig’i tomonidan boshqariladi. V.n.t. simpatik va parasimpatik nervlar deb ataluvchi ikki qismga bo’linadi,
Dualizm (lot, duafis - ikki yoqqlami) - borliq ham moddiy, ham ruhiy bo’lgan ikki asosdan tashkil topgan deb hisoblovchi falsafiy ta'limot bo’lib, psixofizik parallelizm konsepsiyasining asosidir.

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling