O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim
Download 3.55 Mb.
|
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)
I.M.Sechenovning fikriga ko’ra jismni ko’z bilan idrok qilish uchun ko’z o’sha narsani "qidirsin", faqat shundagina maqsadga muvofiq harakat yuzaga chiqqan bo’ladi. Hozirgi davrda psixologiya fanida ko’z harakatlari nazariyasi ishlab chiqilgan bo’lib, ular makro va mikro ixtiyoriy va ixtiyorsiz ko’rinishlarga ajratiladi. Ular quyidagi nomlar bilan ifodalanadi:
Konvergent, divergent, gorizontal, vertikal, parsimon va boshqalar. Ko’z harakati yordami bilan fazoda o’rin almashib turgan jismlarni topish, bilib olish va idenfikasiyalash amalga oshiriladi. Ko’z harakatlari uch jufti tashqi muskullari, ya'ni miya bosh suyagining III, IV va VI juft nervlari orqali ro’yobga chiqadi, ko’zning makro va mikro harakatlari sezgining mexanizmi rolini bajarish imkoniyatiga ega. Jahon psixologiya fani ma'lumotlariga qaraganda sezgilar atrof- muhit to’g’risida va o’zimiz haqimizda yagona bilish manbai sifatida xizmat qiladi. Sezgilar shunday bir axborot kanaliki, ular tashqi olamdan va ichki tana a'zolaridan keladigan barcha holatlar, taassurotlar xuddi shu yo’llar orqali miya po’stiga yetib boradi, insonga ta'sirlarga nisbatan to’g’ri javob reaksiyalari qaytarishga yordam beradi. His etish yoki sezgining filogenetik taraqqiyoti shuni ko’rsatadiki, hayvonlarda ma'lum narsani sezish, his etish ularning biologik jihatdan zaruriyat ehtiyoj ekanligiga qarab rivojlangan. Bu holatlar ko’pincha xorij olimlari tomonidan izchil ravishda o’rganilgan, ularning o’ziga xos omillar mexanizmlari mavjudligi ta'kidlab o’tilgan. Masalan, turli asalari xatti-harakatlari kuzatilganda, gulga o’xshash murakkab geometrik shaklga nisbatan asalarining differensirovkasi oson kechgan. Agarda shu murakkab geometrik shakl gullarga oid bo’lmasa, u holda arida differensirovka juda qiyinchilik bilan vujudga kelgan. Tadqiqotchi Bosning kuzatishicha, jonivorlar qurt-qumursqalarga xos bo’lgan tovushlarga nisbatan xuddi shu turdagi harakatlarga befarqlik bildirmagan, moboda tovushlar qattiq va tez sur'atda kechsa, ularga hech qanday e'tibor bermagan. Ushbu vazifani olim biologik shartlanganlikdan kelib chiqqan tabiiy ehtiyoj, instinkt bilan uzviy bog’lagan. Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling